tushuniladi. Aslida ekologik dunyoqarash tabiatni muhofaza qilish haqidagi
jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlarini, hissiyotlari kayfiyatlari
va intilishlarini ham o’z ichiga oladi, hamda turli ijtimoiy ong shakllarining
keng va tor ma’nolarda insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida,
atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar
qilish ehtiyoji ziddiyatli bo’lib kelgan. Aynan shu ziddiyatning kuchayishi
ekologik vaziyatni keskinlashtirib olamshumul muammoga yalantirgani sir
emas.
Ekologik vaziyatni xolisona baholash rejali boshqarish va oqilona tashkil
qilish uchun birinchidan ekologik madaniyatning moddiy hamda ma’naviy
yo’nalishlari ya’ni ekologik madaniyatni muayyan tarzda namoyan qiladigan
faoliyat doiralari o’zaro bog’liq holda rivojlanishi zarur.
Ikkinchidan ekologik vaziyat haqidagi ta’rifga ega bo’lishning o’zi
“Tabiat jamiyat inson” munosabatlarini muqobillashtirish uchun yetarli emas.
Uchinchidan
tabiat
muhofazasida
amaliy
va
nazariy
tadbirlarning
muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim sabablar ekologik madaniyat majmuasi
bo’lib u yuqorida qayd etilgan faoliyatlarning asosi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish o’z mohiyatiga ko’ra ekologik madaniyatdir. Bu
faoliyatda tabiiy boyliklarni oqilona iste’mol qilish madaniyatini rivojlantirish
oddiy jarayon emas, aksincha ommaning amaliy tashabbuskorligi g’oyaviy-
siyosiy ongliigiga amaliy tashabbuskorligiga bog’liq.
Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning vazifasi muayyan ekologik vaziyat har
bir kishining tabiatiga shaxsiy munosabatiga muvofiq ekanligini anglatishga
qaratilgan bo’lishi mumkin. Tabiat qonunlarini, biosferaning ichki murakkab
bog’lanishlarini, jamiyatning tabiatga ta’sir qilish istiqbollarini anglamay turib
tabiatni muhofaza qilishga oid zarur amaliy tadbirlarni, undan foydalanishning
maqbul yo’llarini belgilab bo’lmaydi. Shu munosabat bilan ekologik
madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiyaning yangi sifat
darajasiga ko’tarish, nazariy tadqiqotlarni amaliy tadbirlardan ildamroq
rivojlantirishni taqozo etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotning turli bosqichlarida
insoniyat tabiiy atrofmuhitga turlicha munosabatda bo’lib kelgan. Dastlab inson
paydo bo’lib tabiatga mutlaqo qaram bo’lgan davrda uning yashash uchun
kurash bilan bog’liq iqtisodiy manfaatalri tabiatni muhofaza qilishga nisbatan
birinchi o’rinda turgan. Keyinchalik ishlab chiqarish vositalari, mehnat
qurolarining takomillashuvi bilan insonning tabiat ustidan hukmronligi
kuchayib borgan.
Natijada “Jamiyat tabiat majmuasi o’rtasidagi mutonisiblik buzilib
tabiatni muhofaza qilish orqali insonning o’zi muhofaza qilish zaruriyati
vujudga keldi”. Bu ayni zaruriyat o’z novbatida ayni shu masalani hal qilishning
nazariy yo’nalishlarini mukammallashtirishni taqozo qildi.
Ijtimoiy ekologik ong insoniyatning ijtimoiy, tarixiy amaliyoti jarayonida
atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy qadriyatlar majmuasidir.
O’ziga xos ekologik ongni kishilarning muayyan amaliy va nazariy
faoliyat maqsadini tabiatni muhofaza qilish manfaatlari bilan bog’lanishning
inikosi deb qarash mumkin.
Dostları ilə paylaş: