Transformatorlarga xizmat ko‘rsatish turlari. Transfor-
matorlarga operativ xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ishlash rejimlarini boshqarish; vaqti-vaqti bilan va navbatdan tashqari
ko‘riklar o‘tkazish; ishlash rejimlarini harakterlovchi va olingan
natijalarni tahlil qiluvchi parametr kattaliklarini vaqti-vaqti bilan nazorat
qilish; xavfsiz texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ta’minlovchi
tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarish.
Transformatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: rejali-oldini olish ta’mirlash kompleksi doirasiga kirmagan,
izolyasiya va kontakt tizimlari holatining oldini olish, hamda sovitish,
rostlash va yong‘inni o‘chirish uskunalari nazorati; transformator
izolyasiya moyini, kuchlanishni yuklamali rostlovchi qayta ulash
qurilmasi va kirish izolyatorlari baklaridagi moy parametrlarini joiz
holatda saqlash ishlari, shu qatorda, moy sifatini qayta tiklash (quritish,
regeneratsiya) va to‘ldirish; aylanuvchi va ishqalanuvchi qismlarni,
sovitish va kuchlanishni rostlash qurilmalar podshipniklarini moylash va
ularga xizmat ko‘rsatish; zaxiradagi yordamchi uskunalarni vaqti-vaqti
bilan ishlatib ko‘rish, rostlash, ikkilamchi zanjir va himoya uskunalari,
avtomatika, signal beruvchi va boshqarish tizimlarini sozlash, ta’mirlash
va tekshirish.
Transformatorlarni rejali-oldini olib ta’mirlash kapital va joriy ta’mir
va u bilan bog‘liq bo‘lgan sinov va o‘lchov ishlarini o‘z ichiga oladi.
Transformatorlar rejali-oldini olish asosiy ishlari davriyligi (yillarda) 3-
ilovada keltirilgan.
Transformatorlarga xizmat ko‘rsatish ishi rejali va navbatdan tashqari
bo‘lishi mumkin. Rejali ishlar oldindan belgilangan hajm va muddatda
bajariladi; rejadan tashqri - transformator yoki uning elementlari buzilishi
va shikastlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Energetika tizimidagi kuchli
transformatorlarga xizmat ko‘rsatish elektr stansiya va elektr tarmoqlari
korxonalari tomonidan o‘tkaziladi.
Barcha kuchaytiruvchi va bir qator pasaytiruvchi nimstansiya-larda
doimo personal navbatchilik qiladi. SHaxar tarmoqlarining va kuchlanishi
110 kV bo‘lgan pasaytiruvchi nimstansiyalar, hamda 35kV transformator
punktlari doimiy personalsiz ishlaydilar va transformatorlarga hizmat
ko‘rsatish ta’mirlash va rele himoyasi va sinov o‘tkazuvchi operativ
personal orasida taqsimlanadi.
Ta’mirlash xodimlari (asosan uskunalarni ta’mirlaydigan elektr
chilangarlar) injener-texnik xodimlar (masterlar, nimstansiya guruxlari
boshliqlari, injener xizmatchilar) raxbarligida transformatorlarda kapital
va joriy ta’mirlash hamda bir qator ishlatish vazifalarini (moy namunasini
olish, izolyatorlarni artish, sovitish qurilmalariga texnik xizmat
ko‘rsatish) va sinovning ba’zi turlarini (transformator chulg‘amlari
izolyasiyalarini, elektr motor sovitish tizimi va yong‘inni o‘chirish manba
zanjirini tekshirish, kontakt tizimi qarshiliklarini o‘lchash ) o‘tkazadilar.
Operativ xodimlar transformatorlarga operativ xizmat ko‘rsatishda
qatnashadi, ular aniqlagan nuqsonlar ishlatish va ta’mirlash ishlarini
rejalashtirishda e’tiborga olinadi. Aniqlangan nuqsonlar xaqidagi
ma’lumotlarni operativ xodimlar maxsus jurnalga yozib qo‘yadilar.
Bo‘linma boshlig‘i jurnalda mo‘ljallangan tadbirlar va aniqlangan
nuqsonlarni bartaraf etish muddatini ko‘rsatadi. Bundan tashqari,
operativ xodimlar ta’mirdan chiqqan uskunalarni qabul qilishda ham
ishtirok etadi.
Rele himoyasi va avtomatika qurilmalariga operativ va ta’mirlash
xodimlariga aloqador maxsus xodimlar xizmat ko‘rsatadi.
Sinovchilar transformator izolyasiyasi va kontakt tizimlarini
profilaktik tekshiradi, o‘chirgich (vыklyuchatel), ajratkich, razryadnik,
sovitish tizimlari va kuchlanishni rostlash v. b. ishlarni amalga oshiradi.
Bu xodimlar transformatorlarni kuchlanishi oshib ketishidan saqlaydigan
tadbirlar ishlab chiqadi. SHuni ta’kidlash kerakki, ba’zi sinov turlari
ta’mirlash xodimlari tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |