sistematik ravishda o‘ta yuklanish va avariviy o‘ta yuklanish rejimlari
sharoitlari (joylashtirish kategorisi, dengiz sathidan balandligi) standart
rejimga transformatorlarning hisobiy xizmat muddati (25 yildan kam
emas) to‘g‘ri keladi. Nominal kattaliklar transformatorga mahkamlangan
pasport taxtachada, bakda yoki transformator qoplamasida ko‘rsatilgan
bo‘ladi.
Transformator yuklanishining joiz rejimi deganda, nominal
rejimdan farqli bo‘lib, transformator chulg‘amining qizishi sababli uning
izolyasiyasidagi hisobiy eskirish, nominal rejimdagi eskirishdan farq
qilmaydigan sharoitlardagi transformatorning davomli yuklanish rejimiga
aytiladi. Boshqacha qilib ayitganda, bu yuklanish rejimida transformator-
ning xizmat muddati hisobiyga mos keladi.
Ishlatish jarayonida nominal rejimga nisbatan u yoki bu
og‘ishlarning joiz ekanligi haqida savol bo‘lishi aniq. Bu og‘ishlar davlar
standartlari, texnik shartlar va yo‘riqnomalarda qayd etiladi. Masalan,
barcha kuchli transformatorlar davlat standarti GOST 11677-85 ga
muvofiq, biror fazada ham kuchlanish nominal miqdoridan farq qilmasa,
uzoq muddat yuklanganlik nominaldan 1,05 marta katta bo‘lishi joiz
bo‘ladi. kV kV·A
Bundan tashqari, kuchlanishi 35 kVgacha bo‘lgan transforma-torlar
(quvvati 630
kV·A dan yuqori) va kuchlanishi 110÷1150
kV bo‘lgan
barcha transformatorlar nominaldan yuqori bo‘lmagan toklar bilan,
ixtiyoriy chulg‘amning ixtiyoriy ulamasidagi kuchlanishi nominalga
nisbatan 110% dan oshmaganda davomli ishlash joiz bo‘ladi. Bunda har
qanday chulg‘amning kuchlanishi, U
kl
kuchlanish klassiga bog‘liq
bo‘lgan eng katta ishchi kuchlanishi U
m
dan oshmasligi shart.
Transformatorlarning joiz bo‘lgan uzoq muddatli yuklanishi
(yuklanish ortishi) sistematik ravishda o‘ta yuklanish rejimi hisoblanadi.
YUklanish kattaligi (β = I / I
N
) davlat standarti GOST 14209-85 «Moyli
transformatorlar. Joiz yuklanishlar» asosida me’yorlanadi va 5.1. jadvalda
keltirilgan.
5.1– jadval
Dostları ilə paylaş: