Transformatorlarning ishlash muddati avvalo, o‘zgaruvchan
kattaliklardagi yuklanish natijasidagi harorati, kuchlanish va sovitish
shartlari ta’sirida izolyasiyalarning eskirishi bilan aniqlanadi. Xizmat
qilish muddati tugashiga yaqin qolganda izolyasiya butunlay eskiradi va
transformator doimiy avariya holatiga tushib qolish xavfida bo‘ladi.
Nominal yuklamali rejimda ishlagan transformatorlarning hisobiy xizmat
muddati 20÷40 yilni tashkil etadi. Bunda moyli transformator
chulg‘amining eng yuqori qizigan nuqtasi nominal harorati θ
N
sifatida
(issiqlikka chidamlilik toifasi A) Xalqaro elektrotexnika komissiyasi
(XEK) tavsiyasiga asosan 98
0
S harorat qabul qilingan. Issiqlikka
chidamlilik toifasidagi nominal haroratlar orasidagi farqlar (issiqlikka
chidamlilik toifasi A uchun joiz bo‘lgan uzoq muddatli 105
0
S harorati
mos keladi) shu bilan tushintiriladiki, bir necha bir turdagi izolyasion
materiallardan tuzilgan bir toifadagi izolyasiya tizimi uchun joiz bo‘lgan
uzoq muddatli harorati, bir turdagi izolyasiyaga nisbatan kamroq etib
qabul qilinadi. Izolyasiyaning ishlash muddati hisoblanishida qabul
qilingan qoidaga ko‘ra, nominal miqdorga nisbatan harorat 6
0
S ga
ortishida (olti gradus qonuni),
A turdagi izolyasiyasining xizmat
muddatini hisoblashda, u ikki marta kamayadi deb qabul qilingan.
A turdagi izolyasiyasining xizmat muddatini quyidagi ifoda bilan
baholashni XEK tavsiya qiladi:
V = Ce
–
αθ
, (5.1)
bunda S = (7,5 ÷ 1,5)· 3
4
yil va α = 0,45 - o‘zgarmas koeffitsient
(80÷140
0
S gacha bo‘lgan harorat uchun); θ - chulg‘amning eng yuqori
qizigan nuqtasidagi izolyasiyasi harorati,
0
S.
Amaliyotda ko‘proq absolyutdan emas, balki izolyasiya xizmat
muddatining nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi:
υ = V/V
N
=
𝑒
–∝(𝜃–𝜃
𝑁
)
(5.2)
yoki izolyasiyaning nisbiy eskirishidan
F=1/
υ =
𝑒
–∝(𝜃–𝜃
𝑁
)
, (5.3)
bu erda
V
N
– chulg‘am eng yuqori qizigan nuqtasi izolyasiyasidagi
nominal harorat
θ
N
bo‘lgan izolyasiya xizmat muddati.
Izolyasiyaning nisbiy eskirishi F, chulg‘amning eng qizigan
nuqtasida berilgan harorat θ da izolyasiyaning eskirishi, me’yoriy harorat
(θ
N
= 98
0
S)da bo‘lganidan necha marta katta (kichik) ekanligini
ko‘rsatadi. Qizish harorati θ
N
= 98
0
S bo‘lganda izolyasiyaning nisbiy
eskirishi F = 1 bo‘lganligi uchun, izolyasiya harorati θ = 86
0
S bo‘lganda
uning nisbiy eskirishi F=0,25 bo‘lishini hisoblash qiyinchilik
tug‘dirmaydi (nisbiy xizmat muddati v = 4), θ = 110
0
S bo‘lsa, F = 8 (v =
0,125).
Aksariyat, transformatorlar o‘zgaruvchan yuklanishda ishlaydi.
Bunda, yuklanishning maksimal qiymati transformator nominal
quvvatidan katta bo‘lmasa, moy va chulg‘am harorati me’yordan past
harorat diapozonida o‘zgaradi. SHu sababli izolyasiyaning eskirishi F <
1 va transformator xizmat muddatiga ta’sir etmasdan, transformator
yuklanishini nominaldan kattaroq qilish mumkin bo‘ladi.
Transformatorning yuklanish qobiliyati hisoblash yoki bo‘lajak
yuklanish grafigining joiz ekanligini tekshirish uchun, yoki berilgan
transformator uchun, oldindan o‘ta yuklanish vaqti va miqdori berilganda,
ushbu transformator uchun mos bo‘lgan yuklanish grafigini aniqlash
uchun bajariladi. Ikkala masala ham transformator quvvatini tanlashda
bajariladi.
O‘ta yuklanishlar sistematik va avariyaviy turlarga bo‘linadi.
Muntazam o‘ta yuklanish - o‘zgaruvchan yuklanish grafigi xos bo‘ladi
(soatli, kunlik, oylik), transformatorda yuklama oshib ketishi va xizmat
muddati qisqarishi mumkinligiga qaramay, avariyaviy o‘ta yuklanish
iste’molchini elektr energiyasi bilan ta’minlash o‘ta zarurligidae kelib
chiqadi.
Quvvati 100 MV·A bo‘lgan moyli transformatorlar uchun davlat
standarti GOST 14209-85 tomonidan joiz va sistematik o‘ta yuklanganlik
miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa turdagi transformatorlar uchun –
texnik shartlar va yo‘riqnomalar yoki standartlar bilan belgilangan.
Muntazam o‘ta yuklanganlik qiymatlari, 1 dan yuqori bo‘lmasligi
kerak bo‘lgan o‘rtacha izolyasiya eskirishi bilan chegaralanadi:
F
O’R
= Σ F
i
t
i
/ T ≤ 1, (5.4)
bunda F
i
, t
i
- t
i
muddatli i - yuklamali izolyasiyaning nisbiy eskirishi; T =
Σt
i
– ko‘rilayotgan yuklama grafigi muddati (odatda 24 soat).
Izolyasiyani eskirishini hisoblashda qo‘shimcha chegaralar
kiritiladi. Muntazam o‘ta yuklanish ortishida - maksimal yuklama
β
m
≤
1,5, chulg‘am eng yuqori qizigan nuqtasining harorati θ
Ch.E.yuq.q
≤ 140
0
S,
moy yuqori qatlamlaridagi harorat θ
m
≤ 95
0
S; avariyaviy o‘ta yuklanish
- maksimal yuklanish β
Dostları ilə paylaş: