sovitish tizimining buzilmagan va to‘la ishlab turgan holatidagina joiz
(o‘ta yuklanganlik) transformatorning hisobiy xizmat muddatini
kamaytirmaydi, chunki yuklama grafigi davrida me’yoriy yoki
sekinlashtirilgan izolyasiya eskirishi ta’minlanadi.
Transformatorlarning joiz avariya o‘ta yuklanganligi uzoq muddat
joiz
yuklanganligidan
katta
bo‘ladi. Bu rejimda ishlaganda
izolyasiyalarning eskirishi me’yoriy rejimga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, bu
esa transformator ishlash muddatini kamaytiradi.
Avariya yuklanishining ortib ketish miqdori uning davomiyligiga,
avvalgi yuklanish rejim va sovitish muhitining haroratiga bog‘liq bo‘lib,
chulg‘amning eng qizigan nuqtasi maksimal joiz harorati (kuchlanishi
110 kV va undan past bo‘lgan moyli transformatorlarda 160
0
S,
kuchlanishi 110 kV dan yuqori bo‘lgan transformatorlari uchun 140
0
S)
hamda moyning yuqori qatlamlarida maksimal joiz bo‘lgan harorat (45
0
S)
bilan aniqlanadi.
Avariya rejimida, oldingi yuklanganlik kattaligi va davomiyligidan,
atrof muhit harorati va joylanish kategoriyasidan qat’iy nazar, har qanday
sovitish tizimida ham qisqa muddatli yuklanishning ortib ketishiga joiz
bo‘ladi. Avariya yuklanganligi kattaligi va davomiyligi «Iste’molchining
elektr qurilmalarini ishlatish qoidalari»ga muvofiq quyidagi jadvalda
keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: