3.6. Pul massasi va pul agregatlari
Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning
yig‘indisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan
mamlakatlarning pul oborotida faqat banknota va tanga ko‘rinishda emas, balki
kredit, chek va elektronyozuvlar ko‘rinishida ishtirok etayapti. Shuning uchun
iqtisodchilar ushbu pullarni pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda
muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi
bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lishi zarur.
Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat
qilinadi. Markaziy bank pul – kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul
massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.
Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi.
Muomaladagi naqd pullar – pul massasining yuqori likvidli mablag‘lari
hisoblanib, istalgan paytda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalarni o‘z tarkibiga oladi.
Naqd pulsiz mablag‘lar –mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit muassasalarida hisobraqam-lardagi,
shuningdek, plastik kartochkalar va hisob – kitob cheki ko‘rinishidagi
mablag‘lardan iborat.
Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb
yuritiladi. Ushbu pullarning tarkibiga nisbatan past likvidli va to‘lov vositasi
sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag‘larni
likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan
guruhlarga ajratiladi. Unga ko‘ra muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha
tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablag‘lar past likvidligiga qarab M1,
M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli
mamlakatlarda turlichadir.
AQShda naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshiradigan pullar
lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari bilan belgilanadi:
M1 =
naqd pullar (banknotlar va tangalar), talab qilib olguncha
saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari;
M2 =
M1 + chek bo‘lmagan jamg‘arma depozitlar, muddatli jamg‘armalar
(100 ming dollargacha);
M3 =
M2 + 100 dollardan yuqori muddatli jamg‘armalar, jamg‘arma
sertifikatlar va boshqalar;
L=
M3 + xazina jamg‘arma obligatsiyalari, davlatning qisqa muddatli
majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar.
Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi muhim o‘rin
tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi
sezilari darajada yuqori. Masalan, Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 2002 yilda 36,6
foizni tashkil etgan. Odatda rivojlangan mamlakatlarning pul massasi tarkibida
naqd pullarning ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi.
Pul massasining o‘zgarishiga nafaqat muomaladagi pul miqdorining
o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. Pul aylanish muomalasi
tezligi – pulning tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda
qatnashish sur’atidir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
17
.
M0=
naqd pullar;
M1 = M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari –
byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari;
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
17
Abdullaeva Sh. Pul, kredit va banklar. “Iqtisod – moliya” nashriyoti, 2007. 66 – bet.
M3 = M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom
obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o‘sishiga
nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan
ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya koeffitsienti ko‘rsatkichidan
foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi
darajasini jami ijtimoiy mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida
aniqlanadi.
|