416
anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan. Ularning ruhiy
holatlaridagi xususiyatlari haqida ham to‘xtab o‘tilgan. Odam
tanasining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z
yuritilganda ularning
o‘zaro bog‘liqligi va yaxlitligi, ulardagi o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar
birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib
chiqadi, deb tushuntiriladi. Kasallikning oldini olish, sog‘lomlash-
tirish va boshqa chora-tadbirlarni qo‘llash lozim ekanligi haqida
ma’lumotlar keltiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsa-
larni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan
xulosaga keladi. Inson omilining ta’siri
katta ekanligini, tabiiy va
sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni
atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) koinotdagi hodisalarni
taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri
bilan tushuntirishga urinadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat
haqida quyidagicha fikr yuritadi: „Ekin va nasl qoldirish bilan
dunyo to‘lib boraveradi“.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususi-
yatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi
ahamiyati haqida
ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari,
asosan, „Saydana“, „Mineralogiya“, „Qadimgi avlodlardan qolgan
yodgorliklar“ kabi asarlarida uchraydi. Olim „Qadimgi avlodlardan
qolgan yodgorliklar“asarida Eronning turli tropik o‘simliklari va
hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori
yil fasllarining almashinuvi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishini
misollar bilan tushuntirgan.
Jumladan, asarda qish qattiq, sovuq kelsa,
qushlarning
tog‘dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning o‘z uyasiga bekinib
olishi va hokazolar ifoda etiladi.
Beruniy tirik organizmlarning hayoti Yer tarixi bilan bog‘liq
bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab, uning orasidan
chig‘anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki,
bu qumlar qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb xulosa qiladi u.
Beruniy „Saydana“ degan asarida 1116 turdagi dori-
darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan,
101
tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Har
bir o‘simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa
xususiyatlari keltirilgan.
417
Beruniyning o‘zi yoshlik davrlaridan boshlab tabiat shaydosi
bo‘lgan. Buning isboti uchun „Saydana“ kitobidagi ma’lumotni
keltirish mumkin. Jumladan, olim Rumdan kelgan kishiga
o‘simlikning meva va urug‘larini ko‘rsatib, uning nomini so‘rab va
yozib olganligini hikoya qiladi.
Beruniyning „Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar“ va
„Hindiston“ degan asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi
hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham
qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: