Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
JFGYJFYJ

Savol va topshiriqlar
1. „Sog‘ tanda — sog‘ aql“, „Harakat — harakatda barakat“, „Sog‘li-
gim — boyligim“ maqollarini sharhlang.
2. Badantarbiyadan ko‘zlangan maqsad — insonning sog‘lom,
baquvvat bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak?
3. „Badantarbiya — aqliy, axloqiy va estetik kamolotning mezoni“
deyishadi. Nega? Yetuk, barkamol insonlar hayotidan misollar
keltiring.
4. Xalq pedagogikasida badantarbiyaning qanday usul va vositalaridan
foydalanilgan?
5. Badantarbiyada qanday milliy udum, odatlar mavjud? Milliy
o‘yinlardan birini namuna sifatida (yozma ravishda) ko‘rsating.
28 — Pedagogika


434
XXXIV BOB.
 BOLALAR TARBIYASIDA
OILA, MAKTAB, MAHALLA HAMKORLIGI
OILA —KAMOLOTGA YETKAZISH POYDEVORI
Inson bolasi uchun oila asosiy go‘sha, hayotga tayyor bo‘lib
chiqadigan qutlug‘ va mo‘tabar dargoh. Uning xosiyat-u fazilat-
larini, odam jismonan va ruhan quvvat-u tarbiya olishini oila bilan
bog‘lasak, turmush kechirishdagi hissasi g‘oyat ulug‘ ekanini his
etamiz. Bizda oila — jamiyatning bir bo‘lagi, binobarin, u qancha
mustahkam va har tomonlama barkamol bo‘lar ekan, demak,
jamiyat ham shuncha tez rivojlanadi.
Inson bolasining ruhiyatida shunday bir xislat borki, u oilada
olganlarini bir umr unutmaydi va har qachon o‘shanga taqlid
qilib yashaydi. Shuning uchun xalqda „Qush uyasida ko‘rganini
qiladi“ degan maqol bor. Shunday ekan, bolaga juda katta e’tibor
kerak.
O‘zbekistonimizda yigirma besh milliondan ko‘p aholi yashaydi.
Shundan ellik ikki foizi xotin-qizlardir. Shuningdek, yurtimizda
uch yarim million oila mavjud. Har yili 234 ming yangi oila barpo
bo‘lib, yetti yuz o‘n ming yangi avlod dunyoga kelmoqda.
Ma’lumki, millatimiz bolajon bo‘lib, ko‘p bolalik har bir
o‘zbek oilasining alohida belgisidir. Bizda ko‘p bolali oilalar soni
boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ziyod, jami oilalarning
o‘n ikki foizdan ko‘prog‘i besh va undan ortiq bolalidir. Qishloq
joylarida esa bu yigirma foizni tashkil etadi. Respublika rahbariyati,
shaxsan Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov mamla-
katimiz aholisi tarkibiga xos bu xususiyatni teran anglagan holda,
mustaqil milliy siyosatning bosh tamoyillaridan biri — aholining
ehtiyojmand qismini, jumladan, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy
himoyalash ekanini mudom ta’kidlab kelmoqda. Ayniqsa,
yurtboshimizning oila haqidagi mana bu fikrlari e’tiborga loyiqdir:
„Oila — jamiyatning negizi. Bizning mamlakatimizni ham katta bir
oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va tartib
bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa,
bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi
va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon
qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va
ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga


435
asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari
shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin
odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy
qadriyat, inson qalbining gavharidir“.
O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonunida davlatning
oilaga munosabati aniq va lo‘nda ifodasini topgan. Xususan, Asosiy
Qonunning 63-moddasida „Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega“, degan
qoida bor. Binobarin, oila to‘g‘risida g‘amxo‘rlik insonparvar huquqiy
demokratik davlatning muhim xususiyatlaridandir.
Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan „Bolalar“, „Mahalla“,
„Navro‘z“, „Ekosan“, „Orol“, „Sog‘lom avlod uchun“ kabi
jamg‘armalar turli-tuman xayriya tadbirlari vositasida oilalarning
farovonlashishiga hissa qo‘shib kelayotir. 1994- yilning birinchi
oktabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan,
mamlakatimizda kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalashning
butunlay yangi shakli — ehtiyojmand oilalarga har oyda beriladigan
moddiy yordam turi joriy etildi.
Sir emaski, oilaviy hayot inson uchun eng maqbul turmush
tarzidir. Buni qadimgi va hozirgi ba’zi holatlar ham tasdiqlaydi.
Qadim Sharqda yolg‘iz kishini darvesh, g‘arib, bechorahol odam
hisoblashgan. Buni qarangki, italiyalik mutaxassislarning hisob-
kitobicha, har besh nafar yevropalikdan bittasi uyqusizlikdan
azob chekar ekan. Sababi — yolg‘izlik!
Mana shularni insoniy tuyg‘u bilan mushohada qilsak, baxt
degan tushunchaning zamini — oiladir. Donolardan biri aytgani-
dek, o‘z uyida baxtli bo‘lgan odamgina baxtlidir.
Adolatli, huquqiy va demokratik jamiyatda oila doim
e’zozlanadi, himoya qilinadi va muntazam mustahkamlanib boradi.
Oila huquqi — nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi va
shartlari: er-xotin, ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi shaxsiy va
mulkiy munosabatlar; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bola
asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish tarzini belgilaydigan huquqiy me’yor-
lar yig‘indisidan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari
quyidagilar bilan qat’iy belgilab berilgan:
— oila jamiyat va davlat muhofazasida;


436
— barcha fuqarolar — jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar,
qonun oldida teng;
— ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;
— faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash
uchun yordam berish;
— ixtiyoriy va erkin nikoh;
— davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;
— davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning
manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;
— bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va
boshqalardir.
Asosiy Qonunimizning 63-modda, 2-qismida: „Nikoh tomon-
larning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi“, deyila-
diki, bizda oila qurishning birdan bir asosi — qonuniy nikohdir.
Yana Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-moddasida
insonning erkin nikohdan o‘tish huquqi xususida bunday deyilgan:
„Balog‘atga yetgan erkak va ayol, irqi, millati yoki dinidan qat’iy
nazar, hech bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga
egadir. Ular nikohdan o‘tayotgan chog‘da, nikohda bo‘lgan vaqtda
va nikoh bekor qilinayotgan paytda ham bir xil huquqlardan
foydalaniladi“.
Oilali bo‘lib yashash, bola-chaqa qilish, o‘zidan nasl, avlod
qoldirish hayot qonuni, shariyatimizga ko‘ra sunnatdir. Payg‘am-
barimiz Muhammad alayhissalom bu haqda shunday deganlar:
„Ey yigitlar! Qaysi biringiz turmush qurishga qodir bo‘lib, imkon
topsangiz, tezda uylaning, chunki uylanish inson ko‘zini poklaguv-
chi chiroq, ya’ni u nomahramlarga qarab gunohga botishdan saq-
laydi va yomon, bemaza yo‘lga kirib ketishdan asraguvchi asosiy
choradir. Kimki uylanishga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunki
ro‘za insonning shahvoniy nafsini ketkizur“.
Nikoh vositasida, shar’iy yo‘l bilan juft bo‘lib yashash —
axloqiy poklik va sog‘lik garovi, jamiyat mustahkamligi asosi bo‘lib,
inson bu yo‘lda sa’y-harakati, halol mehnati, ro‘zg‘or tashvishi
bilan chiniqib, komillikka erisha boradi.
Mustaqilligimiz sharofati va demokratik yo‘lni tanlab olganimiz
munosabati bilan hozirgi davr sharoitidan kelib chiqib, oilani
yanada mustahkamlash uning ijtimoiy, ma’naviy ahamiyatini


437
oshirish uchun nikoh-oila tizimini yanada barqaror bir tartibga
solishga qaratilgan yangicha huquqiy me’yorlarni shakllantirishga
ehtiyoj tug‘ilmoqda. Xususan, nikoh va oila to‘g‘risidagi qonunlarda
birinchi navbatda, mahalliy sharoit va milliy an’ana — odatlar
e’tiborga olinishi lozim.
Poklik va imon-e’tiqod xalqimizning go‘zal fazilati. Ma’lumki,
islomiy axloq talabiga ko‘ra, eri vafot etgan yoki nikohi buzilgan
ayol „idda“ muddati o‘tmaguncha boshqaning nikohiga o‘ta
olmagan, „idda“ muddati tugagach, ayolning homilasi yo‘qligi
aniq bo‘lsa, u erga tegishga haqli bo‘lgan. Agarda u homilador
bo‘lsa, bola tug‘ilib, nifosdan pok bo‘lganidan keyingina boshqaga
turmushga chiqishiga ruxsat etilgan. Bunda poklik, eng asosiysi
nasl — avlod pokizaligi nazarda tutilgan. Mana shu qutlug‘ va oqilona
qoidani amaldagi Oila kodeksiga joriy etish ayni milliy muddao
bo‘ladi. Vijdonan aytganda, qayta turmush qurayotgan ayol hozirgi
axloq nuqtayi nazaridan ham homilador bo‘lmasligi kerak, lekin
mabodo u homilador bo‘lib, to‘ydan keyin ko‘p o‘tmay farzandlik
bo‘lsa, bu hol yangi oilaning buzilishiga sabab bo‘lishi aniq.
Fransiyaning Fuqarolik kodeksida otalik to‘g‘risidagi shubhani
bartaraf etish maqsadida, turmushdan ajralgan yoki eri o‘lgan
ayol 300 kunlik muddatdan so‘ng turmushga chiqishi qayd etilgan.
Shunga o‘xshash, bizda ham nikohlar pok, g‘ayritabiiylikdan yiroq
va uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
Mustaqil O‘zbekistonimizda keyingi paytlarda ayollar haqida
juda ko‘p farmon va qonunlar e’lon qilindi. Ular ayollarga berila-
digan imkoniyat, sharoit va barcha yengilliklar hech so‘zsiz yosh
avlod kamolotiga, oila mustahkamligiga va davlatning kuch-quvvati
rivojlanishiga buyuk hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin