425
3-mashq.
Partadan chetga chiqib, qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi.
Bajarilishi:
— Musiqa sadosi yordamida qo‘llar gavda bilan birga o‘ng va
chap tomonlarga chayqaladi. Shu chayqalishda
oldinga va orqaga
egilinadi.
4-mashq.
Partadan chiqib to‘g‘ri turiladi.
Bajarilishi:
1. Qo‘llar belda.
2. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, kaftlarga qaraladi,
oyoq uchida
turiladi.
3. Qo‘llar yelkaga tushadi.
4. Qo‘llar pastga tushadi.
5. O‘tiriladi.
6. Dastlabki holat.
Bu kabi jismoniy mashqlarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin
jismoniy mashqlar haddan tashqari uzoq davom etsa ham yaxshi
natija bermaydi. Shuning uchun
mashqlarni bolalarning ayni
charchagan vaqtini sezgan zahoti to‘xtatish kerak.
Jismoniy mashqlar uchun tanlangan materiallar o‘tilayotgan
fanga doir bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda
bolalarning yoshi ham hisobga olinsa, yaxshi natija beradi.
Dostları ilə paylaş: