Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170
Ona tili 6 sinf

BILIB OLING.
Nima qilmoq?, nima bolmoq? so‘-
roqlariga javob bo‘lib, shaxs yoki narsalarning harakat,
holatini ifodalagan so‘z turkumi fe’l deyiladi.
ESDA SAQLANG.
 
Fe’llardan anglashilgan harakat
va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi.
Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanala-
di.
94-mashq.
Berilgan fe’llarni harakat yoki holatni bildirishiga ko‘ra
ikki guruhga: harakat fe’llariga va holat fe’llariga ajrating.
Qizardi, ulg‘aydi, chopdi, sug‘ordi, gapirdi, qichqirdi,
to‘xtadi, tashladi, yugurdi, qimirladi, topdi.
95-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni
qo‘ying, fe’llarning ma’nosiga va grammatik shakliga e’tibor bering.
— Yigitcha, familiyangiz nima?
— «Iskandarov» deb yoz..., aka.
Javlonbek uni yoz... qo‘yish uchun so‘ramagandi, faqat
familiyasini atab gaplashish uchun so‘ragan... U bo‘lsa,
«Iskandarov deb yozing, aka», deydi-ya.
— Iskandarov, siz, axir, traktorning tilini bilmay...-ku?
Hatto uning qanday mashina ekanini ham ko‘rmagan bo‘lsangiz!..
— Bugun bilma..., ko‘rmagan bo‘lsam, endi bila..., ko‘ra...,
o‘rgana..., — dedi yigit qat’iy. — Hali o‘zingiz aytdingiz-ku,
avvalo, shogird tusha..., keyin o‘rgana..., deb. (N. Fozilov)
FE’L


38
96-mashq.
 
Gapni ko‘chiring. Undagi mazmun haqida fikrlashing.
Fe’llarni topib, izohlang.
Kishi aslini bilmoqni istasang, uning fe’l-atvoriga nazar
sol, ma’lum bo‘ladi-qoladi. (Yusub Xos Hojib)
1. Fe’l deb nimaga aytiladi?
2. Fe’llar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Harakat va holatni bildiruvchi fe’llarga misollar kelti-
ring.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin