Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   170
Ona tili 6 sinf

152-mashq. 
Uyga vazifa. «Mehr-muruvvat — inson bezagi» mav-
zusida matn tuzing, unda sifatdoshlardan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Berilgan sifatdoshlarda ifodalangan harakat-holat-
ning qaysi zamonga mansubligini ayting.
Ishlagan (kishi), kelayotgan (mashina), o‘sadigan (nihol),
tiktirgan (ko‘ylak), o‘rilgan (soch).
2-t o p s h i r i q . Yuqoridagi bo‘lishli shakldagi sifatdoshlarni
bo‘lishsiz shaklga aylantiring. Qaysi nisbat shaklida ekanligini ayting.
BILIB OLING.
 Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi
uchun fe’lga xos bo‘lgan zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizlik,
nisbat ma’nolarini ifodalaydi.
SIFAÒDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI.
O‘TGAN ZAMON SIFATDOSHI


59
3-t o p s h i r i q . Quyida berilgan sifatdoshlarni tarkibiy qismlarga
ajrating. Sifatdosh shakllarining qaysi zamonga oidligini ayting.
Ko‘pni ko‘rgan (kishi), to‘kilgan (paxta), ko‘chgan (muz),
gullagan (o‘lka), uqqan (bola).
4-t o p s h i r i q . Sifatdosh shakllarining talaffuzi va imlosini tushunti-
ring.
BILIB OLING.
 Sifatdoshning -gan (-kan, -qan)
qo‘shimchasi shaxs-narsalarning o‘tgan zamonga xos ha-
rakat belgisini ifodalaydi.
Bu qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga
qo‘shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yozi-
ladi (oqigan, yashagan kabi).
 Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
qo‘shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi
(kochgan, osgan kabi).
Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga
qo‘shilganda, -qan, k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin