62
T o p s h i r i q . Berilgan bo‘lishli shakldagi sifatdoshlardan
-ma yor-
damida bo‘lishsiz sifatdoshlar hosil qiling.
Eshitgan, ko‘rayotgan, kuylaydigan, oqar.
BILIB OLING.
Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli
sifatdosh hosil qiluvch qo‘shimchalardan oldin -ma
qo‘shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan:
aytgan — aytmagan, oqayotgan — oqmayotgan,
o‘qiydigan — o‘qimaydigan. -(a)r qo‘shimchasi yordamida
yasalgan shakllarning bo‘lishsiz shakli -mas qo‘shimchasi
yordamida hosil qilinadi.
160-mashq.
O‘tirmoq, chizmoq, yangilamoq, tozalamoq, sug‘ormoq,
suhbatlashmoq fe’llaridan sifatdoshlarning uch zamondagi bo‘lishli va
bo‘lishsiz
shakllarini hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing.
161-mashq.
Gaplarni o‘qing, sifatdoshlarning bo‘lishli va bo‘lishsiz
shakllarini topib, ko‘chiring.
1. Bu ovoz hali mag‘zi ilimagan dalalarga,
osmondagi oqim-
tir yulduzlarga tegib aks-sado berayotgandek tuyulardi.
(
A. Ko‘chimov) 2. Bola boshini qo‘llari orqasiga qo‘yib, Boysun
tog‘i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.
(
S. Mengnorov) 3. Oqqan daryo oqaveradi. 4. Or — bu o‘ziga
nomunosib yoki ep ko‘rilmagan ishdan,
narsadan xijolat
tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‘usidir. (
«Vatan
tuyg‘usi») 5. Keng fe’l, ketmas davlat bersin.
1. Sifatdoshlarning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari de-
ganda nimani tushunasiz?
2. Sifatdoshlarning bo‘lishsiz shakliga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: