63
162-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida «Qor zavqi»
mavzusida
matn tuzing. Unda bo‘lishli va bo‘lishsiz sifatdoshlardan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Quyidagi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan
fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
1. Sochlarimni
silab-siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar. (
Hamid Olimjon)
2. Bolta
tushguncha, to‘nka dam olar. (
Maqol)
3. Òong
otgach, yo‘lga tushdik.
2-t o p s h i r i q . Ajratib ko‘rsatilgan fe’llarning qaysi so‘zlar bilan
bog‘lanib kelayotganini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang.
BILIB OLING.
Fe’lning ravishga xoslangan shakli
ravishdosh deyiladi.
Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan
ravishga o‘xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga
bog‘lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring: piyoda
(ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi.
RAVISHDOSH
64
163-mashq.
Matn tarkibidagi ravishdoshlarni aniqlab,
qanday
so‘roqqa javob bo‘layotgani va qaysi so‘zga bog‘lanayotganini ayting.
... Boysariboy o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli bilan ko‘chib
borgach, Ko‘kqamish ko‘li atrofida mollarini semirtirib, yay-
lovda yayrab yotadi. O‘n ming uyli Qo‘ng‘irot
elining boyvach-
chalari bilan yig‘ilib, bir yerga jam bo‘lib, bir baxmal o‘tovni
tikib, shu o‘tovning ichida hamma boyvachchalar bilan
qimiz ichib, o‘z kayf-u safosi bilan o‘tirar edi. («
Alpomish»dan)
164-mashq.
Quyida berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
qanday so‘roqqa javob bo‘layotgani va qaysi so‘z
turkumiga mansubligini
ayting. Imlosini tushuntiring.
Shohjahon hazin kayfiyatga
berilgach, ko‘ngli qorong‘uligini
na o‘yin-kulgu, na sayr-sayohat yorita olardi.
Malika Mumtoz-
mahal shohning ma’yusligini
sezgach, uni xushnud etish uchun
g‘azallar
o‘qib,
xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undardi.
Malika dunyodan
o‘tgach, unga
bag‘ishlab shoh «Òojmahal»ni
qurdirdi. Ammo Shohjahonni
xavotirga solgan hodisalar ro‘y
Dostları ilə paylaş: