66
169-mashq.
Berilgan fe’l asoslariga ravishdoshning
-(i)b, -a/-y,
-gach, -guncha, -gani, -gancha qo‘shimchalarini qo‘shing va qanday
ma’no o‘zgarishi bo‘layotganini ayting.
O‘tir, yoz, ter, yur, gapir, boq, yog‘, buk.
N a m u n a :
o‘tirib, o‘tira-o‘tira, o‘tirgach, o‘tirguncha, o‘tirgani,
o‘tirgancha.
1. Payt ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarga misollar
ayting.
2. Holat ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarga izoh bering.
3. Maqsad ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarni tavsif-
lang.
4. Sabab ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlar qaysi
qo‘shimchalar bilan yasaladi?
170-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida ravishdoshlardan
foydalanib, «Bugungi hayotimiz» mavzusida bog‘lanishli matn tuzing.
Qanday ravishdoshlardan foydalanganingizni ayting.
T o p s h i r i q . Berilgan fe’llardagi ravishdosh qo‘shimchalarini
aniqlang. Ularning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering.
Chiqqach, kelgach, ekkach, aytgach, chiqquncha, kel-
guncha, ekkuncha, aytguncha, sig‘gancha, kelgancha, ekkan-
cha, aytgancha, chiqqani, kelgani, ekkani, aytgani.
Dostları ilə paylaş: