173-mashq. Uyga vazifa.«Bizning qishloq yoki shahar» mavzu-
sida bog‘lanishli matn tuzing. Matnda ravishdoshlardan foydalaning.
Ularni tahlil qiling.
1. Fe’llarning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Harakat nomi qanday hosil qilinadi?
3. Sifatdosh yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
4. Ravishdosh yasovchi qo‘shimchalarni ayting.
5. Fe’lning vazifa shakllariga xos belgilar qaysilar?
1-t o p s h i r i q . Matnni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi
qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, fe’lning vazifa shakllarini hosil qi-
ling.
Bir bog‘bon birovning bog‘ini parvarish qilar edi. Bog‘da
bir olma daraxti bo‘l... (-gani, -yotgan, -ib), mevasi juda shirin
edi. Bog‘bon bu daraxtni sevar, mevasi pish... (-ib, -ish,
-qani)i bilan bog‘ egasining oldiga olib borardi. Bu gal ham bog‘
egasi keltiril... (-kan, -qan, -gan) olmadan g‘oyat xursand
bo‘ldi va uni o‘z hovlisiga keltir... (-ay, -gun cha, -ib) o‘tqaz...
(-gani, -ish, -quncha)ni buyurdi. Ko‘chiril... (-ib, -y, -gan)
olma daraxti qurib qoldi.
Ochko‘z bog‘ egasi olmaning boridan ham ajralib qoldi.
(Rivoyat)
2-t o p s h i r i q .Yoz, keltir, sot, qur, o‘qi asoslaridan fe’l shakl-
larini hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
3-t o p s h i r i q . Matnni ko‘chiring. Undagi mazmun sizga qanday
ta’sir qildi? Ajratib ko‘rsatilgan fe’l shakllariga diqqat qiling, so‘rog‘ini,
bog‘langan so‘zini aniqlang.
Asal yiliga ikki marta: bahorda va kuzda yig‘ilar edi. Dadam
tayyor hosilni sirli tog‘oralarga solib, oftobda eritib, mum-
larini ajratardilar.
«O‘g‘lim, asal shirin, xizmati qiyin», — deb qo‘yar edilar
dadam har zamonda. Dadam birinchi hosilni qo‘ni-qo‘shni,
qarindosh-urug‘larga: «Og‘zi tegsin» deb, tarqatar edilar.
MUSÒAHKAMLASH