Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170
Ona tili 6 sinf

175-mashq.
Gaplar tarkibidagi fe’llarni ikki guruhga bo‘lib
ko‘chiring. Birinchi guruhga mustaqil fe’llarni, ikkinchi guruhga
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini kiriting.
1. Men bu yerga qalamcha suqqanimda, «Nimaga boshqalar
bosh qo‘shmaydi?» deb o‘ylamaganman. Ekkim kelgan, ekkan-
man. (N. Norqobilov) 2. Ertasi kun bo‘yi Esonboyni xavotir
aralash kutdim. Daragi bo‘lmadi. Ishdan kelgach, nari-beri
tamaddi qilib, uyiga o‘tib bordim. (X. Sultonov) 3. Savri xola
indamadi. Bitta-bitta qadam bosib, uyi tomon yurib ketdi.
(O‘. Umarbekov) 4. Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik.
(Abdulla Qahhor)
176-mashq. 
Quyidagi fe’llar ishtirokida ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalari tuzing, ular ishtirokida gaplar hosil qiling va yozing.
Ko‘rmoq, solmoq, qaramoq, qo‘ymoq, kelmoq,
yubormoq, tashlamoq.
177-mashq. 
Qo‘ymoq, qirqmoq, gapirmoq, yemoq, ichmoq, chop-
moq, yozmoq fe’llarini yetakchi fe’l qilib, ularga har xil ko‘makchi
fe’llarni qo‘shib ko‘ring, so‘z ma’nosining o‘zgarishiga diqqat qiling.
N a m u n a : qo‘yib yubormoq, qo‘yib qo‘ymoq, qo‘yib turmoq.
1. Ko‘makchi fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. Qanday fe’llar yetakchi fe’l sanaladi?
3. Ko‘makchi fe’l qanday shakldagi yetakchi fe’llarga
qo‘shiladi?


71
178-mashq.
 
Uyga vazifa. «Erta turish — salomatlik garovi» mavzu-
sida matn tuzing va unda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridan
foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Yubormoq, boshlamoq, tashlamoq, tugatmoq
ko‘makchi fe’llarini ravishdosh shaklidagi chopmoq yetakchi fe’li bilan
birga keltiring. Ularning ma’no farqini ayting.
2-t o p s h i r i q . Hayday boshlamoq, haydab yubormoq, haydab
bo‘lmoq  fe’llarining ma’nolarini izohlang.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin