O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix17.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61677
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Maxsus pedagogika

 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Aqli zaif bolalar necha darajaga bo‘linadi? 
2. Aqli zaiflikning kelib chiqish sabablari? 
3. Daun sindromli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari? 
2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar 
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati– intellekti 
mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va 
boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining 
kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalar-
da hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy rivojla-
nishni orqada qolishi esa ikkilamchi hodisa bo‘lib hisoblanadi. 
T.A.Vlasova, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, T.V.Egorova, 
K.S.Lebedinskaya, N.A.Nikashina, K.K.Mamedov, G‘.B.Shouma-
rov, N.A.Sipina, R.D.Triger boshqa olimlarning ma’lumotlariga 
ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5, 8 foizini ana shunday 
bolalar tashkil etadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida 
mamlakatimiz defektologlari ishlarida ham bu masalaning turli 
tomonlari e’tiborga olinadi. Bunday orqada qolishning asosiy 
sabablariga bosh miyaning minimal, yuzaki, yengil zararlanishi, 
tug‘ilish vaqtidagi, homila davrida yoki go‘dakning ilk yoshidagi 
zararlanishlari kiradi. Rivojlanishning orqada qolishi, susayishi 
deganda, ruhiy rivojlanishning bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi 
tushuniladi. Bunday nomutanosiblik o‘z vaqtida tashkil etilgan, mos 
keluvchi adekvat yordam natijasida bartaraf etilishi mumkin. Bunday 
hol bolalarda maktab ta’limiga tayyorlik darajasining shakllan-
maganligida ko‘riladi.


75 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar oliy nerv faoliyatlarining 
yuqorida aytib o‘tilgan barcha xususiyatlari neyrodinamikaning 
yaxshi rivojlanmaganligidan darak beradi. Bunday holat normal 
bolalarda ilk yoshlarida yoki bog‘cha yoshlariga to‘g‘ri keladi.
Klinik kuzatishlar va ruhiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, 
ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda iroda-hissiyot sohasi yetarli 
rivojlanmagan ekan. Ba’zi olimlar bunday rivojlanmaganlik ruhiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalarning asosiy belgisidir degan fikrni 
bildiradilar. Shu bilan birga, ular ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
bolalarda intellekt saqlanganligini ta’kidlaydilar.
Rivojlanishdagi orqada qolish o‘z navbatida aqliy funksiyalar 
(jarayon, malaka, ko‘nikmalar) ning ham kechikib shakllanishiga 
sabab bo‘ladi. “Birlamchi intellekt saqlangan” deganda, bevosita aqli 
zaiflarga nisbatan, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar diagnostik 
metodikalarni bajarish vaqtlaridagi yaxshi natijalar ko‘rsatishlari 
nazarda tutiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bunday 
yaxshi natijalarga erishilari, ularda aqli zaif bolalarga nisbatan, 
ma’lum darajada bilimlar borligidan darak beradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ruhiy-pedagogik diag-
nostika qilish, faqatgina rivojlanishida orqada qolayotganlikni aniq-
lash emas, balki uning xususiyatlarini ham ochib beradi. Yuqorida 
aytib o‘tilgandek ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ruhiy jara-
yonlarining asosiy xususiyatlaridan biri geterogenlik (holatlarning 
har xilligi) va geteroxronligi (holatlarning har xil vaqtda yuzaga 
kelishi) dir. 
Korreksion rivojlantirish, to‘g‘irlash ta’limi jarayonida bola 
taraqqiyotidagi notekislikni, uning tuzilishini aniqlash, har bir bola 
bilan individual ish dasturi tuzishga yordam beradi. Shuning uchun 
diagnostika vaqtida bolalar bilimlaridagi asosiy kamchiliklarni aniq-
lab qolmasdan, balki ulardagi aqliy jarayonlardan foydalana olish, 
o‘quvchanlik darajalarini ham aniqlash va e’tiborga olish kerak.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan 
asosan ikki guruhga bo‘linadi: 
Yengil nuqsoni bor bolalar – bular maxsus sharoitda 1 - 3-yil 
ta’lim - tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning 
tegishli sinfida davom ettirishi mumkin. 


76 
Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – 
bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak. 
Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori 
o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni 
ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish ta’lim jarayoniga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga 
tortadi, yaxshi va a’lo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada 
o‘stirishga to‘sqinlik qiladi. 
Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga 
uchrayveradi, bu narsa ularning hulq-atvorida aksariyat turli salbiy 
xislatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunayeva va 
boshqalar ruhan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan 
quyidagi xillarga bo‘lishni tavsiya etadilar:
1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli. 
Ruhan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini 
xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi 
sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1 - 2 yosh kichik ko‘rinadi. U 
o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab tutadi va ta’lim olish uchun 
hali “yetilmagan” bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi 
kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga qiziqish yo‘q, ish qobiliyati 
past. Mas’uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan 
analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli 
o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlash-
tiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi 
konstitutsion shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik yanada 
pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi 
davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir 
kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. 
Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib 
turish natijasida bola yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z 
navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida orqada qolishga, kechikishga 
olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb shunga 
aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va 
shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. 


77 
Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi 
bolada asteniya holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda 
somatogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib-unmagan, go‘dak 
taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash 
holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, 
qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi. 
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta 
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu 
tarbiyaning salbiy tomonlari ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan 
bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini 3 
guruhga bo‘lish mumkin: 
Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z 
holiga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi 
shakllanmaydi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish 
faoliyati, his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini 
o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham 
qo‘shiladi. 
Bolani har tomonlama erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga 
o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissini shakllantirmaslik 
bolani «oila erkasi» qilib o‘stirish, haddan tashqari uning ko‘ngliga 
qarab ish tutish natijasida ham bola ruhiy rivojlanishida bir qadar 
orqada qolishi mumkin. 
Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, 
qattiqqo‘llik qilish, ota-onalarning alkogolizmga aloqador tajovuz-
korona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruhan rivojla-
nishdan orqada qolishiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo‘pollik, 
jur’atsizlik, tashabbussizlik, mustaqilsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa 
hislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql-idrokiga, bilish faoliya-
tiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok 
bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya 
natijasida paydo bo‘lgan xislatlar ham qo‘shilib pirovard natijasida 
shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga 
keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata 
olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib, 
ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar 
qatoriga o‘tib qoladilar. Holbuki, ruhan sust rivojlangan bolalarda 


78 
shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri rivojlanishi markaziy nerv 
sistemasidagi yengil darajadagi organik jarohatlanish bilan bog‘liq. 
Ruhan sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarqalgan 
psixogen shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganiga 
aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi.Olimlarimizning bergan ma’lumot-
lariga ko‘ra bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik 
nuqsonlar bo‘ladi.Bu narsa ularning his-tuyg‘u, irodaviy holatlari 
taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon 
bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizmni ikkiga bo‘lishi 
mumkin:
Kayfi-ruhiyati o‘zgarib, aksari, ko‘tarinki ruhda bolalar, ularda 
o‘zlaridan yosh bolalarga xos xislatlar saqlangan bo‘ladi. 
Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib mayus tortib yuradigan bolalar, 
ularda vazifani mustaqil hal qila olmaslik, tashabbus ko‘rsata 
olmaslik, qo‘rqish holatlari ko‘riladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin