O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
II PEDIATRIYA FAKULTETI
NEONATOLOGIYA KAFEDRASI
5 KURS
MA’RUZA №3:
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR
SARIQLIKLARI
TOSHKENT – 2017
Mavzu: YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR SARIQLIKLARI
REJA:
1. Bilirubin almashinuvi, qondagi nasliy gemolitik kasalligi.
2. Tasnifi. Patogenez savollari.
3. Qiyosiy tashxisi, davolash rejasi.
YAngi tug’ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligi (CHGK) – homila va
onaning eritrositar antigenlar: rezus tizimi, AVO yoki birmuncha kam uchraydigan
omillar bo’yicha mos kelmasligi natijasida immunologik nomutanosiblik
(izoimunizasiya) bilan bog’liq kasallikdir.
Izoimmunizasiya kelib chiqishi ota tomonidan bo’lgan antigenlarning
homiladan onaga o’tishi va reproduksiyani ta’minlashda qatnashadigan ona va bola
o’rtasidagi o’zaro immunobiologik munosabatlarni buzadi. SHuning uchun CHGK
gemolitik anemiya va uning oqibatlari ko’rinishdagina emas, balki patologiyaning
boshqa shakllarida ham namoyon bo’ladi (infeksion asoratlarga nisbatan
moyillikning oshishi, moslashuv jarayonlari, neyroendokrin regulyasiyasi
buzilishlari va b.). u yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’tish holatlari klinikasiga
o’ziga xos xususiyatlar kiritadi.
Tug’ma rivojlanish nuqsonlarining uchrash soni oshganligi, surunkali
homila ichi gipoksiyasi va gipotrofiyasi, muddatiga etmay tug’ilish sonining
yuqoriligi, tug’ilgan bolalar o’limi va takroran homilador bo’lganlarda bola
tashlashlar, tug’ruqning asoratlanib kechishi va erta neonatal davrda gemorragik
buzilishlarning soni yuqoriligi qayd etiladi. Keltirilgan belgilar kasallikning ko’p
tizimli harakterga ega ekanligi va antenatal davrdagi embrio –fetogenez jarayonida
immunologik mexanizmlarning ishtirok etishini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |