Tashhisi. CHGK ni antenatal aniqlash mumkin. Qonda rezus-manfiy
mansublikka ega hamma ayollarda kamida 3 marta antitanalar titri tekshiriladi. 1-
tekshirishni ayol 1-marta murojaat qilganda va ayollar konsultasiyasiga hisobga
qo’yganda o’tkazish zarur. Homiladorolikning 3 trimestrida har oyda tekshirish
o’tkazish kerak. Agar antitanalar titri 1:16-1:32 va ko’proq bo’lsa, 26-28 haftada
amniosentez o’tkazish va homila oldi suvlarida bilirubinsimon moddalar
konsentrasiyasini aniqlash zarur. Zarurat bo’lganda homiladorlikni 32-haftasidan
kechiktirmay, homilada qonni almashlab qo’yishni amalga oshiriladi. CHGKning
shishli shaklini UTT da aniqlash ham mumkin. CHGKni immunologik tekshirish
eng oson va aniq usul hisoblanadi.
CHGK ga gumon bo’lganda tekshirish rejasi: 1) ona va bolaning qon guruhi,
qaysi rezusga mansubligini aniqlash; 2) periferik qon analizi, retikulositlarini
hisoblash bilan; 3) bola qon zardobida bilirubin konsentrasiyasini dinamik
aniqlash; 4) transaminazalar darajasini aniqlash; 5) immunologik tekshirishlar
rezus mos kelmaslikda qonda va ona sutida anititanalar titrini, shuningdek bola
eritrositlari bilan bilvosita Kumbs reaksiyasini va ona qon zardobi bilan bilvosita
Kumbs reaksiyasini dinamikada aniqlash. AVOning mos kelmasligida ona qoni va
sutida allogemaglyutininlar titrini tabiiy agglyutininlarni immun agglyutininlardan
farq qilish uchun oqsil va tuz muhitlarida aniqlanadi (immun antitanalar bo’lganda
oqsilning muhitdagi allogemagglyutininlar titri tuzli muhitga nisbatan 2 bosqichga
yuqori).
Bola va onaning boshqa kamyob eritrositar antigenli omillari bo’yicha
ziddiyat bo’lgan taqdirda ona zardobi qo’shilganda bola eritrositlarining
gemogglyutinasiyasi qayd qilinadi (invidual mos kelishlikka test).
Miyaning bilirubindan shikastlanishining eng ishonchli indiqatori – eshitish
buzilishini yangi tug’ilganlik davridayoq maxsus usullar yordamida aniqlash
lozim.