antigenlari bo’yicha nomutanosiblikka bog’liq. “Rezus” tizimi 6 ta asosiy
antigenlardan iborat, ular sintezini 3 juft genlar belgilaydi. Ularni ifodalash uchun
quyidagi atamalardan foydalaniladi: Fisher (bunda
antigenlar S,S: D,d, E,e deb
belgilanadi) va Vinner atamasi (Rh, hr, Rho, Hro, Rh, hr antigenlar), rezus manfiy
deyiladi, qolganlari esa unga ega emas, garchi ularda “rezus” sistemasining boshqa
antigenlari bo’lsa-da, D-antigen lipoprotein sitoplazmatik membrana ichki sathida,
ayni vaqtda A va V antigenlari esa tashqi sathida joylashadi. Ona va bolaning
eritrositar antigenlari bo’yicha farqlanishi, ehtimol tutilgan
ziddiyatga sababchi
hisoblanadi: CHGK 3-6% shunday hollarda paydo bo’ladi.
Rezus ziddiyatda, odatda onaning oldingi bo’lib o’tgan sensibilizasiyasi
bo’ladi (abortlar, bundan oldingi homiladorlikda rezus musbat bola tug’ilishi,
chunki tug’ruqda hamma vaqt qisman feto onalik transfuziyasi ro’y beradi). SHu
munosabat bilan D-antigenlar embrionda 5-6 haftadayoq paydo bo’lishini
eslatib
o’tish zarur, binobarin, ilk muddatlardagi abortlarda sensibilizasiya bo’lishi
mumkin, bunda faqat eritrositar antigenlar bilan emas, balki to’qima antigenlari
bilan ham bo’lishi mumkin. Bu operasiyaning ayol organizmining
homiladorlikni
sun’iy to’xtashning immunologik va gormonal qayta qurilishi asosida o’tkazilishi
hisobga olinadigan bo’lsa, abortlarning salbiy oqibatlarini baholash qiyinligi
ma’lum bo’ladi.
AVO ziddiyatda CHGK ko’pincha birinchi homiladorlikda rivojlanadi,
chunki etakchi etiologik omil yo’ldosh to’sig’ining buzilishidir: gestoz, onaning,
somatik
kasalliklari, infeksiya, gipoksiya, emlashlar hisoblanadi.
Onada IgM
sinfiga taalluqli, ya’ni shikastlanmagan yo’ldosh orqali o’tmaydigan tabiiy
izoagglyutininlar borligi homilaga ularning transplansentar transportiga olib kelishi
mumkin emas. Tabiiylaridan farqli ravishda ona IgG
ga taalluqli guruhli AGga
immunizasiya qilingandan so’ng paydo bo’lgan antitanalar me’yoriy yo’ldosh
orqali bemalol o’tib, gemoliz chaqiradi. Ko’pincha AVO tizimi bo’yicha ziddiyat
munosabati bo’yicha onada O(I) guruhi, bolada esa – A (II) guruhi bo’lganida
CHGK yuzaga keladi.