Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


Qo`qon xonligining tugatilishi va Farg`ona viloyatining tashkil



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
3.2.Qo`qon xonligining tugatilishi va Farg`ona viloyatining tashkil 
topishi. 
1873 yilda Qo`qon xonligida Xudoyorxon va rus mustamlakalariga qarshi 
xalq qo`zg`aloni ko`tarildi. U 1876 yilgacha davom etdi. Qo`qon xonligida bu 
voqealar rus imperatorini tashvishga solib qo`ydi. Xayoti xavf ostida qolgan 
Xudoyorxon 1875 yilning 22-iyulida podsho hokimiyati himoyasi ostida 
Toshkentga qochib ketadi. Xudoyorxonning katta o`g`li Navriddinbek xon deb 
e`lon qilinadi. Agar xalq ommasi o`z mustaqilligi uchun bosqinchlarga qarshi 
kurash olib borayotgan bo`lsa, yangi xon podsho hokimiyati bilan yarashib o`z 
taxtini mustaxkamlab, olish yo`llarini qidira boshlaydilar. 1875-yil 25-sentabrda 
Nasriddinbek qo`zg`alonchilardan yashirincha Kaufman bilan shartnoma tuzdi. 
Shartnomaga ko`ra Nasriddinbek o`zini rus podshosining itoati xizmatkori deb 
tan oldi. U mustaqil ravishda tashqi siyosat olib bormaslik katta tovon to`lash va 
xonlik hududining bir qismini Rossiyaga qo`shib olinishiga rozi bo`ldi. Bu esa 
qo`zg`alonchilarning g`azabini uyg`otdi va qo`zg`alon xonlik hududida keng 
yoyilib ketdi. Qo`qon voqealari fon Kaufmanni jiddiy tashvishga solib qo`ydi, va 
bunday sharoitda u Qo`qon xonligining mustaqilligini tugatish haqida rus 
podshosi Aleksandr II dan rozilik oldi. Bundan ilhomlangan fon Kaufman 
general Skobelov ixtiyoriga katta kuch ajratib, Qo`qonni tiz cho`ktirishga 
qaratdi. Hatto xonlik hududini imperator Aleksandr II ning tug`ilgan kuniga 
sovg`a qilmoqni diliga tugdi shunday bo`lib chiqdi.
53
1876 yil 19 fevralda rus 
imperatori Aleksandr II ning 12 fevraldagi farmoniga ko`ra, Rossiyaga (qo`shib) 
harbiy vaziri D Milyutin Qo`qon xonligi. Rossiyaga qo`shib olinganligi o`rniga 
Farg`ona viloyati tuzilganligi rasman e`lon qilindi. O`zining yovuzligi bilan 
dong chiqargan jazo ekspersiyasining boshlig`i jallod general Skobelov viloyat 
harbiy gubernatori qilib tayinladi. Qo`qon xonligini tugatishga shaxsan 
tashabbusini o`z qo`liga olgan Turkistonning birinchi gubernatori K.P.Kaufmen 
rus imperatori Aleksandr II ning eng arzanda generallaridan biriga aylandi. 1867 
yildan 1881-yilga qadar Turkiston xalqlari taqdirini xal qilish fon Kaufman 
qo`lida bo`ldi. U bir vaqtning o`zida Turkiston harbiy okrugi qo`mondoni. 
53
A.Nabiyev, Mustaqillik uchun kurash yoxud parchalangan Turkiston tarixi. T., ―Yozuvchi‖, 1998- yil, 61-b 


51 
Yettisuv kazak qo`shinlari qo`mondoni, Turkiston ichki ishlar boshlig`i va bosh 
prokror vazifalarin ham bajaradi. Endikda Turkiston general gubernatorlik 
tarkibiga: Sirdaryo, Farg`ona, Samarqand, Kasbiyortu va Yettisuv viloyatlari 
kirdi. Bundan tashqari bazi obektiv va subektiv sabablariga ko`ra o`lkada yarim 
mustaqil, mutlaqo yakka qo`yilgan. Buxoro, Xiva xonliklari saqlab qolindi. 
G`arbiy Turkistonni shu tariqa parchalab yuborish natijasida u yerdagi xalqlarni 
istagancha talash imkoniyati tug`ildi. Turkistonda milliy ozodlik harakati tarixni 
o`rganishda sinfiy yondashuvdan partiyaviylik nuqtayi nazaridan turib tadqiq 
qilish va baxo berish va baxo berishdan uzil kesil voz kechmoq va 
ajdodlarimizning mustaqillik uchun olib borgan qahramonona kurashini 
yoritishda obektivlik, ijtimoiylik, tarixiylik kabi asosiy tamoyillarga amal qilish 
kerak. Tarixiy haqiqat, adolat hamma narsadan ham ulug` va mo`tabardir.
Qo'qon xoni Xudoyorxonning qochishi, Nasriddinbek bilan Kaufman 
o'rtasidagi tengsiz va sharmandali bitim xalq ommasining yangidan katta kuch 
bilan qo'zg'olon ko'tarishiga sababchi bo'ladi. Bu galgi qo'zg'olon markazi 
Andijon edi. Qo'zg'olonchilar Po'latxon nomi bilan yurgan Is'hoq mullani 
Bo'taqara qishlog'ida xon deb e'lon qiladilar. Po'latxonga qarshi jo'natilgan 
Kaufman otryadi Andijon ostonasida mag'lubiyatga uchraydi. 1875-yil 7-
oktabrda qo'zg'olonchilar xon qo'shinini tor-mor keltirib Qo'qonni 
egallaydilar. Nasriddinxon Xo'jandga, ruslar panohiga qochadi. 11-noyabrda 
Skobelev qo'mondonligidagi rus askarlari qo'zg'olonchilarni Baliqchi yaqinida 
zarbaga uchratdilar. Terentyev bu haqda shunday xabar beradi: 
«...Baliqchi shahriga yorib kirib, dushman lageri va ku-chini egalladilar. 
Tong otgandan keyin artilleriya kechuvdan o'tib, shaharga o'q ota boshladi, shu 
zahoti Skobelev 2-yondosh batalonga qarashli 2-rota va ellikta kazak otliq 
o'qchilari bilan hujumga o'tadi, dushmanning chekinishiga yo'l qo'ymaslik uchun 
butun otliq askarlarni zambaraklar bilan shaharning orqa tomoniga yuboradi. 
Jangga kirgan bo'linmalar uchta istehkom-ni majaqlagandan keyin bozorni 
ishg'ol qiladilar va shu yerda tor ko'chadan kelayotgan qipchoqlarning katta otliq 
olomoniga duch kelib qoldilar... Dahshatli ur-yiqit ichida merganlarimiz do'ldek 


52 
yog'dirayotgan o'qqa uchgan qipchoqlar bor-yo'g'i 20 qadam narida to'da-to'da 
bo'lib yiqilar, ko'cha yuzi ularning o'ligiga to'lib ketgan edi. Bu dahshatli 
jahannamdan bir amallab qutulib chiqqanlar narigi yonboshda poylab turgan 
kazaklar-ning changaliga tushar edi. Ularni ikki chaqirim joygacha quvib borib, 
hech qanday rahm-shafqat qilmay qilichdan o'tkazishdi. Biz tomondan bir quyi 
amaldagi kishi o'lib, 8 ta yarador (shundan uchtasi og'ir), uch kishi kantuziya 
olgan edi. Skobelev dushmanning talofatini 2000 kishi deb hisoblaydi». 
Skobelev yo'1-yo'lakay barcha qishloqlarga shafqatsizlar-cha o't qo'yib 
yakson qilib olg'a siljib bordi. Ayniqsa, u Andijon shahrining kulini ko'kka 
sovurdi. Uni yovuzlarcha to'pga tutib, bombardimon qildirdi. Terentyev bunday 
yozadi; 
«Skobelev yo'lda kelar ekan, sanasini ko'rsatmay, Kolpa-kovskiyga telegramma 
jo'natdi, u 7-fevralda egasiga kelib tegdi. Unda Andijonda hamma narsa joyida 
ekanligi, aniq ma'lumotlarga qaraganda, shahar to'pga tutilgan paytda xaro-balar 
orasida 20000 kishi halok bo'lganligi aytilgan edi». 
1907-yilda Toshkentda chop etilgan «M.D. Skobelev xotirasi»da 
quyidagilarni o'qiymiz: «Andijonliklar qattiq qarshi-lik ko'rsatdilar: ular har bir 
to'siqdan foydalanar edilar, tomlar ustidan turib o'q otishar, ko'chalar, hovlilar, 
uylar, masjidlar ichida yuzma-yuz olishardilar. Ularning qarshilik ko'rsatishlari 
oldinda hujum qilib borayotganlarni g'azablantirar, tobora junbushga keltirardi. 
Bozor maydonida Skobelev kolonnasi yirik xarilardan qilingan to'siqqa duch 
kelib qoldi. Zambaraklarimiz oldinga o'tkazildi va bir necha o'q uzilgandan 
keyin dushman tumtaraqay bo'lib ketdi. Turkistonliklar beshta istehkomdan 
tashqari, mus-tahkam qo'rg'onchaga aylangan, uylarni ham jang bilan qo'lga 
kiritdilar. Nihoyat, har uchala kolonna o'rdaga yetib keldi va saroyni 
isyonchilardan tozaladi. Qisqa muddatli hordiqdan so'ng manzilgohga qaytildi, 
darvoqe, yo'l yoqasidagi imoratlarning hammasiga o't qo'yib borildi. Old qismlar 
qayerda ketayotga-nini yong'inga qarab bilib olish mumkin edi. Otishmalar hali 
tinmagan, andijonliklarning harbiy uroni-«Uri», «Uri» sadolari eshitilib turardi. 
Andijonni butunlay vayron qilish uchun general Troitskiy Skobelevga oltita 


53 
zambarak berib, shaharni to'pga tutishga, bozor va yong'in bo'layotgan 
tomonlarni nishonga olishga buyruq berdi». 
1876-yil 9-yanvarda Skobelev vayrona va kultepaga aylangan Andijonga 
kirib boradi. Po'latxon qolgan-qutgan kuchlari bilan Uchqo'rg'onga chekinishga 
ulgurgandi. 1876-yil 28-yanvarga o'tar kechasi Skobelev tomonidan yuborilgan 
jazo otryadi Uchqo'rg'onni egallaydi, barcha himoyachilar o'ldiriladi. Po'latxon 
bu yerdan qochib ulgurdi, biroq tez orada Marg'ilonda qo'lga olindi. Po'latxon 
qo'zg'olonini tor-mor keltirishda qirg'iz Shabdon Jontoyev rus zobitlariga o'z 
yigitlari bilan yordam beradi. 
Rus qo'shinlarining Qo'qon xonligiga qarshi olib borgan urush 
harakatlarida Xudoyorxon tomonidan general fon Kaufmanga asir sifatida ushlab 
berilgan Kitob va Shahrisabz beklari Jo'rabek va Bobobek faol qatnashdilar va 
Xudoyorxon-dan «o'ch» oladilar. 
K.P.Kaufman Qo'qonda ko'tarilgan xalq harakatini bos-tirish bahonasida 
Qo'qon xonligini mustaqil davlat sifatida tugatadi. 1876-yilning 19-fevralida 
Qo'qon xonligi bekor qilin-di va uning o'rniga Farg'ona viloyati tashkil qilinadi. 
Turkiston xalqlarining jallodi, Farg'ona vodiysida vahshiylarcha faoliyat 
ko'rsatgan jazo ekspeditsiyasining boshlig'i general Skobelev Farg'ona 
viloyatining harbiy gubernatori etib tayinlandi.
Xulosa shuki, o'zbek xalqi mustaqillik uchun kurashining Po'latxon 
rahbarligidagi qo'zg'oloni mag'lubiyati bilan uchala o'zbek xonligi ham rus 
podsholigiga to'la qaram bo'lib qoladi. Ammo bu Farg'ona vodiysida chor 
Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurash barham topadi, degan ma'noni 
anglatmaydi. Erk ozodlik va mustaqillik kurashida boy tarixiy an'analarga ega 
bo'lgan o'zbeklar, qirg'izlar va tojiklar bosqi-ni va kelgindi battol dushmanga 
qarshi kurashni davom ettirdilar, vatan tuyg'usi, nomus va or tuyg'usi ularga 
hech orom bermaydi. Chor Rossiyasi bosqiniga qarshi kurash markazi endi Oloy 
tog'lari hududlariga ko'chadi. Bu yerda To'maris ulug' an'analarining davomchisi 
jasur turk malikasi qirg'iz ayoli Qur-bonjon dodxoh o'z o'g'illari bilan son va 
qurollanish bo'yicha teng-siz chor askarlariga qarshi kurashda afsonaviy 


54 
qahramonliklar ko'rsatadi. Qurbonjon dodxoh ayol holiga qaramasdan Turkiston 
xalqlarining jallodi maqtanchoq va alchoq chor generali Sko-belevni u bilan sulh 
muzokaralari boshlashga majbur qiladi. 
Chunki Skobelev nopisandlik bilan tinchlik bitimini tuzish uchun 
Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yuborgan edi. Mag'rur qirg'iz 
vatanparvar ayoli Ionovni qabul qilmadi va mavqeyi o'zi bilan teng bo'lgan 
qo'mondon bilan muzokara boshlashga rozi ekanligini ma'lum qiladi. Natijada 
general Skobelevning o'zi Qurbonjon dodxoh bilan sulh muzokaralari olib 
borishga majbur bo'ladi va uning talablarini inobatga olish-dan boshqa chora 
topa olmaydi. Bu qonxo'r ustidan Qurbonjon dodxohning qo'lga kiritgan katta 
ma'naviy g'alabasi edi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman faqat 1877-
yil yanvarida-gina Sank-Peterburgga axborot yuborib, Farg'ona vodiysida 
tinchlik o'rnatilganligidan oq podsho hazratlarini voqif etib, ko'nglini 
tinchlantirgan edi. 
1892-yilda Turkistonda vabo tarqalgani xususida xabar paydo bo'ladi. 
May oyida Jizzaxda vabo bilan og'rigan kishilar topiladi. Vaboning Sirdaryo 
viloyatiga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun Chinoz qishlog'ida Sirdaryodan 
o'tadigan kechuv oldida chor hu-kumati tomonidan kuzatish manzilgohi ochiladi. 
1892-yil 7-iyunda Toshkent hokimi uzoq o'ylab o'tirmay qator farmoyishlar 
chiqardi. Shahardagi 12 mozor yopiladi. Uning o'rniga to'rtta maxsus vabo 
qabristonlari ochilishi ma'lum qilina-di. Mustamlakachi ma'murlar marhumlarni 
eski qabristonlarga dafn etishni taqiqlab qo'ydi. Vabodan o'layotganlar ko'payib 
borsa ham yangi qabristonlardan atigi bittasi ochildi. Marhumlarni yashirincha 
eski mozorlarga ko'mish boshlandi. Bundan xabar topgan politsiya pristavi 
«gunohkor» mahrumlar qarindoshlarini hibsga olib, ularni to'g'ri bozor orqali 
haydab ketishadi. Pristav yo'1-yo'lakay ularga dag'dag'a qilib ko'milgan 
jasadlarni go'rdan qazib olinishini aytadi. Rus ma'murlarining musulmonchilik 
odatlarini oyoq osti qilishi va sharoitni poymol etishdan xalq g'azabga keladi. 
Olomonning g'azabi anchadan beri xalqqa zulm o'tkazib, ruslarning nog'orasiga 


55 
o'ynayotgan bosh oqso-qol Muhammad Yoqub Karimberdi o'g'liga qarshi 
qaratiladi.
Ziyo Muhammad boshchiligida Shayxontohur dahasidan kela-yotgan 500 
kishilik to'da asosiy olomonga qo'shildi. Odamlar oqsoqol shahar boshlig'ining 
idorasida ekanligini eshitib, shu idora tomon yurish boshlaydilar. Xalqning 
bostirib kelayotganligidan xabar topgan shahar boshlig'i Putinsev Matyoqub 
bilan xalq oldiga peshvoz chiqadilar. Ular O'rda bozori yaqinidagi Voronsov 
xiyobonida uchrashadilar. Matyoqub qamchisini o'ynatib, xalq-ni so'kaverdi, 
olomon esa uni toshbo'ron qila boshlaydi. Bunday xatti-harakatdan kapalagi 
uchgan oqsoqol Sayfilla mirshab bilan shahar boshlig'ining idorasiga otda 
qochib yashirindi. 
Putinsev odamlarni tarqatmoqchi bo'ladi. Lekin olomon oqsoqolni topib berishni 
talab qiladi. Bu talab rad etiladi. Xaloyiq Putinsevni ham toshbo'ron qiladi va 
urib yiqitadi, kaltaklashadi. Qo'zg'olonchilar binoning ichiga bostirib kiradilar. 
Qo'zg'olonchilarning Putinsevdan Matyoqubni ushlab berish, xalqni qiynab 
kelayotgan chora-tadbirlarni bekor qilish haqidagi talablari qondirilmagach, 
shahar boshlig'ining idorasini ostin-ustun qilib tashlaydilar. 
Qurolsiz xalq askarlar yaqinlashib kelayotganligini eshitib, tarqala 
boshlaydi. Harbiy gubernator Grodekov unchalik katta bo'lmagan otryad bilan 
voqea ro'y bergan joyga yetib kelganidan «tartibsizlik» ishtirokchilaridan hech 
kim qolmagan edi. Qo'zg'olonchilar Matyoqubni uyiga bostirib borib, bu uyni 
ham ostin-ustun qilib tashladilar. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, shu joyning 
o'zida o'nga yaqin kishi o'ldirilgan. Ammo qan-cha kishining o'lganligi haqida 
ma'lumot yo'q. Chunki xaloyiq o'ldirilgan va yarador qilinganlarni o'zlari bilan 
birga olib ketib yashirgan. 
Qo'zg'olonchilarning yuzga yaqini oq podsho sarbozlari tomonidan Anhor 
tomonga qisib boriladi va suvga cho'ktiriladi. Qochganlar ayovsiz qiriladi. Bu 
yerda shahid ketganlarning soni haqida ma'lumot yo'q. Tarixga «Toshotar 
voqeasi» deb kirgan bu qo'zg'olon oqibatida g'alayon qatnashchilari bo'lmish 60 


56 
kishidan 8 kishi o'lim jazosiga, 3 kishi qamoqqa hukm qilinadi. Qo'zg'olon sodir 
bo'lgan bu joy Toshkentda «Jangob» nomi bilan mashhur. 
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N.I.Grodekov 1892-yil 1-iyulda 
general-gubernatorga yo'llagan raportida qo'zg'olonning tasodifiy bo'lganini 
ta'kidlab, uning asosiy tashkilotchilarinitopgani va hibsga olganini bayon etgan: 
«...shaharning 
osiyoliklar 
yashaydigan 
qismi 
oqsoqoli 
In'omxo'ja 
Umarxo'jayevni 24-iyun voqealariga olib kelgan harakatning asosiy rahbari va 
haqiqiy sababchisi deb hisoblash kerak. U shaxsan o'zi va eng yaqin xodimlari 
orqali nodon xalq ommasi orasida tashviqot olib borgan, ma'muriyatimizning 
vaboga qarshi farmonlari va xatti-harakatlari xususida tashvish tug'diradigan 
xabarlar hamda mish-mishlar tarqatgan. Mazkur yerlik kishining eng yaqin 
sheriklari unga qa-rindosh bo'lgan yuzboshi Ahmadxo'ja va qudasi 
Usmonxo'jadan tashqari Shayxontohur dahasining qozisi Sharifxo'ja so'ngra 
Beshyog'och dahasining yerlik fuqarolari Badalmuhammad Xolmuhammedov va 
Boqijon Dadajonboyev bo'lgan. Menga ma'lum bo'lishicha, bu kishilar awallari 
ham shaxsan o'zlari va ko'p sonli tarafdorlari orqali olomonga boshchilik 
qilganlar, olo-monni hukumatning tadbirlariga qarshi qo'zg'atganlar. Bu bar-cha 
shaxslarning xalq orasidagi zararli tashviqiy ta'sirini hisobga olib, 24-iyun 
voqealari sodir bo'lgan kunning o'zidayoq barchasi-ni qamoqqa olishga 
farmoyish berdim». 
Turkiston harbiy okrugi sudi yuzboshi lavozimida halol xizmat qilib yurt 
ahlining mustamlaka istibdodiga qarshi ko'-targan qo'zg'oloniga bosh bo'lgan 
Ahmadxo'ja Abdurashid-xo'jayevni 1892-yil 10-dekabrdagi majlisida osib 
o'ldirishga hukm qiladi. Ammo jamoatchilik fikrini hisobga olib bu hukm 15 yil 
surgun bilan almashtiriladi. Sobiq yuzboshi bu muddatni o'tash davomida 
salomatligini butkul yo'qotib 1907-yili Toshkentga qaytgach, ko'p o'tmay vafot 
etadi. 
N.P.Ostroumov bu qo'zg'olonning asosiy sababi to'g'risida 1892-yil 29-
iyunda bir do'stiga yozgan xatida bunday de-gandi: «Ko'p jihatdan ayb 
o'zimizda, albatta, ularning fe'l-
v
atvorlarini va qonun-qoidalarini o'rganganimiz 


57 
yo'q va hali ham o'rganmayapmiz. Bunda ayb faqat vaboning o'zida emas, sabr 
kosasini to'ldirib-toshirib yuborgan so'nggi tomchidir. Noro-zilik allaqachondan 
beri kuchayib, yig'ilib kelmoqda edi, keyin esa boshqa noroziliklar qo'shilishi 
bilan birdaniga qo'zg'olon boshlanib ketadi».

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin