Neftning tarkibida har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan turli fraksiyalar mavjud
bo‘lganligi uchun uning qovushqoqligi suvning qovushqoqligidan bir necha martalab yuqori
bo‘ladi. Haroratning oshishi bilan neftning qovushqoqligi pasayadi.
Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi yer ustidagi neft qovushqoqligidan farq
qiladi. Qatlam sharoitida neft tarkibidagi erigan gazlar bosim va harorat ta’sirida suyuqlik
holatida bo‘lganligi uchun, neft tarkibidagi gaz miqdorining oshishi
va haroratning yuqoriligi
uning qovushqoqligini pasaytiradi.
Neft tarkibida smola-parafinlar miqdorining ko‘p bo‘lishi uning qovushqoqligining
oshishiga olib keladi. Agar yer qobig‘i chuqurligi bo‘yicha haroratning ko‘tarilib borishi hisobga
olinsa, qatlam sharoitidagi neft qovushqoqligi har doim yer usti nefti qovushqoqligidan kichik
bo‘ladi.
Qatlam sharoitlarda suv bilan tog‘ jinslari molekulalarning tortish kuchlari neft bilan tog‘
jinslari orasidagi tortish kuchlaridan katta bo‘ladi. Buning natijasida suv mayda kapillyar
g‘ovaklardan neftni kattaroq bo‘shliqlarga siqib chiqarib, uning o‘rnini egallaydi.
Neft bir xil
bo‘lmagan optik xossalarga ega. Neftni izlashda tog‘ jinslaridagi uning ko‘zga ko‘rinmaydigan
juda mayda izlari lyuminessent tahlil yordamida aniqlaniladi. Bu tahlil neftning ultrabinafsha
nurlar ta’siri ostida nur sochishiga – lyuminessentlanishiga (lotincha «lyuminesseno» - nur
sochuvchi) asoslangan. Bunda yengil neftlar jadallik bilan havo rang, og‘ir neftlar qo‘ng‘ir va
sariq qo‘ng‘ir rang sochadi.
Neftning sirt tarangligi o‘z sirtining o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatish kuchi bo‘lib, yuza
qatlam birlik maydoniga to‘g‘ri keladigan kuch orqali ifodalanadi. Yuza maydon birligiga to‘g‘ri
keladigan kuch
dina yoki Nyutonda o‘lchanadi va sirt taranglik birligi sifatida qabul qilinadi.
Neftning optik faolligi – bu neft va neft mahsulotlarining yorug‘lik nurlarini
polyarizatsiya yassiligida doimo o‘ng aylanishidir. Aylanish burchagi 0,1
0
dan
bir necha
gradusga boradi. Bundan tashqari neftlarning geologik yoshini o‘sishi bilan optik aylanish
kattaligi kichrayadi. Faqat organik qoldiqlardan hosil bo‘lgan moddalar optik faolikka ega.
Neft odatda tabiatda suyuq holatda uchraydi. Shuning uchun neftning qotishi va erishi
xususiyatlari mavjud. Ba’zi holatlarda haroratning ozgina pasayishi bilan neft quyuqlashadi. Bu
asosan neftni tarkibidagi qattiq parafin miqdoriga bog‘liq. Qanchalik parafin ko‘p bo‘lsa,
shunchalik uning qotishi oson bo‘ladi. Neftning qotishi va quyuqlashishi har xil tushunchalar
bo‘lib, uning quyuqlashuvi tarkibidagi yengil va harakatchan birikmalarning kamayishi va
yuqotilishi hisobiga bo‘lishi mumkin.
Neftning issiqlik beruvchanlik xususiyati deb 1 kg neftning to‘liq
oxirigacha yonganda
ajralib chiqadigan kalloriyadagi issiqlik miqdoriga aytiladi.
Neft va neft maxsulotlari doimo dielektrik hisoblanadi. YA’ni elektr tokini o‘tkazmaydi.
Shuning uchun neft maxsulotlaridan ishlab chiqarishda har xil izolyatorlar tayyorlashda
foydalaniladi.
Neftning molekulyar og‘irligi undagi fraksiyalarning o‘rtacha arifmetik molekulyar
og‘irliklari yig‘indisiga teng. Neftning o‘rta molekulyar og‘irligi 240-290 mol oraliqlarida
o‘zgaradi. Neft tarkibidagi smola moddalar miqdorining oshishi bilan uning molekulyar og‘irligi
ham ortishi mumkin.
Neft hajmining issiqlikdan kengayish xususiyatiga issiqlikdan kengayish koeffitsienti
deyiladi. Neftning molekulalari juda
murakkab tuzilganligi uchun, uning tarkibidagi
komponentlar miqdori o‘zgarishi bilan issiqligi kengayishi koeffitsienti ham o‘zgaradi. Neftning
tarkibida qattiq uglevodorodlarning bo‘lishi issiqlikdan kengayishi koeffitsienti va zichligining
haroratga bog‘liqligini egri chiziq bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Neft tarkibida erigan gazlar neft zichligi va qovushqoqligini pasaytiradi, siqiluvchanligi
va hajmiy koeffitsiyent qiymatini esa oshiradi. Shuning uchun neftning qatlam sharoitidagi fizik
xossalarini bilish uyumdagi neft va gaz zaxirasini to‘g‘ri
hisoblash, neft konlarini ishlatish
texnologik sxemalarini to‘g‘ri tanlash, uyumlarga ta’sir etishning samarali usullarini qo‘llash
orqali maksimal neft olishga erishish, neft va gazni qazib olish texnika va texnologiyalarini
to‘g‘ri tanlash kabilar uchun muhim axamiyatga ega.
Neft tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarning miqdori, zichligi va qovushqoqlik xususiyatlari
bilan bir qatorda reologik (“reologiya” –grekcha «reos»- oqim, «logos» -o‘rganish)
xususiyatlarga ham ega. Reologiya qovushqoq yoki plastik moddalarning oqish davrida
bo‘ladigan qaytmas deformatsiyasini o‘rganadi. Reologiya xossalariga ega bo‘lgan suyuqliklarni
nonyuton suyuqliklari deb ham yuritiladi. Nonyuton suyuqliklarining
qovushqoqligi harorat,
bosim va o‘rinma kuchga bog‘liq bo‘lib, tezlik gradientiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Neftning
yer osti sharoitida g‘ovaklik muhitida sizilishi Nonyuton qonuniga muvofiq ravishda chiziqli
o‘zgaradi. Nonyuton qonuniga asosan bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikka nisbatan siljishida
harakat tezligi gradiyenti o‘rinma kuchlanishning siljishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bunda
sizilish tezligi (υ) bosim gradiyenti (
gradP) ga bog‘liq bo‘lib, suyuqliklar harakat tezligi chiziqli
ko‘rinishda koordinata boshidan o‘tadi (4.2-rasm, 1-chiziq). Bu qonuniyatga bo‘ysingan barcha
suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi.
Nonyuton suyuqliklari uchun asosiy parametrlardan biri suyuqlik oqimini tavsiflovchi
dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Uning siljish kuchlanishiga bog‘liq ravishda
o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: