ular uchun qo‘shbog‘li bog‘lanish uzilgan joyda boshqa radikallar va bo‘sh
zanjirlar bilan
biriktirib olish reaksiyasi xosdir. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa
birikmalar hosil qiladi. To‘yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining
xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun to‘yinmagan uglevodorodlarni fraksiyalarga ajratish
350
0
S dan yuqorida vakuum sharoitlarida olib boriladi.
Neft va uni qayta ishlashdan olingan turli xildagi mahsulotlar xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlarida qo‘llaniladi. Qadimdan boshlab odamlar xom neftdan u yoki bu maqsad uchun
zarur bo‘lgan turli tarkibdagi moddalarni ajratib olishga intilganlar. Ba’zi bir manbalarga ko‘ra
rimlik vrach Kassiy Feliks birinchi marta neftni qayta haydashni amalga oshirgan.
1745 yilda arxangelsklik savdogar Fedor Pryadinov Uxtada dunyoda birinchi bo‘lib
neftni qayta haydash zavodini qurdirgan. Bu zavodda oddiy haydash yo‘li bilan xom neftdan
yorituvchi suyuqlik (kerosin) olingan. 1823 yilda aka-uka Dubininlar Kavkazda Mozdok qal’asi
yaqinida neftni haydash zavodini barpo etgan. Ular juda tiniq och rangli yorituvchi suyuqlik -
fotogen (grekcha «fotos» -rang, «genuao» -paydo qilaman, yarataman) oldilar, haydashdan keyin
qolgan suyuqlik suyuq, qora-iflos rangda bo‘lib, uni arabcha «makzulat» (qoldiq) deb atashgan.
Bu so‘z vaqt o‘tishi bilan «mazut» so‘ziga aylangan. Tiniq yorituvchi
suyuqlik keyinchalik
«kerosin» (inglizcha «kerozen» so‘zidan) degan nom olgan.
Neft haydalganda, avvalo foydalanilmagan va kerosindan ham yengil bo‘lgan fraksiyasi
(qismi) qolgan. Uning katta qismi atmosferaga, daryoga tashlangan, yoqilgan yoki maxsus yutib
ketuvchi quduqlarga to‘kilgan. Neftning eng yengil fraksiyasi «benzin» (arabcha «lyubenzavu» -
yonuvchi moddaning buzilib aytilishi) degan nom oldi. Deyarli yuz yil vaqt davomida tez yonib
ketuvchi benzin neftni qayta ishlashda chiqqan eng xavfli qoldiq deb hisoblangan.
Hozirgi vaqtda neft va tabiiy gazdan murakkab ko‘p pog‘onali qayta ishlash natijasida
juda ko‘p tarkibiy qismlar olinadi. Ko‘p pog‘onali bu jarayon neftni birlamchi qayta ishlashdan
boshlanadi. Birlamchi qayta ishlashda hom neft qatlam suvidan,
noorganik moddalar
aralashmasidan va boshqa qo‘shimchalardan tozalanadi. So‘ngra tozalangan neft zamonaviy
qurilmalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydaladi. Haydashning birinchi bosqichi atmosfera bosimi
sharoitida o‘tkaziladi. Neftni 250°S gacha qizdirganda, benzinli va ligroinli fraksiyalarga tegishli
uglevodorodlar qaynab tamom bo‘ladi. 250-315°S haroratda kerosin-gazoyilli fraksiyalar, 300-
350
0
S haroratda esa yog‘li (solyarli) fraksiyalar ajralib chiqadi. Qoldiq mahsulot sifatida mazut
qoladi.
Ko‘p vaqt mazut, neftni haydashdan chiqqan kerakmas cho‘kindi deb hisoblangan.
Keyinchalik undan yoqilg‘i sifatida foydalanila boshlandi. Mazutni esa yana haydash yo‘li bilan
undan
benzinli, kerosinli va yog‘li fraksiyalar olina bashlandi. Mazutdan yog‘li fraksiyalarni
ajratib olish uchun 400-500°S harorat kerak. Ammo bunday haroratda yog‘lar parchalana
boshlaydi. Buning oldini olish uchun mazut vakuum qurilmasida 8-18,6 kPa bosim ostida
haydaladi. Vakuum sharoitida suyuqliklar normal sharoitdagidan ancha past haroratda qaynaydi.
Vakuumda yog‘li fraksiyalarni ajratish uchun mazutni (yoki neftni) 300-400°S gacha isitish
yetarli. Natijada mazutdan yog‘lar ajrala boshlaydi. Qolgan qoldiq gudron
deyiladi. Gudrondagi
juda og‘ir yog‘lar erituvchilar yordamida olinadi, qoldiqni qayta ishlash orqali yo‘l
qurilishi
uchun va boshqa turdagi bitumlar olinadi. Neftni haydashda chiqqan og‘ir qoldiqlarni qayta
ishlash usullari kerosin, benzin va boshqa neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi bilan
takomillashib va rivojlanib bormoqda.
Oddiy haydash bilan olingan benzin miqdori unga bo‘lgan talabni qoniqtirmas edi.
Quduqdan olinadigan xom neftda benzinli fraksiyalar miqdori uncha ko‘p emas, o‘rtacha 10-
15% ni tashkil qiladi. Shuning uchun olimlar mazutdan qo‘shimcha benzin olishni tadqiqot
qildilar. Mazutning uglevodorod tarkibli qismini parchalab och rangli neft mahsulotlarini "termik
kreking" (inglizcha "kreking" - parchalash) usuli bilan benzin olish yo‘lga qo‘yilgan.
Neft birlamchi haydalgandan keyin qoldiq mazut atmosfera vakuum trubkasida qaytadan
haydaladi. Undan surkov moylari haydash usuli bilan olinadi. Qurilma texnologik sxemasi 4.1-
rasmda keltirilgan.
Yonilg‘ilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada ko‘tarish
maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, ya’ni ikkilamchi jarayonlar qo‘llaniladi.
Ular orasida
uglevodorodlarni parchalash - kreking jarayoni keng tarqalgan. Krekinglash jarayoni asosan, ikki
xil usulda: termik kreking – uglevodorodlarning yuqori haroratda parchalanishi va katalitik
kreking-katalizatorlar yordamida parchalash bilan amalga oshiriladi.
Neftni to‘g‘ri haydashda va krekingda hosil bo‘lgan kerosinli va boshqa fraksiyalarni
650-700°S va undan yuqori haroratda qayta ishlash piroliz (grekcha "piros" - olov, "lizis" -
parchalanish) deyiladi. Piroliz jarayoni atmosfera bosimida o‘tadi. Piroliz natijasida piroliz gazi,
shuningdek xushbo‘y (aromatik) uglevodorodlar (benzol, toluol va boshqalar) va smola qoldig‘i
olinadi. Hozirgi vaqtda piroliz gazsimon to‘yinmagan uglevodorodlarni, birinchi navbatda -
polimerlar uchun boshlang‘ich ashyo bo‘lgan etilenni,
shuningdek, propilen va atsetilenni olish
usuli hisoblanadi.
III
IV
V
VI
I
II
1
2
5
6
2
3
3
3
4
4
4
5-rasm. Neftni atmosfera bosimida haydash qurilmasi texnologik sxemasi.
1-bug‘lanuvchi tizma; 2-sovutgich-kondensator; 3-issiqlik almashtirgich; 4-sovutgich; 5-
pech; 6-atmosfera tizmasi. I-neft; II-yengil benzin fraksiyasi; III-og‘ir benzin fraksiyasi; IV-
kerosin fraksiyasi; V-dizel fraksiyasi; VI-mazut.
Odatda neft qazib olingandan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlanmaydi; dastlab u
ma’lum tayyorgarlikdan o‘tadi: suvsizlantiriladi va tuzsizlantiriladi.
Neft suv va tuzdan
tozalangandan so‘ng turg‘unlashtiriladi, ya’ni yengil propan-butan, qisman esa pentan fraksiyasi
haydash usuli bilan olinadi. Neftni haydab qayta ishlash boshlang‘ich (birinchi) bosqich
hisoblanadi. Qayta ishlashning ikkinchi bosqichiga (kreking, riforming, gidroforming va boshqa
jarayonlar kiradi), bunda og‘ir uglevodorodlar yengilroq uglevodorodlarga parchalanadi, olingan
neft mahsulotlari tozalanadi, so‘ngra ularning ekspluatatsion sifati yaxshilanadi, ya’ni ularga
turli xildagi qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Parafin turkumiga asosan suyuqlanish harorati 50-70
0
S bo‘lgan
40
19
H
C
dan
72
35
H
C
gacha bo‘lgan to‘yingan uglevodorodlar kiradi. Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan to‘yingan
qattiq yuqori uglevodorodlarning
76
37
H
C
-
108
53
H
C
tarkibli aralashmasi serezin deyiladi.
Kimyo sanoatida
parafinlar karbon kislota, sirt yoyuvchi vositalar hamda sirt-faol moddalarni
olishda ishlatiladi. Undan tashqari neftni qayta ishlashda bitum va neft koksi (eng og‘ir
fraksiyalaridan biri) qorakuyu (rezina sanoati uchun), muhim erutuvchilar-benzol va toluol
olinadi. Shu bilan birga neft mahsulotlaridan kimyo sanoatida turli xildagi moddalar olinmoqda.
Dostları ilə paylaş: