Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix31.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#66934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi


усти
ер
кат
V
V
b
.
/

 
bu yerda: 
кат
V
 – qatlam sharoitidagi neft hajmi, m
3


усти
ер
V
.
 
– gazsizlantirilgan va atmosfera sharoitidagi neft hajmi, m
3



Qatlam sharoitidagi neftning hajmiy koeffitsiyenti (b) qatlam sharoitida qanday hajmni 1 
m

gazsizlantirilgan neft egallashini ko‘rsatadi va har doim koeffitsiyent b

1 bo‘ladi. Ba’zi bir 
neftlar uchun b

3 bo‘ladi, masalan, Mamau koni (AQSH) nefti uchun b = 3,5. 
Hajmiy koeffitsiyent b dan foydalanib neft cho‘kishini, ya’ni qatlam nefti hajmining yer 
sirtiga chiqazilgandan so‘ng kamayishini foizlarda aniqlash mumkin. U holda neftning cho‘kishi 
quyidagicha hisoblanadi: 
100
1
b
b
U


Ba’zi hollarda neft cho‘kishi U yer sirtidagi neft hajmiga nisbatan quyidagi ifoda orqali 
hisoblanadi: 
U = (b - 1)·100% (5.5) 
Neft cho‘kishi 30-40% ni tashkil etadi, ayrim neftlar uchun 50% gacha yetadi. Neft 
hajmiy koeffitsiyenti eksperimental usullarda aniqlanadi. 
Neft barcha suyuqliklar kabi elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib tashqi bosim ta’sirida 
o‘zining hajmini o‘zgartiradi. Suyuqliklarning elastikligi ularning siqiluvchanlik (yoki hajmiy 
elastiklik) koeffitsiyenti bilan o‘lchanadi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 
p
V
V





1
0

(5.6) 
bu yerda: ΔV – neft hajmi o‘zgarishi; 
V – neftning boshlang‘ich hajmi; 
Δr – bosim o‘zgarishi. 
Siqiluvchanlik koefitsiyenti bosimning bir birlikga o‘zgarganida birlik neft hajmining 
nisbiy o‘zgarishini tavsiflaydi.
Siqiluvchanlik koeffitsiyenti qatlam nefti tarkibi, harorat va mutlaq bosim kabi omillarga 
bog‘liq. Tarkibida erigan gazlar bo‘lmagan neft past siqiluvchanlik koeffitsiyentiga 


= 4·10
-
10
÷ 7·10
-10
m
3
/N, ko‘p miqdorda erigan gazlar bo‘lgan yengil neftlar esa undan yuqori 
siqiluvchanlik koeffitsiyentlariga ega bo‘ladi. 
Neftning asosiy xossalaridan biri uglevodorod gazlarni o‘zida eritishi hisoblanadi. 1m
3
neftda 400 m
3
gacha yonuvchi gazlar erishi mumkin. Tabiiy gazning neftda eruvchanligi suvda 
eruvchanligidan taxminan 10 barobar ko‘p. Tabiiy uglevodorod gazlar o‘zining tarkibidagi 
metan va uning gomologlari bo‘yicha quruq va moyli gazlarga bo‘linadi. Quruq gaz tarkibida 
98,8% dan ko‘p metan, moyli gazda esa 50% gacha metan, propan, butan va yuqori 
uglevodorodlar bor. Moyli gaz quruq gazga nisbatan neftda yaxshi erish xususiyatiga ega. 
Masalan, 1kg distillangan suvda 20
0
S da 0,36 g pentan, 0,014 g normal oktan, 0,08 g 
siklogeksan, 1,865 g benzol eriydi. Metan qatoridagi qo‘yi uglevodorodlarning eruvchanligi 
aromatik uglevodorodlarning eruvchanligidan ancha past. Molekulyar massasining ortishi bilan 
uglevodorodlarning suvda eruvchanligi kamayadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar normal 
sharoitlarda suvda umuman erimaydi. Neft suvda erimaydi, lekin suv bilan birgalikda harakati 
davomida «suvda-neft» va «neftda-suv» ko‘rinishlarida emulsiyalar hosil qiladi.
Neft xossalaridan biri uning qovushqoqligidir. Neftni qazib olishda va transport qilishda 
uning qovushqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Neftning dinamik va kinematik qovushqoqligi 
farq qilinadi. Kinematik qovushqoqlik deb dinamik qovushqoqlikning muhit zichligiga nisbatiga 
aytiladi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik birligi – m
2
/s. Suyuqlikdagi ayrim 
zarrachalarning umumiy oqim harakatiga ichki qarshiligi (ishqalanishi) dinamik qovushqoqlik 
deyiladi. Dinamik qovushqoqlik birligi SI sistemasida - Pa.s. Yengil neftlarning qovushqoqligi 
og‘ir neftlarning qovushqoqligidan kichik. Shu sababli og‘ir neftlarni qazib olishda va quvurlar 
orqali transport qilishda ularni isitish kerak bo‘ladi. Og‘ir neft 80-100
0
S gacha isitilganda uning 
qovushqoqligi yengil neftlar qovushqoqligiga yaqinlashadi. Tabiiy gazlarning dinamik 


qovushqoqligi juda kichik, haroratning oshishi bilan u ortib boradi, bu esa gaz molekulalarining 
harakat tezligining oshishi va molekulalarning o‘zaro to‘qnashuvlari sonining ko‘payishi bilan 
tushintiriladi. Bir xil haroratda bosimning oshishi ham gaz qovushqoqligini oshiradi. Bu holda 
molekulalar orasidagi masofa kamayadi, o‘zaro tuqnashuvlar soni ortadi. 
Qovushqoqlik suyuqlik harakatlanganda uning zarrachalarining bir-biriga qarshilik 
ko‘rsatishidir. Quvurdagi suyuqlikning lominar harakatida zarrachalar o‘lchami qalinligida 
alohida suyuqlik qatlamlarining tezliklari bir xil emas, ya’ni suyuqlik qatlami quvur devorida 
minimal tezlikda o‘rtasida esa maksimal qiymatlarda harakatlanadi. Suyuqlikning (shuningdek 
neftning) harakati aloxida qatlamlar shaklida sodir bo‘lib, har xil tezliklarda harakatlanadi. 
Ustma ust yoki yondosh joylashgan va bir biriga taqalgan suyuqlikning ikkita qatlami harakati 
davomida ularning tezliklari har xilligi tufayli nisbiy harakat yuzaga keladi va natijada ichki 
ishqalanish kuchi paydo bo‘ladi. Bu ishqalanish kuchining paydo bo‘lishiga asosiy sabab 
suyuqlikning qovushqoqligi hisoblanadi.
Suyuqlik bir qatlamini ikkinchisiga nisbatan siljitish zarur bo‘lgan R kuch siljiyotgan ikki 
qatlam tutash yuzalariga to‘g‘ri proporsional qatlamlar oralig‘idagi masofaga esa teskari 
proporsionaldir: 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin