Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix31.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#66934
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi

dy
d





(5.10) 
bu yerda:

- o‘rinma kuchlanish siljishi; 
dy
d

- oqim yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tezlik gradiyenti. 
Neft konlarini ishlatish davomida Nonyuton to‘g‘ri chiziqli ishqalanish qonuni buziladi. 
Bunday holatlarda sizilish tezligi bosim gradiyenti tezligiga bog‘liqligi grafigi koordinata 
boshidan o‘tib, gradiyent o‘qiga botiq holda bo‘ladi (5.2-rasm, 2-chiziq), suyuqliklar esa tuzilma 
- mexanik xossalarga ega va nonyuton (qovushqoq -plastik) deyiladi. 
5.2-rasm. Nyuton va nonyuton suyuqliklari bosim gradiyentining sizilish tezligiga 
bog‘liqligi. 1-dilatant; 2-nonyuton chizig‘i; 3-nonyuton (psevdoplastik). 
G‘ovak muhitlarda neft (suyuqlik) sizilishida chegaraviy (boshlang‘ich) bosim gradiyenti 
nonyuton suyuqliklar uchun asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Chegaraviy bosim gradiyenti oshishi 
bilan g‘ovak tog‘ jinslarida neftning harakati boshlanadi. 
G‘ovak muhitlarda nonyuton suyuqliklari sizilishi quyidagi formula orqali ifodalanadi: 









G
dr
dp
k
/


(5.11) 
bu yerda: μ
/
- neftning tuzilma qovushqoqligi;
dr
dp
- bosim gradiyenti; 
G – boshlang‘ich bosim gradiyenti. 


Neftning tuzilmali qovushqoqligi o‘zgarganda suyuqliklarning nonyuton xossalari 
tuzilma- mexanik xossalarga ega bo‘ladi. 
Qatlam sharoitidagi neft katta bosim gradiyentida tuzilmali-mexanik xossalarga ega 
bo‘lib, kapillyar kanallarda va g‘ovak muhitlarda harakati davomida uning bu xossalari 
o‘zgarmaydi. Bosim gradiyentining oshishi bilan tuzilma buzila boshlaydi va aniq chegaraviy 
gradiyent kattaligiga yetib borganda, tuzilma to‘liq buziladi va suyuqlik (neft) nyuton suyuqligi 
kabi harakatlana boshlaydi. 
Suyuqliklarning sizilishida, asosan kichik tezliklarda quduq tubidan uzoqlashganda
nonyuton xossalarning paydo bo‘lishi kuzatilmagan. Qatlam sharoitidagi neftda nonyuton 
xossalarning nomayon bo‘lishi, uning tarkibida asfalt-smola-parafin moddalar miqdorining 
oshishi bilan bog‘liq. Masalan, qatlam neftining g‘ovak muhitlarga kirib borishi va uning boshqa 
suyuqliklar bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta’siri natijasida, nonyuton xossalar paydo bo‘ladi. 
Nonyuton (qovushqoq plastik) suyuqlikli konlarni ishlatish geologik-texnik tadbirlarni
quduqlarni tadqiqot qilish, neftni tayyorlash va tashish jarayonlaridagi ko‘pgina mushkulotlarga 
bog‘liq. Neftning nonyuton xossasi uni qizdirganda va sizilish tezligini oshirganda yo‘qoladi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin