103
II BOB. MENEJMENTNI TASHKIL ETISH
2.1. Tashkil etish nazariyasi va menejmentda tashkiliy munosabatlar
Tashkil etish nazariyasi boshqaruv tо‘g‘risidagi fanning yetakchi olimlari
guruhi tomonidan yaratilgan. Boshqaruv funksiyasi sifatida tashkil etishning asosiy
xususiyati va mohiyati - unsurlarni (insonlar, narsalar, g‘oyalarni) yaxlit tizimga
birlashtirishdn iborat. «Tashkil etish - deb yozgan edi P.M.Kerjensev, - insonlarni
muayyan ishni bajarish uchun birlashtirishni anglatadi. Birlashtirishning о‘zini biz
«tashkil etish» deb atashimiz mumkin. Ishlab chiqarishga nisbatan tashkil etish
«barcha ishlab chiqarish unsurlari - ishchi kuchi, mehnat qurollari va buyumlarini
vaqtga kо‘ra va makonda oqilona uyg‘unlashtirishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar
tizimi» sifatida tushuniladi.
«Tashkil etish» tushunchasining yuqorida keltirilgan ta’riflari, uning ayrim
muhim qismlari va funksional maqsadini ajratgan holda, ayni paytda
birlashtirilayotgan qismlarning tizimli yaxlitligiga erishish mexanizmlari haqida
tо‘liq tasavvurga ega bо‘lish imkonini bermaydi. P.M.Kerjensev tashkil etishda
yettita asosiy qismni ajratadi: tashkil etishning maqsadi, turlari, usullari, insonlar,
moddiy vositalar, vaqt, ishni nazorat qilish va hisobga olish.
Yuqorida aytilganlar “tashkil etish” tushunchasining asosiy qismlari haqida
xulosa qilish imkonini beradi. Bu - muayyan vazifalar yoki kichik maqsadlarga
ajratilgan maqsad; zarur tarkibiy qismlarni yaxlit tizimga birlashtirish
mexanizmlari; ishlab chiqilgan va bu uchun belgilangan tartib, izchillik,
davomiylik, muddatlar, makon koordinatalari, harakatlar sohasi yoki chegaralari,
usullar, butun bо‘laklarining zarur harakatlarini va birgalikdagi harakatlarini
amalga oshirish uchun resursga bо‘lgan ehtiyoj.
«Tashkil etish» tushunchasiga uning yuqorida sanab о‘tilgan qismlarning
kiritilishi uni ancha keng ma’noda ifodalash imkonini beradi. Tashkil etish -
muayyan sharoitda ma’lum muddatlarda oldinga qо‘yilgan maqsadlarga yetish,
buning uchun maxsus tatangan usullar va belgilangan vositalar yordamida
resurslarni eng kam sarflagan holda erishish uchun tizim sifatida butun
104
bо‘laklarining maqsadli, о‘zaro bо‘ysungan hamda vaktga kо‘ra va makonda
muvofiqlashtirilgan о‘zaro hamkorligi izchilligini belgilash jarayonidir.
«Tashkil etish» tushunchasi, odatda, insonlar faoliyatining ikkita о‘zaro
bog‘liq tomoniga nisbatan. ya’ni ishlab chiqarish faoliyatining mazmuniga va uni
boshqarishga nisbatan yoki, ikkinchi tomondan, uning boshqariladigan va
boshqaruvchi kichik tizimlariga nisbatan qо‘llaniladi. Bunda farq shundan iboratki,
ishlab chiqarish faoliyatining mazmunini kо‘rib chiqishda vositalar deganda
mehnat buyumlargs, qurollari va ijrochilar, boshqaruvda esa vositapar deganda,
mazkur sohada yuz;aga kelgan terminologiyaga kо‘ra - axborot, orgtexnika,
hisoblash texnikasi va boshqaruv personali gushuniladi.
«Tashkil etish» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar mavjud bо‘lishining
uchta davriy holati - shakllanish, faoliyat kо‘rsatish va rivojlanishga nisbatan ham
qо‘llaniladi. Boshqa sо‘z bilan aytganda, hayot faoliyatini tashkil etish, uni
belgilangan darajada saqlab turish va progressiv о‘zgartirish bilan bog‘liq.
Muayyan tizim deganda nima tushunilishiga qarab, tashkil etishning mohiyatini
belgilab beruvchi xususiyatlar saqlanib qolingan holda, uning funksional roli
о‘zgaradi.
Boshqaruv nazariyasida “tashkiliy munosabat” tushunchasiga alohida о‘rin
berilgan, chunki aynan u tizimlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Falsafiy
adabiyotlarda munosabat “muayyan tizim qismlarining о‘zaro bog‘liqligi” sifatida
tushuniladi. Undan farqli о‘laroq, «aloqa - makonda va (yoki) vaqtga kо‘ra
bо‘lingan hodisalar mavjud bо‘lishining о‘zaro bog‘liqligi». Munosabat -
aloqaning sifat jihatdan boshqa turi. Aloqa о‘zaro ta’sirdan dalolat beradi.
Mashhur faylasuf B.I.Sviderskiy, ushbu tushunchalarga nisbatan kо‘p sonli
qarashlarni umumlashtirgan holda, munosabatlarning tushuncha sifatidagi о‘ta
muhim xususiyatini ta’kidlaydi: «Munosabat obyektlarning xususan ushbu
jarayonlar asosida emas, balki yanada umumiy jarayonlar, xususiyatlar, aloqalar va
munosabatlar asosida yuzaga keladigan bilvosita bog‘liqligi yoki о‘zaro
bog‘liqligidan darak beradi». Insonlar о‘rtasidagi birgalikdagi faoliyat jarayonida
105
yuzaga keladigan munosabatlar uchun ushbu о‘zaro bog‘liqlikning asosi sifatida
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi ishtirok etadi.
Munosabat mohiyatining asosiy qismi - bu uning tarkibiy kismlari (insonlar)
о‘rtasidagi bog‘liqlik va ushbu bog‘liqlikning muayyan obyektiv asosi
mavjudligidir.
Tashkiliy munosabatning tarkibiy qismlarini aniqlash ushbu tushunchaning
mazmunini ochib berishning eng muhim metodologik qoidasi hisoblanadi. Har
qanday ijtimoiy munosabat, birinchi navbatda, taraflarning nisbati, bunda taraflar
sifatida turli subyektlar, xususan alohida ijrochilar yoki boshqaruv organlari
ishtirok etadi. Jamiyatning iqtisodiy tizimida boshqaruv subyektlari turli toifadagi
boshqaruv xodimlari va boshqaruv organlari bilan namoyon etilgan.
Subyektlar о‘rtasidagi bog‘liqlik “tashkiliy munosabat” tushunchasi
mazmunining asosiy qismi hisoblanadi, u subyektlarni yagona maqsadni amalga
oshirish va dinamik uyg‘unlashtirilgan о‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun
birlashtirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Mazkur bog‘liqlik turli usullar bilan
amalga oshirilishi mumkin, boshqacha aytganda, tashkiliy munosabat о‘zaro
hamkorlik qiluvchi subyektlarning birligini ta’minlash mexanizmi, usullarning
muayyan yig‘indisi yordamida shakllanadi.
Xо‘jalik yuritishning bozor, iqtisodiy usuliga о‘tish birgalikdagi faoliyat
subyektlarining real iqtisodiy manfaatlarini hisobga olish asosida ular о‘zaro
hamkorligining uyg‘unligini ta’minlash imkonini beradi. Shuning uchun tashkiliy
munosabatlar subyektlari bog‘liqligining ikkinchi turi asos sifatida iqtisodiy
mazmunga ega bо‘lib, turli xildagi iqtisodiy usullar yordamida amalga oshiriladi.
Biroq, birgalikdagi faoliyat natijalari uchun taraflarning iqtisodiy javobgarligi
ularning uyg‘unlashgan tarzda maqsadli ishlashining kafolati bо‘lib xizmat qila
olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy tizim mustaqil ishlovchi bо‘g‘inlarining
yagonaligini samarali ta’minlovchi mexanizm, birinchi navbatda, demokratik
asosda yaratilishi, birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini
va ahloqiy-ruhiy jihatlarini hisobga olishi, ya’ni kompleks bо‘lishi lozim.
106
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi.
Kо‘pchilik kishilar о‘zlarining butun ongli hayotlari davomida о‘zlari a’zosi
bо‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan
bog‘langandirlar.
Ammo tashkilotning о‘zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy
alomatlar xosdir?
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun
birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga
javob berishi kerak:
- juda bо‘lmaganda, о‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan
ikkita shaxsni mavjud bо‘lishi;
- juda bо‘lmaganda guruhning barcha a’zolari о‘zlari uchun umumiy deb
qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bо‘lishi;
- maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh
a’zolarini mavjud bо‘lishi.
Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki,
har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u
amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bо‘lgan maqsadlar va tashkilot
salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir
ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni
oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot
uchta jarayonni amalga oshiradi:
- tashqi muhitdan resurslarni olish;
- mahsulotni ishlab chiqarish;
- uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga,
tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular о‘rtasidagi ma’lum muvozanatni
ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
107
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish
bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u о‘z
maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va hara- katga keltiruvchi
muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini о‘ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki
muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bо‘lganda,
uni о‘zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda о‘tayotgan vazifaviy jarayonlarga
rahbarlikni amalga oshiradi.
Gap shundaki, har qanday tashkilotning faoliyati kо‘p sonli har xil
jarayonlar
va
jarayonchalardan
tashkil
topadi.
Bunda
jarayonlar
va
jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish
bо‘yicha ishning alohida turi sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan
mustaqil uchastkalari bо‘lib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obyektiv
xarakterga ega bо‘lgan jarayon sifatida ajralib turadilar.
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri CH.Bernardning
fikriga kо‘ra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida о‘zaro
hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos bо‘lgan jismoniy va biologik
cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini tо‘ldiradilar, о‘z
qobiliyatlarning vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda
kuchli kiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy tо‘da bо‘lgan, tashkilot
birlashmasdan odamzotni yashab qolishi va sivilizatsiyani yaratishi mumkin
bо‘lmagan.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan
Dostları ilə paylaş: |