128
Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan
masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi
mumkin emas.
Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning ma’lum
soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar)
uning majburiyati bо‘yicha javob bermaydilar va о‘zlariga tegishli bо‘lgan
aksiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘lik zarar kо‘rish xatariga
egalar.
Aksiyalarga tо‘liq haq tо‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining
majburiyatlari bо‘yicha о‘zlariga tegishli bо‘lgan aksiyalarning haq tо‘lanmagan
qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat
aksiyadorlik ekanligining
kо‘rsatilishiga ega bо‘lishi kerak.
Ishtirokchilari о‘zlariga tegishli bо‘lgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning
roziligisiz tortib olishlari mumkin bо‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat о‘zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq
obunani о‘tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan
belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin.
Aqsiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyador-
larining umumiy majlisidan iboratdir.
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar
kiradilar:
- jamiyat nizomini о‘zgartirish , shu jumladan
uning nizom sarmoyasini
о‘zgartirish ;
- aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direk-torlar
kengashi (kuzatuv kengashi) a’zolarini va jamiyatning taftish komissiyasi
(taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
- jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va ,
agar jamiyat nizomi
tomonidan bu masalalarni yechish direktorlar kengashi ( kuzatuv kengashi) ning
129
huquq doirasiga kiritilmagan bо‘lsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin
tugatish;
- jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar
hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash;
- jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy
majlisning favqulotida huquq doirasiga yana boshqa
masalalarni hal qilish ham
kiradi. Qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq
doirasiga tegishli bо‘lgan masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun
topshirilishi mumkin emas .
Dostları ilə paylaş: