133
xizmat faoliyatini belgilab beruvchi ishonch va kutishlar murakkab tizimi
tushuniladi.
Tashkilot xodimlari о‘z xatti-harakati va faoliyatida amal qiladigan
bazaviy
mо‘ljallar - bu ular tomonidan о‘z
jamoasini, undagi munosabatlarni, ish
kо‘lamini, о‘zining tashkilotdagi maqomini kо‘rish va tushunishning о‘ziga
xosligi, shuningdek ular tomonidan hayotiy yо‘nalishlar zarur tizimining ishlab
chiqilishi imkonini beruvchi baholash mulohazalaridir.
Qadrlash yо‘nalishlari xodimlarni turli ish vaziyatlarida muayyan tarzda
yо‘naltirgan holda ularning tashkilotdagi xatti-harakati yо‘nalishi va xususiyatini
belgilab beradi.
Ishonch va kutishlar, xodimlar xatti-harakati normalari о‘zaro uzviy
bog‘langan, chunki, agar xatti-harakat normalariga amal qilinsa, ular xodimlar
ishonchi va kutishlarining qondirilishini kafolatlaydi.
Shunday qilib, tashkiliy madaniyatning eng muhim qismlari sifatida bazaviy
mо‘ljallar va xodimlarning tashkilotga kirishi chog‘ida
ular tomonidan qabul
qilinadigan, xodimlar xatti-harakati va faoliyatining yо‘nalishlari belgilab bergan
holda, tashkilot tomonidan ifodalanadigan missiyada о‘z ifodasini topuvchi
qadrlash yо‘nalishlari ishtirok etadi. Qadrlash yо‘nalishlarining о‘zi esa
xodimlarga firmaning tarixi, uning yutuqlari va ishda о‘zini kо‘rsatgan
xodimlarning muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy madaniyatning barcha uchta darajasini tahlil qilishga nisbatan
bunday yondashuv chog‘ida uning sust rivojlanishi
sabablarini aniqlash va uni
yangi tamoyillar asosida takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirish mumkin.
Shuningdek, tashkilotning subyektiv va obyektiv madaniyatini farqlash lozim.
Tashkilotning subyektiv madaniyati xodimlar tomonidan ajratiladigan xatti-
harakat namunalari, ularning tashkilot faoliyati bilan bog‘liq ishonch va
kutishlarini, shuningdek tashkilot tashqi muhitining qadriyatlari va normalarini
guruh bо‘lib qabul qilishni о‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, tashkilotning
subyektiv madaniyati umuman, boshqaruv
madaniyatini, ya’ni rahbarlik uslublarini shakllantirish va rahbarlar tomonidan
134
muammolarning hal etilishi, shuningdek ularning xatti-harakati asosi bо‘lib
ishtirok etadi. Bu tashkilotlar faoliyatining yakuniy natijasiga bevosita ta’sir
kо‘rsatadi, chunki kо‘plab firmalar tomonidan “Mijozga xizmat kо‘rsatish sifati
hamma narsadan ustun” shiori qо‘llanilganda, ular
ichidan rahbarlari har doim
ushbu masalani о‘z diqqat markazida ushlab turganlarigina, natijaga erishadi.
Tashkilotning obyektiv madaniyati tashkilot tomonidan yaratiladigan,
binolar, ularning joylashgan о‘rni va dizayni, jihozlar va mebel, kenglik hajmi va
rangining nisbati, xodimlar dam olishi uchun qulaylik va ularni oziq-ovqat,
tovarlar, mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashni о‘z ichiga oluvchi jismoniy
muhit bilan tavsiflanadi. Ushbu tarkibiy qismlar tо‘plami mazkur tashkilot amal
qiladigan qadriyatlarni aks ettiradi. Tashkilotning subyektiv madaniyati, shu tariqa,
firmaning
qadriyatlari bilan birga, uning falsafasini shakllantiradi, obyektiv
madaniyat esa ularni makonda va vaqtga kо‘ra moddiylashtiradi. Umuman
olganda, ular boshqaruv madaniyatining organik qismlari sifatida ishtirok etgan
holda, bir-birining rivojlanishini belgilab beradi.
Tashkiliy madaniyatning
mazmunini uning quyidagi о‘nta asosiy parametrini ajratish orqali kо‘rib chiqish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: