135
xatti-harakatining ish uslubi, ular tomonidan qо‘llaniladigan upa-elik (kosmetika)
va soch turmaklari turli tashkilot madaniyatlari mavjudligini tasdiqlaydi.
4.
Ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi odat va an’analar. Firma ichida
yoki uning tashqarisida xodimlarning ovqatlanishini tashkil etish, ovqatlanish
uchun dotatsiyalar mavjudligi yoki yо‘qligi, ovqatlanishning
qancha vaqtga
chо‘zilishi, rahbarlar va qо‘l ostidagilarning birgalikda yoki alohida ovqatlanishi
va hokazolar tashkilot о‘z xodimlari tо‘g‘risida qanchalik qayg‘urishi va unda
qanaqa muhit va rahbarlik uslubi ustunlik qilishi belgilari hisoblanadi.
5.
Xodimlarning vaqtni anglashi, vaqtga bо‘lgan munosabati va vaqtdan
foydalanishi ularning aniqlik, majburiylik, puxtalik darajasida, shuningdek о‘z ish
vaqtini qadrlay bilishi va uni о‘ta oqilona foydalana olishida namoyon bо‘ladi, bu
yuqori yoki past tashkiliy madaniyatdan dalolat beradi.
6.
Ayniqsa, turli yosh guruhlari va turli lavozim, tajriba, millat,
diniy
e’tiqod xodimlari о‘rtasida yaqqol namoyon bо‘ladigan
insonlar о‘rtasidagi о‘zaro
munosabatlar ular о‘rtasida umumiylik va ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash ruhi
mavjudligidan yoki raqiblik, chaqimchilik, о‘zaro yoqtirmaslik va hokazolardan
dalolat beradi.
7.
Xodimlarni о‘zlari ishlayotgan tashkilot nuqtai nazaridan nima yaxshi-
yu, nima yomonligini tо‘g‘ri tushunishga yо‘naltiruvchi
qadriyatlar, shuningdek
muayyan turdagi xatti-harakatga nisbatan taxminlar va kutishlar tо‘plamini о‘zida
namoyon etuvchi
normalar xodimlarda tashkiliy
madaniyatni rivojlantirish
dasturining mavjudligidan yoki ushbu ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan dalolat
beradi, bu albatta uni ahloqiy va kasbiy inqirozga olib keladi.
8.
Xodimlarning
nimagadir
bо‘lgan
ishonchi
va
munosabati
(rahbariyatga, muvaffaqiyatga, о‘z kuchiga, о‘zaro yordamga, odobli xatti-
harakatga ishonish, hamkasblarga, mijozlarga va raqobatchilarga bо‘lgan
munosabat), shuningdek bularning barchasiga din va axloqning ta’siri
tashkiliy
madaniyatning о‘ta muhim tavsifi hisoblanadi va uning rivojlanganlik darajasini
kо‘rsatadi.
9.
Ushbu jarayonlarga nisbatan yondashuvlarda va ular ahamiyatining
136
menejerlar va ijrochilar tomonidan baholanishida, о‘qitish tamoyillari va
shakllarida hamda о‘qitishning mehnat natijalari va mehnat motivatsiyasi bilan
bog‘liqligida namoyon bо‘ladigan
xodimlarni rivojlantirish va о‘qitish,
firmalarning ijodkorlikni va tashkiliy madaniyatning
salohiyatini rivojlantirish
orqali innovatsion faoliyatga yо‘naltirilganligidan yoki ularning izdan chiqishi
holatidan dalolat beradi.
10. Xodimlarning ishga, uning sifati va bajarilishi bahosiga bо‘lgan
munosabatida, xizmat bо‘yicha kо‘tarilishda namoyon bо‘ladigan mehnat odob-
ahloqi va motivatsiyasi tashkiliy madaniyatni shakllantirish tamoyillari va uning
rivojlanish yо‘nalishlarini yaqqol kо‘rsatadi.
Tashkilotning tashqi muhitini u uchun tahdidlar manbai sifatida ham,
imkoniyatlar manbai sifatida ham qabul qilish mumkin.
Tashqi muhitning tashkilotga va uning madaniyatiga salbiy ta’sirlari
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi barqarorlikning mavjud emasligi;
jamiyat hayotining iqtisodiy va boshqa sohalarining kriminallashuv jarayoni;
qonunchilik bazasining
takomillashmaganligi, shuningdek asosiy davlat va
jamiyat
institutlari
huquqiy
madaniyatining
pastligi
tufayli
huquqiy-
qonuniylikning mavjud emasligi;
ekologik inqiroz sharoitida kuchayib borayotgan millat depopulyatsiyasi
jarayonlari;
bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining yashashini ta’minlovchi asosiy
institutlarning rivojlanmaganligi yoki sust rivojlanganligi.
Tashqi muhitning ijobiy ta’sirlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
yuqori malakali, о‘ta arzon ishchi kuchi sonining yetarlicha mavjudligi;
respublika ilmiy va о‘quv markazlarida joriy etilishini kutib turgan kо‘p soni
intellektual ishlanmalarning mavjudligi;
butun tranzit infratuzilmasi va uni ta’minlovchi xizmatlarning
rivojlanmaganligi;
yevro mintaqaning
erkin iqtisodiy zonalarida, biznes-inkubatorlarda va
137
texnoparklarda biznesni boshlash imkoniyati;
firmaning diversifikatsiya qilingan faoliyatini ijtimoiy ahamiyatga molik
sohalarda amalga oshirish imkoniyati - ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari,
tovarlar va xizmatlar;
oliy о‘quv yurtlarida arzon va yetarli darajada sifatli ta’limning mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: