130
payli badallarini birlash- tirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab
chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik
shaxslarni ham ishtiroq etishi kо‘zda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi
tijorat tashkiloti bо‘ladi.
Kooperativning firma nomi uning nomi va “ishlab chiqarish kooperativi”
yoki “arteli” sо‘ziga ega bо‘lishi kerak.
Kooperativning ta’sis hujjati uning a’zolari umumiy majlisi tomonidan
tasdiqlangan nizomidan iborat bо‘ladi.
Kooperativ a’zolarining soni beshtadan kam bо‘lmasligi kerak.
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a’zolarining umumiy
majlisidan iborat bо‘ladi.
Ellik nafardan ortiq a’zosiga ega kooperativda
i
kuzatuv
kengashi tashkil
qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Boshqaruv va(yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bо‘ladilar.
Ular kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv
kengashi va kooperativ a’zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar.
Faqat
kooperativ
a’zolari kooperativning kuzatuv kengashi va
boshqaruvining a’zolari, hamda kooperativ raisi bо‘lishlari mumkin. Kooperativ
a’zosi bir vaqtda kuzatuv kengashi a’zosi va boshqaruv a’zosi yoki kooperativ raisi
bо‘lishi mumkin emas.
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan
qarorlarni qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab
beriladi.
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi
qonun va kooperativ nizomi
tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni
hal qilish ham kiritilishi mumkin.
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq
doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal
qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
131
Kooperativ a’zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta
ovozga ega bо‘ladi.
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki bо‘lgan va
korxonaga xо‘jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida
tegishli bо‘lgan, о‘ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bо‘lmagan
tijorat tashkiloti tan olinadi.
Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini kо‘rsatilishiga ega
bо‘lishi kerak.
Unitar korxonaning idorasi uning rahbari bо‘ladi,
u mulk egasi yoki unga
vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi.
Unitar korxona о‘zining majburiyatlari bо‘yicha о‘ziga tegishli bо‘lgan
barcha mulki bilan javob beradi va о‘zining mulk egasining majburiyatlari
bо‘yicha javobgarlikka ega bо‘lmaydi.
Xо‘jalik faoliyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxona buning
uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy о‘zini о‘zi boshqarish
idorasining qarori bо‘yicha tashkil qilinadi. Korxonaning ta’sis hujjati uning mulk
egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir.
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona (davlatga qarashli
korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq О‘zbekiston
Respublikasi huqumatining qarori bо‘yicha tashkil qilinadi. Davlatga qarashli
korxonaning ta’sis hujjati uning О‘zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan
tasdiqlangan nizomdan iborat bо‘ladi.
Franchayz korxona. Bu о‘z faoliyatini tovarlar ishlab chiqaruvchisi yoki
qandaydir turdagi xizmatlar tashabbuskori hisoblangan «franchayzer» deb
nomlanuvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) shartlari asosida amalga
oshiradigan «franchayz» deb nomlanuvchi alohida savdo korxonasi. Birgalikdagi
faoliyat bо‘yicha sheriklarga franchayzer faoliyat zonasini, iste’molchilarni
tanlashda yordam beradi va savdo tarmog‘ini joylashtirish, reklama ishini yuritish,
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yuzasidan tavsiyalar beradi. Bu tizimga
kiruvchi savdo korxonalarining marketing va tovarlarni sotish bilan bog‘liq
132
xizmatlarni kо‘rsatish borasidagi barcha harakatlarini
bir xillashtirish va
standartlashtirishga yordam beradi. Franchayzer rejalashtirish va boshqarish,
shuningdek savdo operatsiyalarini yuritish yuzasidan maslahat beradi. U
franchayzing bо‘yicha sheriklarga moliyaviy yordam kо‘rsatadi.
Savdo korxonasining faqat franchayzer bilan yoki uning texnologiyasi
bо‘yicha ish yuritish majburiyati franchayzingning muhim sharti hisoblanadi.
Ushbu shaklning afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: yirik ixtisoslashgan
firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarning yuqori sifatini ta’minlash
imkoniyati; tovarlar va xizmatlarning standartlashtirilishi;
past narxlar; bozor
talablarining imkon qadar hisobga olinishi. Kamchiligi quyidagilardan iborat:
franchayzning о‘z faoliyatida, xususan, foydalaniladigan texnologiyani olishda
cheklanganligi, kichik kontraktlarning rad etilishi, mayda
firmalar va tadbirkorlar
mustaqilligining cheklanishi. Franchayz shakliga «Makdonalds», «Koka-kola»
kabi firmalarning jahon bozorlaridagi faoliyati misol bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: