Yakkaboshchilik asosida egalik qilish xо‘jalik yuritish shakli sifatida yuridik
shaxsni tashkil etmagan holda, xususiy korxona kо‘rinishida amalga oshirilishi
mumkin (yakka tartibdagi mehnat faoliyati). Bunday biznes mulkdorlari uning
rahbarlari hisoblanib, barcha daromadni о‘zlariga oladilar hamda biznes bilan
shug‘ullanish harajatlari va tavakkalchiligini о‘z zimmalariga olishadi. Xususiy
tadbirkorlar faoliyatining eng keng tarqalgan sohalariga quyidagilar kiradi: savdo,
umumiy ovqatlanish, tibbiyot, maishiy xizmatlar, maishiy texnikani ta’mirlash,
maslahat xizmatlari va h.k. Biznesning ushbu shakli bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda ham, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham keng
tarqalgan. Kichik biznesning asosiy ustunligi - uning ixchamligi va tezkorligi, kam
kapital talab qilishi va aholi uchun (tashkil etish nuqtai nazaridan) qulayligi.
Xо‘jalik shirkati - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyatining turli
sohalaridagi ixtiyoriy asoslarda rasmiylashtirilgan hamkorligi. Shirkat ikki yoki bir
necha tijorat maqsadlarini hal etish uchun say-harakatlarni kooperatsiyalash
zarurligi natijasida yuzaga keladi, u shirkatga kiruvchi shaxslardan har birining
shaxsan ishtirokiga asoslangan. Shirkatning ustavi unga kiruvchi a’zolarning
mulkiy javobgarligi darajasini belgilab beradi.
Mulkchilik shakllari bо‘yicha tashkilotlar odatda xususiy, davlat, oilaviy va
h.k. bо‘linadilar.
Foydaga munosabat bо‘yicha korxonalar tijorat va notijoratlarga
bо‘linadilar. Birinchilar о‘z faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni
mо‘ljallaydilar, ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar
о‘rtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik faoliyatini, agar
124
ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa, va ushbu maqsadga mos
kelsa, amalga oshirishlari mumkin.
Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish bо‘yicha tashkilotlar
tо‘rtta turga bо‘linadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi о‘zining о‘rni
bо‘yicha bir turdagi bо‘lgan bir necha sohalar kiradi:
- xom ashyoni olish bilan shug‘ullanuvchi birlamchi davra sohalari о‘z
ichiga qishloq va о‘rmon xо‘jaligi, kо‘mir sanoati va h.k.oladi;
- ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan,
mashinasozlik, matallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.korxonalari va
tashkilotlari kiradi;
- uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi
sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zurur xizmatlarni kо‘rsatuvchilar
kiradilar. Bular banklar, sug‘urta kompaniyalari, ta’lim muassasalari, turistik
vakilliklar,chakana savdo va boshqalardir.
- inson faoliyatining ilg‘or va tez rivojlanayotgan sohasi axborot
texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu turtinchi davra
sohasidir.Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va
salohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda
axborotlarning roli о‘sgani kabi, tez о‘smokda.
Tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy
huquqiy shakllar kuyidagilar: unitar korxonalar, xо‘jalik jamiyatlari va
о‘rtoqliklar, matlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar.
Faoliyat turlari bо‘yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va
xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida
belgilanadi.
Faoliyatning
bir
turi
bitta
oddiy
jarayondan
(masalan,
tо‘qimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi
(avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin.
Xо‘jalik yuritish subyektlarini faoliyat turlariga ajratishda kuyidagi farqlar
kо‘zga tashlanadi:
125
- asosiy faoliyat - bu qо‘shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush
qо‘shuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari bо‘yicha bunday
ma’lumotlarni olishning iloji yо‘q. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini
faoliyatning ushbu turi bilan bog‘liq tovarlar va xizmatlarga tо‘g‘ri keluvchi yalpi
ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday
hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi
bilan band bо‘lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan
aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qо‘shimcha qiymat yoki
band bо‘lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi tо‘g‘ri kelishi shart emas, ammo
bu faoliyat ustivor bо‘lishi kerak;
- kо‘makchi faoliyat - unga faoliyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab
chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Kо‘makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari
umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Faoliyatning
asosiy va kо‘makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning
boshqa turlari uchun mо‘ljallanganlar.
- yordamchi faoliyat - bu obyekt faoliyatining asosiy turlarini qо‘llab
quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir.U asosiy va ikkilamchi dan
ajratilmaydi- u asosiy ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatuvchi faoliyat (tashish,
saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta’minot, marketing, ta’mirlash va sozlash ishlari
va h.k.). Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tarkibiy bо‘linmalarning yordamchi
faoliyati uning asosiy faoliyati bо‘yicha hisobga olinadi.
Tashkilotlar о‘lchamlari bо‘yicha yirik, о‘rtacha va kichik guruhlarga
ajratilishi mumkin. Bunday bо‘linishning tasniflovchi alomatlari sifatida kо‘proq
tahlil
qilish
uchun
olinishi
osonrok
bо‘lgan band bо‘lganlar soni.
sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan
foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish
uchun yetarlicha dalilli asoslar bо‘lmagani sababli, amalda kо‘pincha
mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Bizning mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston
Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi”
126
qonunga kо‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi
shartlarga mos keluvchi kooperativlar, tijorat tashkilotlari, yakka tadbirkorlar va
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi dehqon (fermer) xо‘jaliklari kiradilar:
yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy
shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi
tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash huquqisiz,
mulk huquqi asosida о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-
mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yо‘l qо‘yadigan о‘zga ashyoviy
huquq tufayli о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda
amalga oshiriladi;
kichik korxonalar – mustaqil xо‘jalik faoliyatini olib boruvchi о‘z balansiga
ega bо‘lgan, soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lagandan sо‘ng foydasini о‘zi
taqsimlaydigan korxona;
mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat
ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat kо‘rsatish sohasida 10
kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi
korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Faoliyatning kо‘lamlari bо‘yicha tashkilotlar transmilliy, milliy, viloyat,
mahalliy, shahar, tuman va boshqalarga bо‘linadilar.
Tashkilotlarni tashqi va ichki muhit omillariga moslashishlariga kо‘ra ikki
turdagi mexanistik va organik tashkilotlarga ajratish mumkin.
Ushbu turlardan har biri ma’lum afzalliklarga ega. Shunga kо‘ra, ushbu
turlardan har biriga atrof muhitning xarakteri noaniqlikning darajasiga muvofiq
ma’lum afzallik berishi mumkin. Agar atrof-muhitning dinamik, noaniqlik darajasi
yuqori bо‘lsa tashkilotlarning organik turi samaraliroq bо‘ladi. Agarda atrof-muhit
barqarorligi va noaniqligi past darajada bо‘lsa, afzallikni tashkilotlarning
mexanistik turiga berish mumkin.
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari,
ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
|