Ii bob. Menejmentni tashkil etish


-rasm. Menejment tizimlarini loyihalashtirish jarayoni kirishlari va



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu

 
2.2-rasm. Menejment tizimlarini loyihalashtirish jarayoni kirishlari va 
chiqishlari 
3. Korxonani boshqarish funksiyalarining mazmuni asosida quyidagilar 
belgilanadi: 
Tashqi muhit 
va uning 
o’zgarishi
Tashkilotlar 
rivojlanishi 
ob’ektiv 
qonunlari
Korxonaning 
maqsadlari va 
ularga erishish 
strategiyalari 
Boshqaruv 
fani va boshqa 
fanlar 
yutuqlari 
Korxona rahbarlari 
(mulkdorlari)ning 
maqsadlari va hayotiy 
qadriyatlari 
Korxona missiyasi 
MENEJMENT TIZIMINI LOYIHALASHTIRISH JARAYONI 
Boshqaruv 
tamoyillari 
Tashkilot 
madaniyati 
Boshqaruv 
vositalari 
Bo’linmalar 
funktsiyalari va 
xodimlarning 
tashkiliy rollari 
Boshqaruv tashkiliy 
tuzilmalari 
Boshqaruv jarayoni, 
qarorlarni qabul qilish 
va amalga oshirish 
mexanizmi 


118
a) 
xodimlarning funksional majburiyatlari; 
b) 
boshqaruv apparati xodimlariga о‘z funksiyalarini bajarish uchun 
zarur bо‘lgan (texnik, axborot va tashkiliy) vositalar; 
v) 
boshqaruv apparati xodimlari о‘rtasidagi aloqa usullari va vositalari; 
g) 
tashkilot tuzilishiga asos qilib olingan tashkiliy rollar. 
4. 
Tashkiliy rollar asosida ishchi jamoa shakllanadi. 
5. Ishchi jamoalar (bо‘linmalar) ular о‘rtasida aloqalar о‘rnatish orqali 
yagona tuzilmaga birlashtiriladi va mazkur aloqalarni amalga oshirish vositalari 
belgilanadi. Shu bilan bir vaqtning о‘zida bо‘linmalar rahbarlariga ular zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli bо‘lgan vakolatlar beriladi. Shunday 
qilib, korxonani boshqarish tashkiliy tuzilmasi shakllanadi. Tashkiliy tuzilmani 
loyihalashtirish bilan parallel ravishda tashkiliy madaniyatni shakllantirish uchun 
zamin yaratiladi, u quyidagilarni belgilab beradi: 
1) 
tashkilotdagi insonlar о‘rtasidagi munosabatlar; 
2) 
tashkilot bilan personal о‘rtasidagi ishlarni tashkil etish, boshqaruv 
usullari, personalni motivatsiyalash va nazorat qilish sohasidagi о‘zaro 
munosabatlar xususiyati; 
3) 
tashkilotning tashqi muhit bilan о‘zaro hamkorligi tamoyillari
ularning о‘z mijozlariga nisbatan munosabatlari, raqobat kurashi usullari va 
hokazolarga taalluqli. 
Tashkiliy madaniyat korxona rahbarlarining boshqaruv qanday amalga 
oshirilishi lozimligi tо‘g‘risidagi tasavvurlaridan kelib chiqib, tashqi muhitdagi 
о‘zgarishlar tezligi va tanlangan boshqaruv tamoyillariga qarab shakllanadi. 
Boshqaruv tizimlarini loyihalashtirishda shuni hisobga olish lozimki
boshqaruv funksiyalari, boshqaruv jarayonida о‘z ifodasini topadigan boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish tamoyillari boshqaruv tizimining 
dinamikasini о‘zida aks ettiradi, tashkiliy rollar, ular о‘rtasidagi mavjud lavozim 
va axborot bog‘liqliklarini о‘z ichiga oluvchi boshqaruv tashkiliy tuzilmasi esa, 
boshqaruv tizimining statikasini aks ettradi. 


119
Menejment tizimining statikligi va dinamikligi, о‘zaro bog‘liqlik. Bir 
tomondan, bajariladigan funksiyalar tashkiliy tuzilmada mustahkamlanishi kerak
lekin, ikkinchi tomondan, aynan tashkiliy tuzilma boshqaruv operatsiyalarini 
bajarish tartibini belgilab beradi, ya’ni boshqaruv jarayonini rivojlantiradi, bu esa, 
о‘z navbatida, funksiyalarning mazmunini belgilab beradi (2.3-rasmga qarang). 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin