Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2-mavzu

Qarorni va ehtimoliy cheklovlarni baholash mezonlarini asoslash tamoyili 
shuning uchun zarurki, birinchidan, rahbar duch keladigan haqiqat hamma vaqt 
uning faoliyatiga ayrim resurs, qonunchilik, ahloqiy) cheklovlarni qо‘yadi, ishlab 
chiqiladigan muqobil variantlar esa ushbu cheklovlarga mos kelishi kerak
ikkinchidan, muqobil variantlar ishlab chiqilgunga qadar qaror qabul qiluvchi u 
keyinchalik muqobil variantlarni baholashda qо‘llaydigan standartlarni aniqlab 
olishi kerak. Ushbu standartlar qaror qabul qilish mezonlari deb nomlanadi. 
Qaror variantlarini ishlab chiqish. Ideal holatda, rahbarga qanchalik kо‘p 
muqobil variantlar ma’lum bо‘lsa, unda yanada samarali qaror qabul qilish 
imkoniyatlari shunchalik keng bо‘ladi. 
Qaror qabul qilish bosqichi quyidagi tamoyillarni о‘z ichiga oladi: 
- muqobil variantdlarni baholash; 
- mukobil variantlarni eksperimental tekshirish; 
- yagona muqobil variantni tanlash. 
Muqobil variantlarni baholash tamoyilida quyidagi operatsiyalarni ajratish 
mumkin: 
- qarorning muqobil variantlarini amalga oshirish ehtimolini baholash, bu 
kо‘pincha muqobil variantlarni tanlab olishda hal qiluvchi omil hisoblanadi; 
- oldinga qо‘yilgan maqsadga erishish, uning ifodalangan cheklovlarga mos 
kelishi darajasini, amalga oshirish ehtimolini, kutilayotgan bevosita va bilvosita 
oqibatlarni hisobga olgan holda muqobil variantlarning ustunliklari va 
kamchiliklarini ta’riflash; 
- qarorning nisbiy ahamiyati asosida amalga oshiriladigan variantlarini 
qiyosiy baholash, u quyidagilarda о‘z ifodasini topishi mumkin: 
- birinchidan, tartib shaklida, bunda ikkita muqobil variantni taqqoslash 
“yaxshiroq - yomonroq”, “kо‘proq muhim - kamroq muhim” va h.k. shkalasi 
bо‘yicha о‘tkaziladi; 
- ikkinchidan, miqdoriy shaklda, bunda ikkita mukobil variantni taqqoslash 


154
miqdoriy kо‘rsatkichlarni solishtirish orqali amalga oshiriladi. 
Muqobil variantlarni eksperimental tekshirish tamoyilini hamma vaqt 
о‘tkazgan ma’qul, lekin u faqat buning imkoni mavjud bо‘lgan hollarda 
о‘tkaziladi. Albatta, qabul qilinayotgan yangi avtomobilni ishlab chiqarishni 
boshlash tо‘g‘risidagi qaror tajriba modeli bilan eksperimentlar о‘tkazish orqali 
tasdiqlanadi. Lekin bunday eksperimentlar qimmat turadi va kо‘p vaqt sarflashni 
talab qiladi, shuning uchun avtomobil konstruksiyasiga kiritilgan har bir kichik 
yangilikni eksperimental tekshirishdan ma’no yо‘q. 
Yagona muqobil variantni tanlash qaror qabul qilish jarayonida amalga 
oshiriladi. Agar muammo tо‘g‘ri aniqlanib, qarorning muqobil variantlari puxta 
baholangan bо‘lsa, u holda qaror qabul qilish qandaydir qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Biroq, agar muammo murakkab bо‘lib, axborot kо‘proq subyektiv bо‘lsa, u holda 
tadbirkor tajribasi, jur’ati va tо‘g‘ri fikrining roli ortadi. Tadbirkorga yagona 
muqobil variantni tanlashga yordam beruvchi usullardan biri ranjirlash bо‘lib, u 
muqobil variantlarni ularni afzal kо‘rish yо‘sinida tartibga keltirishni о‘zida 
namoyon etadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin