funksiyasini belgilashda mana shu uch xil
hodisa alohida-alohida emas, balki
ularning bir butunligi nazarda tutiladi. CHunki bular o’zaro bog’langan bir
hodisaning uch tomoni – uch hususiyatidir. Nuqtaning tuzilishi, mazmuni,
intonatsiyasi o’zarozich bog’langan bo’lib, har qanday
gapda shu uch hususiyat
mujassamlashgan bo’ladi. Masalan, Opalar, singillar! bu savollar majlisda berilsin!
/A.Q./ gapi:
1. Tuzilishi jihatidan sodda.
2. Buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan,
unda gap bilan
grammatik bog’lanmagan so’zlar /opalar, singillar/ bor.
3. Ko’tariluvchi intonatsiyaga ega.
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari to’rt jihatdan:
1. Qo’llanish o’rni.
2. Ishlatilish usuli.
3. Tuzilishi.
4. Vazifasi jihatidan tasnif qilinadi.
Tinish belgilari qo’llanish o’rniga ko’ra uch katta guruhga bo’linadi:
1. Gap oxirida qo’llanuvchi. (nuqta, so’roq)
2. Gap ichida qo’llanuvchi. (vergul, tire, ikki nuqta)
3. Aralash holda qo’llanuvchi TB. (qavs, qo’shtirnoq, ko’p nuqta)
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi
tamoyillarini ko’rsatamiz:
1.
Dostları ilə paylaş: