4-mavzu ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari



Yüklə 385,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix10.11.2022
ölçüsü385,02 Kb.
#68311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-kurs 4-ma\'ruza

ochilgan /U./ gapida lola so’zidan keyin vegul qo’yib o’qilmasa, faqat lolalar 
ochilganligi; vegul qo’yib o’qilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi 
anglashiladi. 
Punktuatsiya yozuvdan keyin paydo bo’lgan. Qadimgi yozuvlar piktografik 
/rasm yozuv/, logografik /so’z yozuv/ shakillarida bo’lganligidan, punktuatsiyaga 
ehtiyoj sezilmagan. Punktuatsiya yozuvining keyingi taraqqiyotida shakllana 
boshlagan. 
Yozuvning sintetik usulidan analitik yozuv usuliga o’tilishi: endi yozuvda 
grafemalarni – belgilarni ajratish, bir harfli so’zni ko’p harfli so’zdan, so’zni 
so’zdan ajratish ehtiyojining tug’ilishi: fikrni mantiqli bayon qilish, maqsadni to’g’ri 
ifodalash zaruriyati kabilar bora-bora yozuvga ayrim ishoralarning kiritilishiga olib 
keldi. Qadimgi yozma matnlarda so’zlar: a/ bo’sh joy, interval, b/ nuqtalar, v/ ayrim 
belgilar/ masalan, qizil rang/ vositasida ajratila boshlandi. 
O’rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham /Oromey, turkiy runik/ ―ajratuvchi‖
belgilar saqlangan, ancha aktiv qo’llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi 
yozuvlarga xos ―punktuatsion‖ belgilar deyish mumkin. 
O’rta Osiyoda arab yozuvi maydonga kelgandan keyin, oromey, turkiy- runik 
yozuvidagi mavjud traditsion yozuv sismavzusi buziladi. Arab grafikasida 
yozuvning yordamchisi element sifatida: a) ―ta‘kid belgilari‖ – tik to’g’ri chiziq, 
qizil va oq qora ranglar; b) ―bezak belgilari‖ qo’llangan. 
Demak, XIX asrning II yarmigacha arab grafikasidagi o’zbek yozuvida tinish 
belgilari bo’lmagan. O’zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning II yarmidan 
keyin boshlanganki, buning obyektiv tarixiy sabablari bor: 


1. 
XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo 
qilinishi O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi hayotida o’ziga xos 
o’zgarishlarga olib keldi. Bu o’zgarishlar xalqimiz madaniyatida, xuxusan, o’zbek 
yozuvida ham o’z aksini topdi. 
XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi: 
bosmaxonalar, nashryotlarning paydo bo’lishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr 
etilishi, o’zbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga ko’tarilishi yozuv 
madaniyatini, savodxonlikni – tinish belgilari qo’llash ilmini shakllantirdi. Bunda, 
ayniqsa, 1917 yildan muntazam ravishda ikki tilda (ruscha va o’zbekcha) nashr 
etilgan ―Turkiston viloyatining gazetasi‖ muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
2. 
Bu davrda tarjimachilik ishlari juda rivojlandi. Rus tilidan o’zbek 
tiliga qilingan tarjima matnlarida, tabiiyki tini belgilari o’zbekcha nusxaga ham 
o’tdi. 
3. 
Turkiy tillar, turkiy yozuvlar tadqiq qilina boshlandi: ilmiy asarlar
grammatik qo’llanmalar paydo bo’ldi. Turkologlar tomonidan analiz qilingan 
o’zbekcha matnlarda rus yozuvi traditsiyasi asosida tinish belgilari qo’shila 
boshlandi. 
Bu holat keyinchalik o’zbek yozuvida an‘anaga aylandi. Shunday qilib, XX 
asr boshlarida o’zbek punktuatsiyasi rus tili punktuatsiyasi asosida to’liq shakllandi. 
Masalan, o’zbek tiliga aksariyat tinish belgilari: so’roq, undov, qo’shtirnoq, ko’p 
nuqta rus tilidan o’zlashtirildi. Bu kabi holatlar o’zbek tili punktuatsiyasi rus tili 
punktuatsiyasi asosida kelib chiqqanligi, rus tili punktuatsiyasi o’zbek tili 
punktuatsiyasiga ilmiy-nazariy asos bo’lganligini ko’rsatadi. 
Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohosi bilan zich bog’langan. 
Ma‘lumki, grafika muayyan tilning til sismavzusini bir butun holda, barcha belgilar 
yig’indisini o’rganuvchi soha. Shulardan tinish belgilari punktuatsiya tomonidan 
o’rganilishidan qat‘i nazar, keng ma‘noda punktogrammalar ham grafikaning 
tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, raqamli, diakritik va 
transkripsion belgili kabi yozuvlarni ham o’z ichiga oladi. 


Shunday bo’lsa ham, punktuatsiya o’z o’rganish obyekti va vazifasi jihatidan 
grafikadan, yozuvning boshqa belgili formalaridan ajralib turadi. Demak, 
punktogrammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni 
paytda, zarur komponenti (qismi) bo’lgan shartli belgilar yig’indisidir. 
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish 
belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo 
bo‘lishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mac, 
punktuatsion tizim hozirgi maʼno va ko‘rinishda G‘arbiy Yevropa tillari yozuvlarida 
15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, uzbek yozuvida esa 19- asrning 2yar-mida 
paydo bo‘lgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish 
belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta bo‘lsa, hozirgi o‘zbek P.si quyidagi 10 ta 
tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta, nuqta, nuqtali vergul, so‘roq 
belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo‘shtirnoq. P.ning qo‘llanishida ham tillararo 
tafovut bo‘lishi mumkin, mas, ispan tilida so‘roq va undov belgilari gapning boshida 
va oxirida qo‘yiladi. 
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma 
nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez 
tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. O‘z navbatida, muayyan tiddagi P. 
anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo- di 
hamda tinish belgilarining qo‘llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi 
tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, 
rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. G‘oziyev, O. Usmon, G‘. 
Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq. 

Yüklə 385,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin