Ko’p hollarda Direktiva, Ustav va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo’yilib,
numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham differensiya tamoyiliga asoslanadi.
Masalan, Komunizm quruvchisining ―ahloq kodeksi‖da asosiy qoidalar raqamlar
bilan emas, tire bilan sanab ko’rsatilgan.
Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil – logik-
grammatik, stilistik va differensiatsiya tamoyili asosida qo‘llaniladi. Bulardan
logik-grammatik tamoyil etakchi bo’lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi –
yordamchi tamoyil.
Diakritik belgilar (yun. diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat
qiluvchi) —
satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qo‘yiladigan,
harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. D. b. ayrim belgi — harf
mohiyatini o‘zgartirish yoki uni aniklashga xizmat qiladi. D. b.ning kuyidagi turlari
farqlanadi: a) harfga yangicha funksiya yuklaydigan belgilar (mas, o‘zbek kirill
alifbosidagi — y, yo, g‘, q, va b., o‘zbek lotin alifbosidagi —o‘ (o‘), Ya(q) va b.); b)
tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (mas, frans. yo, yo, yo, bular yana
maʼno farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim D. b. harfni ajratib o‘qishlikni
ko‘rsatadi (mas, frans.— I). Prosodik D. b. harf ifodalovchi tovushning cho‘ziq yoki
qisqaligini, urg‘u va uning turlarini, tonni bildiradi (mas, Vyetnam tilida, xitoy tili
uchun lotin grafikasi asosidagi baʼzi loyihalarda). D. b. baʼzi
transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega.
Ayni bir xil D. b. turli milliy yozuvlarda turlicha funksiyani bajaradi. D. b. eng ko‘p
uchraydigan tillar — fransuz, polyak, chex,
portugal, lotin, litva tillaridir. Turkiy
tillarda, xususan, o‘zbek tilida ham D. b. mavjud. D. b. arab yo‘zuvipa ham keng
qo‘llanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli arab va b.
musulmon mamlakatlarda
Qurʼoni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, yaʼni bir xil o‘qilishini
taʼminlaydi. Araf alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno
emas (mas, fors, urdu va b. tillarda). D. b. hind yozuv tizimlarida ham uchraydi,
bularda dimoqda hosil bo‘ladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, cho‘ziqlik va
qisqalikni ko‘rsatadi (mas, "i" va "ji). Baʼzi olimlar som (arab, yahudiy)
tillarida
ham D. b. mavjud deb taʼkidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nukta va
chiziqcha qo‘yish bilan anglashiladi.
Dostları ilə paylaş: