bildiradi. Bu bilan shoir ko’p nuqtaga o’zining badiiy niyatini yuklaydi. Anvar
Obidjonda tez-tez qator o’rtasiga nuqta qo’yilganiga duch kelamiz. Shu tariqa
misraning ritmik va intonatsion butunligi bo’linadi. Ammo,
aynan shuning
natijasida, ixchamlik va ifodaviylik yanada yaxshiroq his etiladi. She‘r go’yoki
ikkiga ajraydi. Har ikkala tomon ham ritmik qatordan o’zining alohida intonatsiyasi
va mazmuniy xosligi bilan ko’zga tashlanadi.
Yerni so‘kdi… osmonga chiqqach.
She‘r go’yo ikkiga ajralgan. Aynan ko’p nuqta personajning hayotini ham
ikkiga ajratib ko’rsatmoqda. Xarakterning ikki qirrasi yuzaga chiqqaniga urg’u
berish uchun ishlatilgan. Bu esa, asosiy g’oyani o’quvchiga tez va ixcham shaklda
yetib borishini ta‘minlagan. To’g’ri, bu yerda yer, osmon so’zlari o’zaro qarshi
tasvir va holatni ifodalab kelgan. She‘r mazmunidagi qarama-qarshilik va personaj
nutqidagi kechinmaning yanada dramatik tus olishini ta‘minlagan. Ammo, bu
xususiyatlar ko’p nuqtasiz bu qadar ta‘sirli chiqmagan bo’lardi. Chunki, ko’p nuqta
zamiriga shoir har bir o’quvchi dunyoqarashi va tushunchasi doirasidagi voqealarni
joylaganki, bu uning mahoratini ko’rsatadi. Ko’p
nuqtada kechinma tabiati va
ohangdagi o’ziga xoslik ta‘sirli chiqadi. Shu o’rinda, ko’p nuqtaning boshqa bir
vazifasi, ya‘ni, birinchi parchadan keyin to’xtam va ikkinchi, yakuniy xulosani
aytishga tayyorlash vazifasini ham aytib o’tish lozim.
Shuningdek, boshqa bir o’rinda ko’p nuqta ob‘yektiv voqelikni aniq
harakatda
tasvirlash va hayotiy xulosalarni aforistik tarzda ixcham va ta‘sirli yetkazish uchun
ishlatilgan:
Dostları ilə paylaş: