4-mavzu ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari



Yüklə 385,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix10.11.2022
ölçüsü385,02 Kb.
#68311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-kurs 4-ma\'ruza

Logik-grammatik tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, tinish belgilari gap 
mazmuni, tuzilishi va intonatsiyasi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib 
qo’llaniladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning ohirida nuqta, so’roq 
mazmunini anglatgan gaplarning ohirida so’roq, emotsiya ifodalangan gaplarning 
ohirida undov belgilari ko’proq nutq strukturasiga asoslanadi: ―Dod‖! Degan ovoz 
eshitildi. /O./ Qalandarov jon-jahti bilan gapirdi: Yo’qol!!! Gaplaridagi undov 
belgilari intonatsiyaga asoslanib, birinchi gapdagi qo’shtirnoq nutq tuzilishiga 
asoslanib qo’yilgan. 
2. 
Stilistik (uslubiy) tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, tinish belgilari nutq 


stillarining talabidan kelib chiqib qo’yiladi. 
Tilning taraqqiyoti, til stillarining rivojlanishi nutqning ajiralmas qismi 
bo’lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo’llanish doirasining kengayishi 
yoki o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, badiiy asarlarda /diologik nutqlarda/ 
ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajiratiladi. Dramatik asarlarda 
esa nutq egalarining nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga 
ehtiyoj bo’lmaydi, yoki qo’shtirnoq qo’llanilmaydi. Nutqning individual stil 
formasida tinish belgilari, ko’pincha, yozuvning subektiv maqsadi, emotsional fikr 
ifodalash, uning ta‘sirchanligini oshirish uchun qo’llaniladi. Masalan, Yoz, quyosh 
hamma yoqni qizdirdi /O./ Yoz! Pishshiqchilik, to’kinchilik fasli! /U./ gaplarida 
―yoz‖ so’zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. 
Bu maqsadlar tinish belgilari /vergul, undov belgisi/ orqali reallashtirilgan. G’ofur
bo’lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi!.. /A.Q./ gapida 
ritorik so’roq bilan fikirning kuchli /emotsional/ va davomli ekanligi ifodalangan. 
Bu maqsadlar undov belgisi va ko’p nuqta orqali reallashgan. Lekin bundan har bir 
yozuvchi tinish belgilaridan o’z bilganicha, o’z istagicha foydalana beradi digan 
hulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual stil talabiga ko’ra 
qo’llanilishi ham stilistik tamoyilning umumiy normasiga bo’ysunadi. 

Yüklə 385,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin