26
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquqva
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash,
yurtdoshlarimiz
tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud
jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar
sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish;
iqtisodiyotning
ochiqligi
va
raqobatdoshligini
oshirish,
iqtisodiy
mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va
iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini
modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank
sohasini tubdan isloh
etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy
aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm
tarmog‘ini samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni
amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini
bosqichma-bosqich oshirish, aholi
bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon
uy-joylar bilan ta'minlash, uy-joy va kommunal xo‘jaligini, sotsial infratuzilma
ob'ektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni
saqlash, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini, yoshlarga
oid davlat siyosatini
takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish;
davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon
hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida
xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni
yanada kuchaytirish
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishdur.
Dostları ilə paylaş: