Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
— Meni aldadilar! «Temuriylardan Kobulda faqat Siz qolgansiz, — dedilar. — Bobur 
mirzo qaytib kelguncha elga bosh bo‘lib turing» deb ko‘ndirdilar! Mana, xudoga shukr, 
eson-omon qaytib kelibsiz! 
— Bizga peshvoz chiqib kutib olish o‘rniga, nechun toqqa qarab qochdingiz? 
— Xom sut emgan banda, vahimaga berilibmen! Ammo men mo‘g‘ul beku navkarlaridan 
himoya istab qochganim yo‘q. Sizning huzuringizga jang tugagandan so‘ng qaytmoqchi 
edim. 
Bobur uchun ham Mirzoxonning mo‘g‘ul beklari tomonga qochib ketmagani yaxshilik 
alomati edi. Agar Mirzoxon ular tomonga o‘tib ketganda, ikki oradagi urush uzoq davom 
etishi, yana ko‘p behuda qonlar to‘kilishi mumkin edi. 
— Men sizning qahramonligingizga tan berib tiz cho‘kurmen, hazratim! — deb Mirzoxon 
yana yukundi.— Sizda Sohibqiron bobokalonimizning qilichi borligini bilurmen! Bu 
qilichga «Kuch—adolatdadir» degan muqaddas yozuv bitilganini o‘zingiz menga aytgan 
edingiz. Bugun siz ana shu qilich bilan bahodirona jang qilib g‘alabaga erishdingiz. 
Chindan ham, kuch—adolatda ekaniga men endi astoydil imon keltirdim! Buyuring, toki 
umrim boricha sizga xizmat qilay! 
Bobur Mirzoxonga o‘ng tomonidan joy ko‘rsatdi. 
— Sharbat keltirilsin! — deb buyurdi. 
Savdarboshi oltin kosada keltirgan sharbatdan Bobur avval o‘zi ichdi-yu, keyin 
Mirzoxonga berdi. 
— Hozir Kobulda temuriylardan faqat ikkimiz qoldik, — dedi Bobur. — Bu mo‘g‘ullar 
azaldan temuriylar bilan olishib kelurlar. Qunduzda Shayboniyxonning qo‘shini turibdir. 
Ora yaqin. Kobulda xonning josuslari yolg‘on ovozalar tarqatib, meni ataylab «o‘ldiga» 
chiqargan bo‘lsalar kerak. 
— Bu rost! Qunduz hokimi Qambarbiy Kobuldagi mo‘g‘ul beklari bilan til biriktirganini 
men ham sezdim. 
— Kimlar o‘sha til biriktirgan beklar? 
Mirzoxon bir necha mo‘g‘ul beklarining nomlarini aytdi. 
— Ana shularni siz bizga tutib berishingiz kerak! — dedi Bobur. — Bo‘lmasa bular yana 
paytini topib, siz bilan meni Shayboniyxonga sotgaylar! 
Kemaga tushganning joni bir, hazratim! Men to o‘lgunimcha temuriylar kemasida 
sobit turgaymen! Agar o‘limga buyursangiz ham so‘z qaytarmay borurmen! 
Mirzoxon devqomat yovqur yigit edi, uning tomirida ona tomondan bobokaloni Iskandar 
Zulqarnayn qoni ham borligiga Boburning ishongisi kelardi. 
— Sizni o‘limga buyurmoqchi emasmen. Mirzoxon, balki hamkorlikka 
chorlamoqchimen!.. 
— Jonu tanim, butun borlig‘im bilan hamkoringiz bo‘lurmen, hazratim! 
Mirzoxon shu so‘zining ustidan chiqib, Bobur buyurgan barcha ishlarni sidqidil bilan ado 
etadigan bo‘ldi. 
Muhammad Husayn dug‘lat esa ko‘ch-ko‘ronini tuya va otlarga ortib jo‘nab ketdi va 
Murg‘ob bo‘ylarida Shayboniyxonga borib qo‘shildi. Ammo o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa 
qo‘ymas, deganlaridek, o‘sha yerda ham fisqu fasod ishlarga bosh qo‘shgani uchun 
Shayboniyxon tomonidan o‘ldirildi. 
O‘sha qish Bobur ko‘rsatgan mardlik va dovyuraklikning mukofoti shu bo‘ldiki, Qosimbek 
Hirot chorbog‘ida uchragan go‘zal qizni izlab topdi. Bobur Kobulda katta to‘y qilib, Mohim 
bonu ismli bu olov qizga uylandi va oradan bir yil o‘tar-o‘tmas undan ajoyib o‘g‘il ko‘rdi. 
Baxtli istiqbol orzusi bilan bu to‘ng‘ich o‘g‘ilni Humoyun deb atadilar. 
______________ 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
* Kelajakda Muhammad Haydar Mirzo Bobur tarbiyasini olib ulkan adib bo‘lib yetishadi va mashhur «Tarixi rashidi» kitobini yaratadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin