Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Hindubek. — Men ham Lodilarning zulmidan qochib 
kelganman. Iskandar Lodi* mening otamni sarkashlikda ayblab, quturgan filning oyog‘i 
tagiga tashlab o‘ldirgan. 
Filbon Hindubekka maroq bilan tikildi-yu: 
— Kshatriy*lardanmisiz? — dedi. 
— Ha, asli otim Indri. Bobur hazratlari Hindubek deb atadilar. Bu nom hammaga ma’qul 
bo‘ldi. Xo‘sh, sizning otingiz nima? 
— La’l Chand. 
— Siz ham Ibrohim Lodining zulmidan qochib kelgan ekansiz. Endi bu zulmdan bizni kim 
qutqaradi, deb o‘ylaysiz? 
— Xudo. 
— Bandalaridan-chi? 
La’l Chand o‘ylanib qoldi: 
— Davlatxonmi? — dedi Hindubek. 
— Davlatxon saxiy odam. G‘ozixon ham Ibrohimdan yaxshi. 
Hindubek ovozini pasaytirib so‘radi: 
— Rostini ayting, siz bu qo‘shinni nega bu yo‘ldan boshlab boryapsiz? 
— G‘ozixon aytgan yo‘l shu. 
— G‘ozixon nega o‘tib bo‘lmaydigan yomon yo‘ldan yurgin degan, bilasizmi? 
— Bular uchun yaxshi yo‘l shu. 
— Nega? Bular sizga nima yomonlik qildi? 
— Bitta zolim podshoh — Ibrohim bizga ozmidi? Yana bittasi kelyapti! 
— G‘ozixon seni aldagan! 
La’l Chand filini changalzor tomonga keskin burdi-yu, qichqirdi: 
— Bular bosqinchilar! Bular Bajur qo‘rg‘onida uch ming yigitimizni qilichdan o‘tkazgan! 
Shahar-qishloqlarimizni talatgan! 
La’l Chand shunday deyar ekan, filini choptirib, o‘rmon ichiga qarab qochdi. 
— Hazratim, bu rahnamoni tuttiring! Bu yog‘iy kishisi! Sizni xarob qilmoq uchun yomon 
yo‘lga boshlagan! 
— Tuting uni! — qahrlanib qichqirdi Bobur. — Nobakorni oldidan to‘sib chiqing! Tez! 
Otliqlar filning ketidan intildilar. Ulardan uchtasi katta banan daraxtini aylanib o‘tib, 
filning yo‘lini to‘sib chiqdilar. Filbon qo‘lidagi temir kajak bilan filni qattiq xillalab, bir 
narsa deb qichqirdi. Fil otlarning birini oyog‘i bilan tepib yiqitdi, ikkinchi otning bo‘yniga 
xartumini o‘rab, siltab itqitib yubordi. Buni ko‘rgan uchinchi otliq daraxt panasiga 
qochib, zo‘rg‘a qutulib qoldi. 
Qahri kelgan fil bahaybat tovush bilan na’ra tortib, yo‘lida uchragan yo‘g‘on 
chirmovuqlarni uzib o‘tar, katta-katta shoxlarni qarsillatib sindirar va otliqlar 
kirolmaydigan qalin changalzorda tobora uzoqlashib borar edi. 
— O‘qlang! — deb qichqirdi Bobur. 
La’l Chand filning ulkan bo‘yniga bag‘rini berib, uning baland sag‘risi va quloqlari 
panasida biqinib yotar edi. Orqadan yog‘dirilgan yoy o‘qlarining ko‘pini daraxtlarning 
shoxlari va chirmovuqlar o‘tkazmadi. Uch-to‘rtta o‘q shoxlar orasidan o‘tib filning 
orqasiga urildi, lekin po‘latday qattiq va qalin fil terisiga botolmay, yerga uchib tushdi. 
Usta Aliqulning to‘fangdozlari miltiqlarini o‘rmonga to‘g‘riladilar. Biroq barqandozlar 
chaqmoq chaqib, to miltiq piltasini yondirgunlaricha La’l Chand mingan fil yo‘g‘on va 
qalin daraxtlar panasiga o‘tib ko‘zga ko‘rinmay ketdi. Fil zarbasidan yiqilgan har ikki ot 
yerdan turolmay uyalab yotar, ularning ustidagi navkarlar o‘lgan bo‘lmasa ham oyoq-
qo‘llari shikastlangan edi. 
— Yaradorlar aravaga olinsin! — buyurdi Bobur.— Bizni adashtirib halok qilmoqchi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin