Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
bo‘lgan nobakor jazolanmog‘i kerak! To‘fangandozlar otlanib, o‘rmonni aylanib o‘tsinlar! 
To‘fangandozlar shosha-pisha otlanib, aylanma yo‘l izlay boshladilar. Ammo hammayoq 
changalzor, botqoqlik edi. 
— Qani, Hindubek, endi bizga siz rahnamolik qiling! 
— Bosh ustiga, hazratim! 
Hindubek kechki payt ularni keng bir ko‘klamzor vodiyga boshlab chiqdi. Behad 
charchagan Bobur shu ko‘kalamzorga chodir tikdirdi. 
O‘rmonda kiyimlari tirnalib yirtilgan, otlari loyga belangan to‘fangandozlar La’l Chandni 
topolmay qaytdilar. Shuning ustiga Laxo‘rdan amir Davlatxon, uning o‘g‘li Dilovarxon 
ellik-oltmishta mulozim va navkarlari bilan Boburning qarorgohiga yaqinlashishdi. Dilo-
varxonning avvaldan xayrixohligini yaxshi biladigan Bobur xirgohda uni o‘rnidan turib 
kutib oldi va o‘ng tomonda o‘tirgan e’tiborli beklari orasidan joy ko‘rsatdi. 
— Janob Dilovarxon, padari buzrukvoringiz nechun ittifoqni buzib, bizga yog‘iylik 
maqomida qilich qayramishlar? 
— Hazrati oliylari, otamni og‘am G‘ozixon yo‘ldan urdi. «Yot qo‘shin kelsa Laxo‘r bizdan 
ketadi, bular ham bizga Ibrohim Lodiyday dushman», deb ishontirdi. 
— Shuning uchun Davlatxon aldamchi rahnamo yuborib, bizni o‘rmon ichida adashtirgan 
ekan-da? 
— Ammo bu fitnadan otamning xabarlari yo‘q, hazrati oliylari! Bu — G‘ozixonning ishi. 
Agar otam shunday qilganlarida bu yerga o‘zlari kelmas edilar. Laxo‘rda qon to‘kilmasin 
deb, sizdan inoyat istab keldilar. 
— Bizning inoyatlarimizga faqat siz munosibsiz, janob Dilovarxon! Ammo otangiz 
qilmishlariga yarasha jazo olgusidir! — Bobur shig‘ovulga yuzlandi: — Davlatxon so‘nggi 
paytlarda bellariga ikkita qilich taqib yurgan emish. Qani, o‘sha qilichlarini biz ham bir 
ko‘raylik... Har ikki qilichni bo‘yniga osib kiritinglar! 
Ko‘p o‘tmay ikki zo‘r navkar oppoq soqolli keksa Davlatxonni ikki bilagidan mahkam 
ushlab chodirga olib kirdi. Chol navkarlarning qo‘lidan bo‘shamoqchi bo‘lib asabiy 
siltanar, uning bo‘yniga osilgan ikkita uzun qilich ko‘kragiga urilib selanglar edi. 
Davlatxon Boburga alam bilan tikilib dedi: 
— Podshoh hazratlari, men asir olingan emasmen, o‘zim keldim! Bu qanday 
shafqatsizlik? 
— Siz mendan elchi bo‘lib borgan Hindubekni tuttirmoqchi bo‘libsiz! Agar niyatingizga 
yetganingizda Hindubek omon qolmas edi! Keyin biz ham changalzorda balchiqqa botib, 
G‘ozixonning qopqonida jon berarmidik? Bizga shafqat qilganlaring shumi? Shaf-
qatsizlarga biz ham shafqatsizmiz! — Bobur shig‘ovulga buyurdi: — Bu odam oilasi bilan 
birga Laxo‘rdan Bhiraga badarg‘a etilsin. Bhiraning Milvat qo‘rg‘onida hibsda saqlansin! 
Bo‘shashib hech narsa deyolmay qolgan Davlatxonni olib chiqib ketdilar. 
_____________ 
* I s k a n d a r L o d i — Ibrohim Lodining otasi. 1517-yilda o‘lgan. 
* K sh a t r i y — hindlardagi asosiy to‘rt tabaqaning biri, harbiylar.
2 
Kuz va qish o‘tib borayotgan bo‘lsa ham, daraxtlar yashil libosini yechmas, «dun» deb 
ataladigan bag‘ri keng, sayhon Hind vodiylari yil bo‘yi bahordagiday ko‘kalam bo‘lib turar 
edi. 
Jamna daryosi bo‘ylab janubga tomon harakat qilib borayotgan Bobur qo‘shini Dehlidan 
ellik chaqirimcha shimoldagi Panipat shahriga kelib to‘xtadi. Dehli sultoni Ibrohim Lodi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin