Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
aravalaru xandaqlar turish berarmikin? 
Bir vaqtlar Kobulda Andijon va Quvalarni eslasa yuragi eziladigan Tohir endi Kobulni 
eslasa yuragi sog‘inchdan orziqadi. Kobulda uning o‘n besh yil istiqomat qilgan uyi bor, 
xotini Robiya, madrasada o‘qiyotgan o‘g‘li Safarbek, yolg‘iz tog‘asi mavlono Fazliddin 
bor. Oldindagi jang tahlikasidan ko‘ngli bezovta bo‘lib yurgan Tohir: «Ishqilib o‘lim 
bo‘lmasin-da, — deydi o‘zicha. — Agar shu gal ham tirik qolsam, sipohiylikni bas 
qilardimda. Yosh ham ellikka borib qoldi. Qachongacha begona yurtlarda tentirab 
yuramen? Safarbek katta yigit bo‘lib qoldi, bu yil madrasani hatm qilib*, muhandis* 
bo‘ladi. Keyin boshini ikkita qilib qo‘ysam... Yo xudo! O‘g‘limning to‘yini ko‘rish menga 
nasib qilganmikin-a? Robiyani yana ko‘rarmikinman-a?» 
Yurakka g‘ulg‘ula soluvchi bu iztirobli o‘ylarni ichkilik bir oz bosar edi. Tohir ko‘pdan beri 
beklar davrasida yurib, ko‘nglining chigalini ichkilik bilan tarqatishga anchagina odatlanib 
qolgan edi. Hindistonda uzum kam, shuning uchun chog‘ir tanqis, lekin mahva degan 
daraxtning bargidan olinadigan o‘tkir aroq uchrab turar edi. 
Ibrohim Lodi bilan jang bo‘lishidan bir kun oldin Tohir shu aroqdan ko‘proq ichgan edi. 
Sahar palla badani tirishib uyg‘ondi. Og‘zi taxir, boshi lo‘qillab og‘riydi. U yoq-bu yoqqa 
ag‘darilib, yana uxlamoqchi bo‘lib ko‘rdi, lekin uxlay olmadi. Shunday keyin turib, sopol 
ko‘zaning tagida qolgan aroqdan uch-to‘rt qultum ichdi-da, sabuhiy qildi. 
Shu payt birdan dovullar va naqoralar chalinib, hammani saflanishga chorlay boshladi. 
Chig‘dovullar Ibrohim Lodining bostirib kelayotgani haqida xabar bergan edilar. 
Sabuhiydan yana kayf qila boshlagan Tohir etigi bilan jibasini ancha vaqt imillab kiydi. 
Bir qulog‘i Samarqandda kesilgan Mamat so‘nggi yillarda Tohirning otboqariga aylangan
lekin eski qadrdonligi va bir-ikki yosh kattaligi tufayli goh uni koyib ham qo‘yar edi. 
— Sahari mardondan ichib nima qilar edingiz, bek!— deb po‘ng‘illadi Mamat. 
— Gapni ko‘paytirmay ko‘k otni tezroq keltiring!— buyurdi Tohir. 
So‘nggi yillarda xiyla ozib, yuz-ko‘zlari avvalgidan ham ortiqroq bo‘rtib qolgan Mamat 
otlar bog‘langan tomonga chopib ketdi. Yov yaqinlashib kelayotgani haqidagi xabardan 
ko‘p odam jonsarak bo‘lib u yoqdan-bu yoqqa yugurmoqda edi. 
Mamat kechasi yechilib ketgan ko‘k otni tutib olguncha ancha ovora bo‘ldi. Odatda ot 
kechasi egarlog‘liq qolsa, ayili, qorinbog‘i bo‘shatib qo‘yilardi. To‘polonda Mamat 
shoshilib ayilni mahkamlashni xayolidan qochirdi. 
Tezroq Boburning huzuriga yetib borishi kerak bo‘lgan Tohir uzangini izlab o‘tirmadi-yu, 
otning bo‘ynidan olib, ustiga sakrab mindi. Shunda egar bir chayqaldi. Tohirning kayfi 
bo‘lmaganda ehtimol, egarning yaxshi urilmaganini tez sezgan bo‘lardi, otdan tushib 
ayilni mahkamlab olar edi. Lekin u egarda chayqalganini sabuhiydan ko‘rdi-da, oyoq 
tirab, otni tez orqaga burdi. 
Anchadan beri boquvda yotib kuchi tanasiga sig‘may ketgan ko‘k bedov orqa oyoqlariga 
tikka turib, og‘zidan ko‘pik sochib, burildi. Shunda birdan egar og‘ib otning qorniga 
tushdi-yu, Tohir yelkasi bilan yerga gursillab yiqildi. 
Mamat chopib kelib, bir qo‘li bilan otning jilovidan oldi va ikkinchi qo‘li bilan Tohirni 
suyab turg‘izdi. U Tohirni kayfi borligi uchun yiqildi deb o‘ylab kulib gapirdi: 
— Tohirjon, bek bo‘ldingizu ichadigan hunar chig‘ardingiz-da! Bu sabilni ko‘p ichmang 
demaganmidim! 
Tohir yumshoq yerga yiqilgani uchun hech qaeri lat yemadi. Lekin katta jang arafasida 
shunday ahmoqona yiqilishi unga mash’um bir falokatning xabarchisidek tuyuldi. U qahr 
bilan so‘kinib. Mamatga egarni ko‘rsatdi. 
— Ayilni kim bo‘shatib qo‘ygan edi? 
Mamat kechasi ot dam olsin deb bo‘shatib qo‘ygan ayilini ertalab mahkamlamaganini 
endi payqadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin