Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Andijonga ketish haqidagi gapning uchini chiqarishga chog‘landi. 
Shu payt kimdir qamchi dastasi bilan darvozani taqillatdi. Hovlida yotgan keksa ko‘ppak 
it yo‘g‘on va xirri tovush bilan vovulladi. Tohir o‘rnidan turgan edi, otasi: 
— Ehtiyot bo‘l! — dedi ovozini pasaytirib. — Avval kimligini so‘rab bil. 
Tashqarida yomg‘ir tingan, lekin osmon bulutli, qorong‘ilikda hech narsani ko‘rib bo‘lmas 
edi. Tohir darvozaxonaga yaqin borib: 
— Kim? — deb so‘radi. Ko‘ppak qattiqroq hura boshladi. Tashqaridagi odam ovozini 
balandlatib: 
— Tohir, jiyan? — deb so‘radi. — Och, men tog‘o-yingmen! 
Tohir tashqaridagi ovozni tanib, ochiq darcha orqali ichkariga: 
— Aya, Fazliddin tog‘oyim! — dedi-yu, chopib borib darvozaning zanjirini tushirdi. 
Ichkaridan chiqqan chol-kampirlar mehmon bilan ko‘rishayotganda Tohir qorayib turgan 
ikki g‘ildirakli soyabon aravani ko‘rdi. Aravaga qo‘shilgan otning egari ustidan kimdir 
paypaslanib tushmoqda edi. 
— Mulla tog‘a, arava sizdanmi? 
— Ha, jiyanim. Ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim. 
— Shunaqami? — dedi Tohir hayron bo‘lib. Uning ko‘nglida boya tog‘asini ko‘rganda 
yongan quvonch endi tashvishli o‘ylar bilan almashindi. Tohirning Andijondagi panohi — 
mana shu tog‘asi edi. Tog‘asi ko‘chib kelgan bo‘lsa, Tohirning qo‘rg‘onga boradigan yo‘li 
bekilgani shu. Robiya nima bo‘ladi? 
— Tohir, nega ag‘rayib turibsan? Yuklarni tushirishgin! — dedi onasi. — Mullo tog‘oying 
yomg‘irda ko‘p azob tortganga o‘xshaydir. 
— E, azob ham gapmi, opa! Arava loylarga tiqilaverib jonimizdan to‘ydirdi. Yo‘llar 
tirband. Qochoqlar behisob. 
Tohir aravadan yuk tushirayotib, otning sag‘risiga qo‘li tegib ketdi. Shunda qo‘liga 
shilimshiq loy ilashganini sezdi. Loy otning sag‘risigacha chiqqan bo‘lsa, bu bechoralar 
kela-kelguncha qanchalik qiynalganikin? Hamma yovdan qochib Andijonga qarab 
ketayotganda, bu-lar nega Quvaga ko‘chib kelganikin? Tohir qanor qopga solingan yukni 
aravadan tushirmoqchi bo‘lganda tog‘asi: 
— Hushyor bo‘l, juda og‘ir, ikkovlashib ko‘taringlar,— dedi aravakashga. 
Tohir qopning ichida uncha katta bo‘lmagan po‘lat sandiq borligini sezdi. Mulla Fazliddin 
o‘tda kuymaydigan, suv kirmaydigan bu sandiqni Quvaning temirchi ustalariga buyurtma 
berib yasattirgan edi. Uning ichida tarhlar, loyihalar, suratlar saqlanardi. Mulla Fazliddin 
uch yil Samarqandda, to‘rt yil Hirotda tahsil ko‘rgan, o‘sha yoqdan me’morlik san’ati 
bilan birga musavvirlik*ni ham o‘rganib kelgan edi. Hirotda jangnomalar ichiga suratlar 
chizish odat tusiga kirgan, mavlono Behzod chizgan Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro 
tasvirlari rasmiy doiralarda shuhrat topgan, lekin Samarqandda, xususan, Farg‘ona 
vodiysida odam shaklini chizish hali ham qur’on nomidan qattiq taqiqlanib kelmoqda edi. 
Shuning uchun mulla Fazliddin o‘zi chizgan suratlarini mana shu po‘lat sandiqda doim 
maxfiy saqlar edi. 
Tohir qopdagi po‘lat sandiqni aravakash bilan ko‘tarishib uyga olib kirishdi. 
Mulla Fazliddin ho‘l bo‘lib og‘irlashgan piyozi chakmoni va etigini dahlizda yechib 
qoldirdi. Oyog‘iga charm kavush kiyib, obrez chetida bet-qo‘lini yuvdi. So‘ng boya 
Tohirlar o‘tirgan dasturxonlik uyga kirdi. 
Uning chakmonidan o‘tgan yomg‘ir kalta yenglik abosini nam qilgan edi. Lekin yoz 
oqshomi iliq bo‘lganligi uchun kiyim almashtirish esiga kelmadi. Yo‘lda qattiq toliqqanligi 
uchun durust ovqat ham yemadi. Faqat bir-ikki tilim handalak yediyu uch-to‘rt piyola 
choy ichdi. Aravakash yigit ikki kosa to‘la qatiqli osh ichgandan keyin otlariga qarash 
uchun hovliga chiqib ketdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin