Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
yuzidan, ko‘zlaridan vidolashgan kabi o‘pa boshladi. 
Umarshayx mirzoning kipriklari titradi. U ko‘zini ochib, tepasida turgan Qorako‘z 
begimga karaxt yuz bilan bir lahza tikilib turdi. 
Qorako‘z begimning katta-katta ko‘zlari xavotirlik to‘yg‘usidan yana ham ulkanlashib 
ketdi. U uyqudagi Mirzoni o‘pish beadablik sanalishidan tahlikaga tushgan edi. Mirzo: 
— Sizmi? — dedi-yu, nima bo‘lganini fahmlab, kulimsiradi. 
Qorako‘z begim endi yengil tortdi va dadillanib ta’zim qildi. 
— Hazratim, saharlik vaqti o‘tib ketmasin. 
— Sizning bo‘salaringiz saharlikdan shirinroq... 
Begim jiddiy gapirdi: 
— Og‘a oyim, xonim oyi — hammalari hazratimga muntazirlar. 
Umarshayx mirzo bugungi rejalari va urush tashvishlarini eslab, qovog‘ini soldi-da, 
indamay o‘rnidan turdi. 
U zardo‘zi ko‘rpachalar to‘shalgan tanobiyga to‘rdagi eshikdan kirib keldi. Sallasi va 
kamariga qadalgan qimmatbaho gavharlar sham yorug‘ida nafis jilolanardi. Odatdagi 
ta’zimlardan so‘ng, ayollar nafaslarini ichlariga olib, bir lahza jim qoldilar. Podshoh kimni 
qaysi yoniga taklif qilsa — kimning hurmati qay darajada ekani shu bilan belgilab 
beriladi. 
Farg‘ona vodiysiga uch tomondan dushman hujum qilib kelayotgan shu og‘ir vaziyatda 
Umarshayx mirzo hamma xotinlariga iloji boricha iltifot ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Xotinlari 
orasida eng yoshi ulug‘i va eng obro‘parasti Fotima Sulton bo‘lganligi uchun Mirzo bi-
rinchi bo‘lib uni yuqoriga taklif qildi. Fotima Sultonning ko‘zlari quvonchdan chaqnab 
ketdi. U podshohning o‘ng tomoniga o‘tmoqchi bo‘lib borayotgan edi. Biroq Umarshayx 
mirzo unga chap tomonidan joy ko‘rsatdi. Eng mo‘’tabar hisoblangan o‘ng tomonga esa 
Qutlug‘ Nigor xonimni taklif qildi. Xonim — taxt vorisi Zahiriddin Muhammad Boburning 
onasi edi, uning o‘ng tomonida o‘tirishi adolatdan ekanini kichik xotinlar tan olar edilar. 
Ammo Fotima Sulton o‘zining hurmati Qutlug‘ Nigor xonimnikidan past ekanini yana bir 
marta his qilib, ko‘zlari alam bilan qisildi. 
Dasturxonga tortilayotgan kiyik kabobi, kaklik go‘shtlari hazratdan so‘ng Qutlug‘ Nigor 
xonimga qo‘yilar, undan keyin Fotima Sultonga navbat kelar edi. Shu sababli og‘izda 
eriydigan eng a’lo go‘shtlar ham Fotima Sultonga ilitma ovqatdek mazasiz tuyulardi. 
Oqshom iftorda yoyilgan taomlar hazm bo‘lib ulgurmagan, dasturxon atrofidagilarning 
ko‘pchiligi hali kun bo‘yi och yurishini o‘ylab, o‘zini majbur qilib bo‘lsa ham ko‘proq ovqat 
yeyishga intilar edi. Qutlug‘ Nigor xonimning yonida o‘tirgan Qorako‘z begim ovqatdan 
ham ko‘proq bodring, handalak yer, sharbat ichar edi — kecha kun issig‘ida tashnalikdan 
nihoyatda qiynalgani esidan chiqmas edi. 
Osmon oqarib qoldi. Tong yorishgan sari qandildagi shamlarning nuri xira torta boshladi. 
Azon aytadigan payt o‘tib boryapti. Arkdan tashqaridagi masjidning imomi koshinlik 
minoraga chiqib, bakovul*ning ishorasini sabrsizlik bilan kutyapti. Axir Mirzo hazratlari 
saharlik qilib ulgurmasdan, azon aytish xatardan xoli emas. Ovqat yeyilib, choyga 
o‘tilganda Umarshayx mirzo xotinlariga vaziyat qanchalik og‘irlashayotganini aytib berdi. 
Shu payt masjid tomondan azon tovushi eshitildi. Choy ichayotgan Xonzoda begim 
shoshilib piyolasini dasturxonga qo‘ydi. Umarshayx mirzo xotinlariga bir-bir qarab, dedi: 
— Mo‘ysafidlar «to‘rt muchang butun bo‘lsin», deb duo qilurlar. Fotima Sulton, Qutlug‘ 
Nigor xonim, Qorako‘z begim, farzandlarimiz Xonzoda begim, Jahongir mirzo — har 
biringiz oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma 
muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga mehru shafqat ko‘rsatsin. Ilik* o‘z o‘rnida aziz. 
Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘’tabar. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr 
ko‘rur. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin