www.ziyouz.com kutubxonasi
12
— O‘zing uchun o‘l yetim, degan gap bor, Mahmud... Yur, darvozaxonaga kiraylik. Bir sir
aytamen. Og‘zing-dan chiqarma! Ko‘prikni yondiramiz!..
— Qanday qilib? — hayrat bilan so‘radi Mahmud.
Tohir unga o‘zining rejasini shivirlab tushuntirdi.
— Yog‘ sepsak, yog‘och tez yongay. Bildingmi?
— Jinni bo‘libsen! Ko‘prikda soqchilar bor-ku.
— O‘zimizning beklar qo‘ygan soqchilarmi? Hali yog‘iy yaqin kelsa hammasi qo‘rg‘onga
qochgay. O‘shanda biz...
— Yo‘q, shoshma! Axsidan bizning podshomiz qo‘shin tortib kelayotgan emish. Bu
ko‘prik hali o‘zimizga kerak!..
— Podshoying qo‘rg‘onidan chiqsa shu kungacha chiqar edi! Ana, Marg‘ilon ham boy
berilibdi! Podshodan darak yo‘q!..
— Bilmasam, kadxudo* guzarda ishontirib aytdi. «Podsho hazratlari yo‘lda, erta-indin
himoyamizga yetib kelishlari aniq!» — dedi.
— Chindan yo‘lga chiqibdimi-a?
— Ha, o‘z qulog‘im bilan eshitdim! Bultur podshomiz yog‘iy bilan Xo‘janddan nari
Xovosga borib urushgan ekan-ku. Quva Axsiga Xovosdan yovuqroq* emasmi?
— Yovuqlikka yovuq-ku!.. Zora sen aytganing rost chiqsa-ya, Mahmud?
— Ha, axir, ko‘prikka soqchilarni bekorga qo‘yganlarmi?.. Podshomiz erta-indin kelib
jonimizga oro kirgay... Mana, ko‘rursen!..
Shu topda Tohirning ko‘nglida ham umid uchqunlaganday bo‘ldi. U qorong‘i osmonning
uzoq bir chetida— Sirdaryodan narida joylashgan Axsi tomonga intizor ko‘zlar bilan
tikildi.
______________
* M u s a v v i r — rassom.
* B u z d i l — echkiyurak, qo‘rqoq.
* D o r u g‘ a — shahar hokimi.
* S a v d a r — xos xizmatkor.
* K a d x u d o — qishloq oqsoqoli.
* Yo v u q — yaqin.
AXSI AJALGA DAVO YO‘Q 1 Baland tepalik ustiga qurilgan Axsi qal’asi tun og‘ushida tog‘ qoyasiga o‘xshab qorayib
ko‘rinadi. Qal’a etagida Kosonsoyning Sirdaryoga guvullab quyilayotgani, ikki daryo
to‘lqinlari bir-birlari bilan olishib, qirg‘oqqa shaloplab urilayotgani uzoqdan eshitilib
turadi.
Axsining hukmroni Umarshayx mirzo bu kecha haramda o‘n sakkiz yoshlik Qorako‘z
begimning xobgohida uxlab yotibdi. Shohona to‘shakning ipak pardasi ortida bittagina
sham lipillab yonib turibdi. Uning zaif yog‘dusi tashqaridan bosib kirmoqchi bo‘layotgan
tun qorong‘isidan qo‘rqqanday titrab-qaltiraydi.
Sahar paytida qal’a sukunatini buzib hazin surnay tovushi yangradi. So‘ng unga qo‘sh
naqora tovushi jo‘r bo‘ldi. Ro‘za tutish — shohu malayga barobar kelgan majburiyat
bo‘lgani uchun surnay va naqora saroy ahlini saharlikka uyg‘otmoqda edi.
Yoz tunlari qisqa, uyquga to‘ymay saharlikka turish xiyla noxush. Shunday bo‘lsa ham
Qorako‘z begim o‘rnidan ohista turib yuvindi, kiyindi. Lekin parqu to‘shakda baquvvat
qo‘llarini ipak choyshabdan chiqarib uxlab yotgan Umarshayx mirzo hamon uyg‘onmas