Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
— O‘shanda Robiyani Andijonga qochirmoqchi bo‘lganlarida men Quvada olib 
qolganmen. Agar Andijonga ketganda bu falokat bo‘lmas ekan. 
— Sen nima bo‘lishini qaydan bilibsen, jiyanim? 
— Har qalay, men uni topib, shu gunohimni yuvmagunimcha tinchiyolmaymen. Robiya, 
siz aytgandek, uylik-joylik bo‘lib, tinchib ketgan bo‘lsa, unda... mayli... Taqdirga tan 
berurmen. Agar hali ham najot izlab, meni kutib yurgan bo‘lsa-chi? Axir men uni 
unutolmay yuribmen-ku? Unga ham men kerak bo‘lsam-chi? 
Mavlono Fazliddin bosh chayqab: 
— Dil dardiga davo yo‘q ekan-da, — dedi va mavzuni o‘zgartirdi: — Yo‘qlab kelibsen, 
endi mehmon bo‘l. Qani, dasturxonga qara... 
Tog‘a-jiyan birga o‘ltirib shirchoy ichdilar. Keyin mulla Fazliddin Tohirning kiyim-
boshlariga yana bir ko‘z yugurtirdi-yu: 
— Jiyanim, tog‘ang hozir xiyla badavlat, — dedi qo‘yniga qo‘l solib, bog‘ichi popukli qora 
charm hamyon oldi. U hamyonni ochib, jiyaniga bir nechta oltin tanga olib bermoqchi 
edi. Hamyon tezda ochilavermagach, mavlono uni ochmasdan jiyaniga uzatdi. — Ma, 
O‘shning rastalariga chiq, bugun juma, mol ko‘p, o‘zingga kerakli kiyim-kechak ol. 
Tohir hamyonni olmay turib dedi: 
— Yo‘q, mulla tog‘a, menga o‘zingiz sanab, qarz bering. 
— Ha, xo‘p, qarz! O‘zing keragicha ol, puldor bo‘lganingda qaytarursen. 
— Unday bo‘lsa, mayli. 
Tohir hamyonni qo‘yniga solib chiqib ketganicha peshin kechroq oyog‘iga yangi askariy 
etik, boshiga mo‘g‘ulcha bo‘rk kiyib, chakmonga o‘xshash dag‘al yungli dag‘alani 
yelkasiga tashlab keldi. Uning qo‘lida qini eskirib ketgan arzon bir qilich ham bor edi. 
Mavlono Fazliddin hayron bo‘lib: 
— Nechun bunday kiyimlar olding? — dedi. — Qilichni ne qilursen? 
— Mulla tog‘a, yolg‘iz sargardon bo‘lib yurish mening jonimga tegdi. Endi Samarqandga 
Bobur mirzoning qo‘shini bilan birga bormoqchimen. 
— Sarboz bo‘libmi? 
— Ha, tavochilar askarlikka odam olayotgan emishlar... 
Jiyani O‘shga ham shu niyat bilan kelganini mavlono Fazliddin endi sezdi-yu, undan 
qattiq ranjidi. 
— Jinni bo‘libsen, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga o‘z 
ixtiyoring bilan bormoqchisen! Bir marta nayza yeb, o‘limdan qolganing ozmidi? 
— Mulla tog‘a, undan keyin men yana necha o‘limlardan qolganimni siz bilmaysiz. 
Toshkentda bir mo‘g‘ul begi bechora kosibning qizini zo‘ravonlik bilan tortib olmoqchi 
bo‘lganda men chidab turolmadim. Oraga tushganim uchun mana, yuzimda o‘sha 
bekning xanja-ridan chandiqlar qoldi. 
— Zamona zo‘rnikiligini hali ham bilmaysenmi? 
— Bilganim uchun men o‘shanday zo‘rlar bilan zo‘r qo‘shinning safida turib 
olishmoqchimen, mulla tog‘a. Men ko‘p yurtlarni ko‘rdim, turli odamlar bilan birga ishlab, 
birga yurdim. Bobur mirzoning tabiati pokiza, ko‘ngli tiyrak ekanini ko‘p odam bilar 
ekan. «Atrofdagi podshohlardan yaxshilik chiqmasa ham Bobur mirzodan bir yorug‘lik 
chiqar», deb umid qilamen. 
Mavlono Fazliddin yerga qarab: 
— Qaydam, — dedi. — Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bog‘lagan 
edim... Lekin yana urush, qon... Hammamiz tun zulmatiday intihosiz bir qorong‘ilik 
ichida yuribmiz. Mamlakat parokanda, zolim tojdorlar qon ustiga qon to‘kurlar. Bobur 
mirzoning atrofidagi beklar ham rahm-shafqatni unutmishlar. Muhit shundoq g‘addor 
bo‘lgach, sen ham yomon beklar xizmatida yurib, o‘zingga o‘xshash jabrdiyda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin