Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
— Ha, aldamchi pir! — dedi. — Bizga shuncha yog‘iyliklar qilganingiz ozmidi, endi 
soqchilarni aldab, haromi mullochani ham qochiribsiz! 
— Men bir begunoh hunarpeshani adolatsiz o‘limdan qutqardim, xolos! 
— Soqchilarga yolg‘on muhrlar ko‘rsatishga uyalmadingizmi, aldamchi pir?! 
O‘nlab ko‘zlar Xo‘ja Abdullaga tikildi. Agar Xo‘ja Abdulla Tanbaldan qo‘rqib, sarosimaga 
tushsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ysa, gunohi bo‘yniga tushganday ko‘rinishi mumkin edi. Shuni 
o‘ylab, Xo‘ja Abdulla iloji boricha dadil gapirishga tirishdi: 
— Men soqchilarga Bobur mirzoning muhrlarini ko‘rsatdim. Chunki Bobur mirzoni 
Andijonning yagona podshosi deb bilurmen! 
— Sen, imonsiz, muridlaringni yana aldamoqdasen! Bobur mirzo Samarqandda vafot 
etgan. Hozir toju taxt Jahongir mirzoniki! 
— Musulmonlar, bu gapga ishonmang! Alhamdulilloh, Bobur mirzo tiriklar! Andijonga 
yana kelurlar! 
— Yolg‘on! Xaloyiq, sizdek muridlarini aldab yurgan, aybini yashirmoq uchun iflos bir 
haromini bizdan qochirgan bu imonsiz pir toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi kerak! Tosh oting 
bunga! Savobtalab bo‘lsangiz tosh oting! 
Ahmad Tanbal egar ustidan uloqchilarga o‘xshab pastga engashdi-yu, uzun qo‘li bilan 
yerdan mushtday bir toshni oldi. So‘ng qaddini tiklab, toshni Xo‘ja Abdullaga qarab otdi. 
Xo‘ja Abdullaning keng ko‘kragiga «to‘p» etib tekkan tosh oq ko‘ylakda changli iz 
qoldirib, yerga yumalab tushdi. Og‘riqdan Xo‘ja Abdullaning ko‘zlari yoshlandi, nafasi 
qaytdi. Navkarlardan ba’zi birlari ham yerga engashib tosh qidirayotganini ko‘rgan Xo‘ja 
Abdulla nafasi titrab: 
— Musulmonlar! — dedi va hamon jim turgan xaloyiqqa tikildi. Ularning orasida yigirma 
besh yoshlardagi gardani yo‘g‘on bir yigitni ko‘rdi-yu, bir vaqtlar yolg‘on ovoza 
tarqatishda ayblanib o‘ldirilgan mirob Darvesh govni esladi. Bu yigit o‘sha mirobning 
o‘g‘li edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda yosh Boburga bir og‘iz: «Buni qatl ettirmang!» — desa, 
ehtimol mirob hali tirik yurar edi. Xo‘ja Abdulla o‘shanda Ahmad Tanbalga o‘xshash bek-
larning ko‘ngliga qarab Darvesh govni qutqarib qololmagani endi qalbida armon 
qo‘zg‘adi. Hozir o‘zi ham o‘sha mirobning ahvoliga tushdi-ku! Nechun o‘shanda loqaydlik 
qildi? Mirobning o‘g‘li otasining qasdi uchun Xo‘ja Abdullaga tosh otsa, balki haqli 
bo‘lar!.. Lekin begunoh me’morni qutqarib, o‘zi baloga qolayotgan Xo‘ja Abdullaga hech 
kim tosh otmadi. 
— Musulmonlar! — kuyunib takrorladi Xo‘ja Abdulla. — Men adolat yo‘lida jon berishdan 
qo‘rqmaymen! Adolat kim tomonda — shuni bir o‘ylab ko‘ringlar. Inini og‘aga dushman 
qilganlar kimlar? Yaxshilarga baxilligi kelib, poyiga bolta urayotganlar kimlar? Bu qora 
kunlarni boshimizga solganlar kimlar?! 
— Sen o‘zing! — deb qichqirdi Ahmad Tanbal. 
— Men Bobur mirzoga kichikligidan ilm o‘rgatdim, lison o‘rgatdim, men uni odil podshoh 
bo‘lishga undadim, Movarounnahr yana birlashsinu yurt ichki urushlardan qutulsin, 
dedim. Bobur mirzo mardona ishlar qilib, Samarqand bilan Andijonni birlashtirganda 
men ezgu orzularimga yetganday suyungan edim. Hayhot, mamlakat yana parchalandi. 
Yurt vayron bo‘ldi! Xaloyiq, agar meni o‘ldirish bilan mushkulingiz oson bo‘lsa, mayli, 
o‘ldiring! 
— Toshbo‘ron qiling! — buyurdi Ahmad Tanbal xaloyiqqa. 
Odamlar to‘pining orqarog‘idan yig‘lamsiragan tovush eshitildi: 
— Shayxulislom fatvo bermaguncha toshbo‘ron qilishga haqqimiz yo‘q! 
Keksa bir kishi: 
— Pirning qarg‘ishidan qo‘rqamiz! — dedi. 
Navkarlar ham qo‘llaridagi toshlarini Xo‘ja Abdullaga otishga jur’at etolmay, Ahmad 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin