Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Samarqanddan olib kelayotgan Bobur Bulung‘ur va Xaliliya* qishloqlaridan o‘tib, Sangzor 
daryosiga yaqinlashib qolgan edi. 
Og‘ir xastalikdan yaqinda turgan Bobur yana uzlikib qolmasligi uchun uni to‘rt otliq 
mahofaga o‘tkazganlar, tagiga yumshoq parqular solganlar. Mahofaning eshik va 
derazalariga osilgan qizg‘ish ipak pardalar yo‘lning o‘nqir-cho‘nqirlarida alanga tillariday 
muttasil silkinib o‘ynab boradi. Par yostiqqa yonboshlab o‘tirgan Bobur har zamonda bir 
o‘rnidan qo‘zg‘alib, mahofaning orqa tomonidagi pardani ko‘taradi-yu, uzoqlarga tikilib 
qaraydi. 
Uning qo‘shinidan besh-olti chaqirim orqada yana bir mahofa kelmoqda edi. Bir talay 
otliqlar qo‘riqlab borayotgan bu ko‘rkam mahofada Boburning xolasi Mehr Nigor xonim 
va qallig‘i Oyisha begim safar qilmoqdalar. Bobur Samarqandni tashlab ketmoqchi 
ekanidan Buxorodagi Sulton Ali mirzo allaqachon xabar topgan va poytaxtni darhol 
egallash uchun Shahrisabzga kelib shaylanib turar edi. Bobur o‘z raqibi Sulton Ali 
mirzodan yaxshilik kutmas va qallig‘ini uning qo‘li ostida qoldirgisi kelmas edi. Bir 
vaqtlar Boysunqur mirzodan qattiq jabr ko‘rgan Mehr Nigor xonim va Oyisha begimlar 
ham endigi xavf-xatarlardan tezroq qutulgilari kelar edi. Hozir ular uchun eng bexatar 
joy — Toshkent edi. Toshkent xoni Mahmudxon — Mehr Nigor xonimning akasi, Oyisha 
begimning opasi Roziya Sulton begim ham Toshkentga, Mahmudxonga tushgan. 
Toshkent yo‘li Jizzaxgacha Andijon yo‘li bilan bir. Mana shu sabablarga ko‘ra Bobur
xolasi va qallig‘ini butun odamlariyu ko‘ch-ko‘ronlari bilan birga qo‘riqlab olib 
ketmoqda edi. Faqat urf-odatni buzmaslik uchun kuyov bilan qalliq orasida besh-olti 
chaqirimlik masofa qoldirib, ikki to‘p bo‘lib bormoqda edilar. Kechqurun Sangzordan 
o‘tib, ko‘m-ko‘k adirlarda tunash uchun to‘xtaganlarida ham o‘sha masofani saqlab, ikki 
joyga chodir va o‘tov tikdilar. 
Yonbag‘irlarda lolalar ochilgan. Havo nihoyatda yoqimli. Bobur mayin ko‘kat ustiga 
qadam qo‘yganda o‘zini xiyla yengil sezdi. 
Samarqanddan chiqayotganda vujudini zilday bosib yotgan g‘am-g‘ussalar endi asta-
sekin tarqab ketayotganday tuyuldi. Poytaxtni shuncha mashaqqatlar bilan olib, oxiri o‘z 
ixtiyori bilan boshqaga qoldirib ketishi unga so‘nggi yillarda qilgan barcha harakatlarini 
behuda ko‘rsatib, ta’bini tirriq qilgan edi. Hozir mana bu ko‘klam adirlarda yayrab nafas 
olar ekan, u onasi va ustozini qutqarish niyatida ketayotganini, bunda bir olijanoblik 
borligini, qallig‘ini asoratdan qo‘riqlab olib borayotgani ham mardlikdan ekanini o‘yladi-
yu, ko‘ngli bir qadar taskin topdi. 
Temur darvozasi deb atalgan ulug‘vor tangidan o‘tganlaridan keyin Bobur mahofaning 
eshigini ochib, miroxo‘r*ni chaqirtirdi. 
Miroxo‘r mahofaga jips kelganda: 
— B-b-bo‘z o-o-otimni kel-t-t-tiring, — deb buyurdi. 
U sog‘ayib ketganday ko‘rinsa ham, ammo hali tilida o‘sha og‘ir xastalikning asorati bor 
edi. Uning duduqlanib gapirishidan xavotirlangan Qosimbek: 
— Amirzodam, ot nechuk kerak? — dedi. — Minmoqchilarmi? 
Bobur yana tili tutilishi mumkinligini sezib, tasdiq ma’nosida so‘zsiz bosh irg‘adi-yu, 
miroxo‘rga: «Aytganimni qiling!» degandek qaradi. 
Mahofa yurib bormoqda edi. Miroxo‘r: 
— Bosh ustiga! — deb otga ketdi. 
Qosimbek orqaroqda kelayotgan tabibni chaqirtirdi. Kalta oq soqolli o‘sha jikkak tabib 
mahofaga yondashib, Boburdan hali yana uch-to‘rt kun ot minmaslikni iltimos qildi. 
Ammo Bobur o‘zini yaxshi his qilmoqda edi: 
— B-bir-pas otl-liq yuray! 
— Tilingizdan kalolat ketmaguncha sabr qiling, amirzodam! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin