Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Tanbalga qaradilar. Ahmad Tanbal yuzboshiga buyurdi: 
— Unday bo‘lsa, qilichingni ol, kallasini kes! Bo‘yniga tig‘ ur! 
Barzangiday qop-qora o‘rta yashar yuzboshi kumush sopli qilichini qinidan imillabroq 
sug‘urdi. Xo‘ja Abdulla unga tikilib, past tovush bilan dedi: 
— Mirbadalbek, hushyor bo‘ling, mening qonim yetti pushtingizga sachraydi! 
Xaloyiq orasidan qo‘rquv aralash nido eshitildi: 
— Pirning qoni tutadi hammamizni! 
Yuzboshining qo‘lidagi qilichi qaltiray boshladi. U Ahmad Tanbalga qarab yalindi: 
— O‘tinamen, bu ishdan meni ozod qiling! 
Ahmad Tanbal unga g‘azab qilib yelkasiga qamchi urdi. 
— Seni yuzboshilikdan ozod qilurmen, qo‘rqoq! 
Ahmad Tanbal boshqa navkarlariga buyurdi: 
— Bu imonsizni darvozaxonaga haydang! Xaloyiq shu yerda qolsin! Kim bizga ergashsa 
qilich bilan choping! Ayamang! 
Navkarlarning bir qismi Xo‘ja Abdullani darvozaxonaga haydab ketdi. Qolgan navkarlar 
xaloyiqning yo‘lini to‘sib, Xo‘ja Abdullaning ketidan borgani qo‘ymadi. 
Oradan yarim soat o‘tgandan keyin Ahmad Tanbal odamlari bilan arkka tomon ot 
choptirib qaytib ketdi. Shundan so‘ng darvozaxonaga borgan odamlar Xo‘ja Abdullaning 
shiftdagi yo‘g‘on to‘singa osib o‘ldirilganini ko‘rdilar. Marhumning oq sallasi oyog‘i tagida 
chuvalib yotardi, bo‘yi esa tiriklik paytidagidan xiyla uzaygan edi. Odamlar uni dordan 
sekin tushirib oldilar. Kafan o‘rniga sallasiga o‘rab, shahidlardek ko‘mdilar. 
_____________ 
* F a t o r a t — alg‘ov-dalg‘ov.
3 
Ustma-ust yoqqan bahor yomg‘irlari yo‘llarini balchiq qilib yuborgan. Andijonda yuz 
bergan dahshatlar xabarini tezroq Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib, ot 
choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. Agar Bobur mirzo tuzalgan bo‘lsa-
yu, Andijonga ishonib, Samarqandni tashlab chiqsa, ahvol hozirgidan battar bo‘lishi 
mumkin. Tohir shuni o‘ylab, tagidagi bedovni qistaydi. Ammo ot qanchalik zo‘r va 
chopqir bo‘lmasin, tizzaga chiqadigan loy uning yo‘lini bog‘laydi, tinkasini quritadi. 
Chopib kelayotgan ot balchiqqa yiqilib tushadi-yu, qaytib turolmasdan, burnidan qon 
kelib, jon beradi. Tohir uni yo‘l ustida qoldirib, egar-yuganlarini oladi-yu, Quvadan 
boshqa ot topadi. Ammo bir kun yurmasdan bu ot ham holdan ketib yiqiladi. Naryoqda 
Xo‘jand, Jizzax — yana o‘n kunlik yo‘l... Tohir osmonda uchib borayotgan qushlarga 
havas va armon bilan qaraydi. 
* * * 
Biroq Tohir qush bo‘lib uchganda ham endi Boburni Samarqanddan topolmas edi. Bobur 
xastalik to‘shagidan turgan zahoti onasi va ustozini qutqarishga shoshilib, Samarqandni 
allaqachon tashlab chiqqan edi. Unga kelgan axborotlarga binoan, Andijon qamali hali 
uzoq davom etishi kerak bo‘lib, bir yilga yetarli zaxira bor edi. Shunchalik abgorligi bilan 
Samarqand yetti oylik qamalga chidaganda o‘n ikki ming qo‘yi bor Andijon qo‘rg‘oni 
Xo‘ja Abdulladay dovyurak odam rahbarligida hali besh-olti oy «qilt» etmay turishi 
shubhasiz tuyulardi. Shu tuyg‘u bilan mingga yaqin odamlarning hammasini 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin